Funksiyaga oid soda masalalar FunSimple1



Yüklə 53,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix28.03.2023
ölçüsü53,87 Kb.
#103486
1   2   3   4   5   6   7   8
funsimplemasalalar

FunSimple16
. Haqiqiy sonning ishorasini aniqlovchi ishora nomli funksiya hosil qiling. Funksiya 
argumenti noldan kichik bo’lsa -1; noldan katta bo’lsa 1; nolga teng bo’lsa 0 qiymat qaytarsin. 
Haqiqiy a va b sonlari uchun ishora(a) + ishora(b) ifodasi hisoblansin.
FunSimple17
. Kvadrat tenglamaning ildizlar sonini aniqlovchi funksiya hosil qiling. A * x
2
+ B * x + 
C = 0 ko’rinishidagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi. (A noldan farqli son)
FunSimple18
. Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya yordamida 3 ta doira 
yuzini hisoblang. Doiraning yuzi S = 
π
R
2
orqali hisoblanadi. Pi = 3.1415 ni o’zgarmas deb qabul 
qiling.
FunSimple19
. Markazi bir nuqtada bo’lgan, R1 va R2 radiusga ega 2 ta aylananing ustma – ust 
tushmaydigan (kesishmaydigan) qismining yuzasini topuvchi RingS nomli funksiya hosil qiling. 
Doiraning yuzini hisoblash formulasidan foydalaning. S = 
π
R
2
. Pi = 3.1415 ni o’zgarmas deb 
qabul qiling.
FunSimple20
. To’g’ri burchakli uchburchakning katetlari A va B berilganda, uning perimetrini 
hisoblovchi TriangleP nomli funksiya hosil qiling.
FunSimple21
. A va B sonlari orasidagi sonlar yig’indisini hisoblovchi SumRange(A, B) nomli 
funksiya hosil qiling. Agar A > B bo’lsa, funksiya 0 qiymat qaytaradi. Bu funksiya orqali A dan B 
gacha va B dan C gacha bo’lgan sonlar yig’inddisini hisoblang. A, B, C butun sonlar.
FunSimple22
. Arifmetik amallarni bajaruvchi Calc(A, B, Op) funksiyasini hosil qiling. A va B 
haqiqiy sonlar. Op o’zgaruchisi orqali bajariladigan arifmetik amal aniqlanadi. 1 – ayirish, 2 –
ko’paytirish, 3 – bo’lish, boshqalari qo’shish. Shu funksiya orqali A va B sonlari uchun N1, N2, N3, 
N4 amallari bajarilsin. (N1 – N4 butun sonlar)
FunSimple23.
X va Y butun sonlari berilgan (X va Y noldan farqli). (X, Y) nuqta qaysi chorakda 
ekanini aniqlovchi Quarter nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali 4 ta nuqtaning choragini 
aniqlang.

Yüklə 53,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə