Funksiyaga oid soda masalalar FunSimple1



Yüklə 53,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix28.03.2023
ölçüsü53,87 Kb.
#103486
1   2   3   4   5   6   7   8
funsimplemasalalar

FunSimple46. 
Butun qiymat qaytaruvchi EKUB(A, B) funksiyasini hosil qiling. Funksiya A va B 
sonlarining eng katta umumiy bo’luvchisini qaytarsin. A, B, C, D sonlari berilgan. (A, B), (A, C), 
(A,D) juftliklari uchun EKUB hisoblansin.
FunSimple47.
EKUB funksiyasidan (FunSimple46) foydalangan holda Frac1(a, b, p, q) 
funksiyasini hosil qiling. Funksiya (a / b) kasrini qisqarmaydigan (p / q) ko’rinishini qaytarsin. a, b, 
c, d sonlari berilgan. (a / b), (a / c), (a /d) kasrlarini qisqartiring.
FunSimple48. 
EKUB funksiyasidan foydalangan holda butun qiymat qaytaruvchi EKUK(A, B) 
funksiyasini hosil qiling. Funksiya A va B sonlarining eng kichik umumiy karralisini qaytarsin. A, B, 
C, D sonlari berilgan. (A, B), (A, C), (A,D) juftliklari uchun EKUK hisoblansin. EKUK = A * B / 
EKUB(A, B);
FunSimple49. 
EKUB funksiyasidan foydalangan holda (FunSimple46 masalasiga qarang) butun 
qiymat qaytaruvchi EKUB3(A, B, C) funksiyasini hosil qiling. Funksiya A, B, C sonlarining eng 
kichik umumiy karralisini qaytarsin. A, B, C, D sonlari berilgan. (A, B, C), (A, C, D), (A, B, D) 
sonlari uchun EKUB hisoblansin. 
FunSimple50.
TimeToHMS(T, H, M, S) funksiyasini hosil qiling. Funksiya berilgan T sekundni H –
soat, M – minut, S – sekundlarga ajratsin. Funksiya orqali berilgan T1, T2, T3 sekundlar soat
minut va sekundlarga aylanritilsin.
Masalan: T = 400
Natija: 00:06:40
FunSimple51.
IncTime (H, M, S, T) funksiyasini hosil qiling. Funksiya berilgan H – soat, M –
minut, S – sekundni, T sekundga oshirsin. Funksiya orqali berilgan soat , minut va sekundni T 
sekundaga oshiruvchi programma tuzilsin. 
FunSimple52.
Mantiqiy qiymat qaytaruvchi IsLeapYear(Y) funksiyasini hosil qiling. Funksiya 
berilgan Y – yil kabisa yili bo’lsa true, aks holda false qiymat qaytarsin. Berilgan 5 ta yilning 
kabisaligi tekshirilsin. (Kabisalik shartini bilish uchun IF28 masalaga qarang.)

Yüklə 53,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə