Funksiyaga oid soda masalalar FunSimple1



Yüklə 53,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix28.03.2023
ölçüsü53,87 Kb.
#103486
1   2   3   4   5   6   7   8
funsimplemasalalar

FunSimple24.
Butun sonning juft – toqligini aniqlovchi Even(K) funksiyasini hosil qiling. Funksiya 
K juft son bo’lsa - true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Bu funksiya orqali 3 ta sonning juft yoki 
toqligi aniqlansin.
FunSimple25.
IsSquare(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K biror butun sonning 
kvadrati bo’lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 3 ta sonni tekshiring.
FunSimple26.
IsPower5(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni 5 ning biror 
darajasi bo’lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 5 ta sondan nechtasi 
5 ning darajasi ekanini aniqlovchi programma tuzilsin.
FunSimple27.
IsPowerN(K, N) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni N soninig 
biror darajasi bo’lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 5 ta sondan 
nechtasi N ning darajasi ekanini aniqlovchi programma tuzilsin.
FunSimple28.
IsPrime(N) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Agar N soni tub bo’lsa – true, 
aks holda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali kiritilgan k ta sondan nechtasi tub ekanini 
aniqlovchi programma tuzilsin.
FunSimple29.
Butun qiymat qaytaruvchi DigitCount(K) funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Funksiya 
K ning raqamlari sonini qaytarsin. Shu funksiya orqali 5 ta sonning raqamlari soni aniqlansin. 
FunSimple30.
Butun qiymat qaytaruvchi DigitN(K, N) funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Funksiya K 
sonining N – raqamini qaytarsin. Agar K soni raqamlari N dan kichk bo’lsa, minus bir qaytarilsin. 
Shu funksiya orqali K1, K2, K3 sonlarining N – raqami aniqlansin. 
FunSimple31.
IsPalindrom(N) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Agar N soni palindrom 
bo’lsa – true, aks holda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 5 ta sondan nechtasi 
palindrom ekanini aniqlovchi programma tuzilsin. IsPalindrom funksiyasinida DigitCount va DigitN 
funksiyalridan foydalanish mumkin. (Qarang FunSimple29, FunSimple30)
FunSimple32.
Haqiqiy qiymat qaytaruvchi DegToRad(D) funksiyasini hosil qiling. (360 > D > 0). 
Funksiya D gradusning radian qiymatini qaytarsin. Shu funksiya orqali 3 ta berilgan burchakning 
Page 2 of 5
C++ da dasturlash asoslari
2/1/2023
ebook:funsimple.html


radianga qiymati aniqlansin. 
FunSimple33.
Haqiqiy qiymat qaytaruvchi RadToDeg(R) funksiyasini hosil qiling. Funksiya R 
radianning gradus qiymatini qaytarsin. Shu funksiya orqali radianda berilgan 3 ta burchakning 
gradusdagi qiymati aniqlansin. 
FunSimple34.
Butun qiymat qaytaruvchi Fact(N) funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Funksiya N! 
qiymatini qaytarsin. Shu funksiya orqali 3 ta sonlarining faktoriali aniqlansin. 
FunSimple35.
Butun qiymat qaytaruvchi Fact2(N) funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Funksiya N!! 
ikkilangan faktorial qiymatini qaytarsin. Shu funksiya orqali 3 ta sonlarining ikkilangan faktoriali 
aniqlansin. (while6 ga qarang)
FunSimple36.
Butun qiymat qaytaruvchi Fib(N) funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Funksiya 
Fibonachchi sonlarining N – elementini qaytarsin. 

Yüklə 53,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə