Fuqarolik huquqi tushunchasi predmeti tamoyillari va tizimi


Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari



Yüklə 102 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü102 Kb.
#152020
1   2   3   4
FUQAROLIK HUQUQI TUSHUNCHASI PREDMETI TAMOYILLARI VA TIZIMI

Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari (prinsiplari) - bu barcha fuqarolik qonunlari mazmuniga singdirilgan asosiy, bosh-lang`ich qoidalardir. H.R.Rahmonqulov fuqarolik huquqi tamoyil-lari haqida o`z fikrini bildirar ekan, huquqning alohida sohasi sifatida xususiy huquq tarkibida bo`lgan fuqarolik huquqi tamo-yillari uning predmetini tashkil qiluvchi ko`p qirrali mulkiy, mulk bilan bog`liq va mulk bilan bog`liq bo`lmagan shaxsiy va tash-kiliy-huquqiy munosabatlarning xususiyatlari bilan ifodalani-shini ta`kidlaydi[3].
Fuqarolik huquqining asosiy tamoyillari jumlasiga quyida-gilar kiradi:
1) Fuqarolik-huquqiy munosabatlarda ishtirok etuvchi taraf-larning teng huquqliligi. Bu tamoyil O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida va FKning 1-moddasida o`z ifoda-sini topgan. Fuqarolik qonunlarida ushbu konstitutsiyaviy tamo-yildan kelib chiqib, barcha fuqarolar uchun teng hajmda huquq layoqati, ularning huquq va muomala layoqatlari cheklanishiga yo`l qo`yilmasligi belgilab qo`yilgan. Taraflarning teng huquqliligi nafaqat fuqarolarga, balki boshqa subyektlarga ham taalluqlidir va u yuridik shaxslarning u yoki bu turini tartibga soluvchi qonunlarda ham o`z aksini topgan;
2) barcha mulk shakllarining tengligi va huquqiy tomondan bab-baravar muhofaza qilinishi. Mazkur tamoyil O`zbekiston Res-publikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi va O`zbekiston Respubli-kasi Fuqarolik kodeksining 166-moddasida bevosita mustahkamlab qo`yilgan;
3) mulkiy munosabatlarning mafkuraviy munosabatlardan ajratilganligi. O`tmishda iqtisodiy, shu jumladan, mulkiy muno-sabatlarni tartibga solishda har xil mafkuraviy qoliplar va aqidalardan kelib chiqilgan edi. “Iqtisodiy maqbullikdan siyosiy konyunkturaviy manfaatlarning ustun kelishi sobiq Ittifoq xalq xo`jaligi parokandalik yoqasiga, iqtisodiy va ijtimoiy munosabat-larning jiddiy buzilishiga, ishlab chiqarishning texnika jihatdan qoloqligiga olib keldi”[4]. Xuddi shu sababli ham O`zbekiston Res-publikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida hech qanday mafkura davlat mafkurasi sifatida o`rnatilishi mumkin emas, deb ko`rsa-tildi;
4) qonunda nimaiki taqiqlanmagan bo`lsa, ruxsat beriladi. Bu tamoyil fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining erkinligi, tashabbuskorligini kafolatlaydi. Qonunda nimaiki taqiqlanmagan bo`lsa, ruxsat berish tamoyili fuqarolik huquqi subyektlarining nafaqat qonunda ko`rsatilgan harakatlarni amalga oshirish, balki qonunda belgilangan bo`lsa ham, lekin qonun bilan taqiqlanmagan har qanday harakatni amalga oshirishlari imkonini beradi. Lekin shu o`rinda bunday harakatlarning axloq me`yorlariga ham zid kelmasligi lozimligini aytib o`tish joiz. Fuqarolik kodeksining 8-moddasiga muvofiq, fuqarolik huquqi-ning subyektlari nafaqat qonunda nazarda tutilgan shartnomalar va boshqa bitimlarni, lekin unga zid bo`lmagan shartnomalar hamda boshqa bitimlarni ham tuzishlari mumkin.
Fuqarolik huquqida bunday tamoyil (qonunda nimaiki taqiq-lanmagan bo`lsa, ruxsat beriladi) ning mavjudligi fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilariga erkinlik va tashabbus berish bilan birga, iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qiladigan yangi huquqiy munosabatlarni, qolaversa, huquqiy institutlarning vujudga kelishini ta`minlaydi;
5) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarning ijti-moiy adolat va qonuniylik tamoyillari asosida amalga oshiri-ladi. Bu holat O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 14-moddasida mustahkamlangan;
6) fuqarolik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari mulkining daxlsizligi. Bu qoida FKning 1-moddasida o`z ifodasini topgan. Shu bilan birga, FKning 166-moddasiga muvofiq, mulk daxlsizdir va qonun bilan qo`riqlanadi. Mulkning daxlsizligi mulkdorga qarshi turgan barcha subyektlarning mulk huquqini buzishidan o`zlarini saqlashlaridan iborat. Bu yerda “mulkdorga qarshi turgan” iborasini muayyan mulkning sohibi bo`lmagan har qanday boshqa shaxs sifatida tushunish lozim. Bunday subyektlar (shaxslar) o`zganing mulkiga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan “o`zlarini saqlash”ni amalga oshirsalar, mulkning daxlsizligi tamoyiliga amal qilgan bo`ladilar.
Fuqarolik huquqining boshqa tamoyillari kabi mulkning daxlsizligi tamoyili ham mutlaqlik xarakteriga ega emasligini nazarda tutib, FKning 166-moddasi 2-qismi, mulkdorning mol-mulkini olib qo`yishga, shuningdek uning huquqlarini cheklashga faqatgina qonunda nazarda tutilgan hollardagina yo`l qo`yilishi mumkinligini belgilaydi;
7) qonuniy asoslarga ega bo`lmasdan turib, hech kim fuqaro-lik-huquqiy munosabatlarda ishtirokchilarining xususiy ishlariga o`zboshimchalik bilan aralishishga haqli emas.
Fuqarolik huquqi uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan asosiy tamoyillardan biri hisoblangan xususiy ishlarga o`zboshimchalik bilan aralashishga yo`l qo`yilmasligi tamoyili fuqarolik huquqi subyektlari o`z huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlaridagi harakatlar bevositaligi va uzluksizligini ta`minlaydi. Ma`lum-ki, fuqarolik huquqida fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining xususiy manfaatlari asosiy o`rinni egallaydi. Shuning uchun qonun chiqaruvchi ana shu manfaatlar ustunligini kafolatlash maqsadida FKning 1-moddasidayoq, mazkur tamoyilni mustahkamlaydi. Bundan tashqari ushbu tamoyil boshqa qonun hujjatlarida ham alohida qoida tarzida belgilab qo`yilgan. Masalan, O`zbekiston Respublika-sining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`ri-sida”gi 2000 yil 25 maydagi qonunining 34-moddasiga muvofiq, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Bunday aralashuv FKning 1-moddasi talablariga zid bo`lib, noqonuniy harakat hisoblanadi. Albatta, qonun hujjatlarida ko`zda tutilgan aralashuv (xususiy ishlarga) bundan mustasnodir;
8) fuqarolik huquqlarining to`sqinliksiz amalga oshirilishi (FK, 1-modda). Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari o`z fuqarolik huquqlarini amalga oshirishda har qanday to`sqin-liklarni bartaraf etilishini talab qilishga haqli. Qonun huj-jatlaridagi ba`zi cheklashlarning mavjud bo`lishi bu tamoyilning ahamiyatiga putur yetkazmaydi. Chunki huquq subyektiga berilgan, huquq subyektlarining o`z huquqini amalga oshira olish imkoniya-tiga ega bo`lishlari, bu huquqlar mavjudligining asosiy mezo-nidir. Aynan shu xususda to`xtalar ekan, H.R.Rahmonqulov fuqaro-lik-huquqiy munosabatlar ishtirokchilarining halol, oqilona va adolat bilan harakat qilishi nazarda tutilishini ta`kidlab o`tadi[5];
9) fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilarining buzilgan huquqlarining tiklanishi (FKning 1-moddasi). Fuqarolik huquqi birinchi navbatda huquqiy munosabat ishtirokchisining buzilgan huquqlarining avvalgi holatiga qaytarilishiga qaratiladi (mulkni natura holida qaytarish, buzilgan shaxsiy huquqni tan olish va h.k.). Buzilgan huquqlarning tiklanishi, amalda mumkin bo`lmagan hollardagina taraflar talabini qanoatlantirishning boshqa usullari qo`llaniladi;
10) fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari huquqlari-ning sud orqali himoya qilinishini ta`minlash (FKning 1-moddasi). Fuqarolik-huquqiy munosabat ishtirokchilari o`z huquqlarini hi-moya qilish uchun o`z talabini maxsus organ - sud orqali bildirishga haqli va bu huquq qonun bilan kafolatlanadi;
11) shartnoma tuzish erkinligi (FK 1-354-moddalar). Fuqaro-lar (jismoniy shaxslar) va yuridik shaxslar o`z fuqarolik huquqlari hamda burchlariga o`z erklariga muvofiq ega bo`ladilar, o`z manfaatlarini ko`zlab amalga oshiradilar.
FKning 354-moddasida esa, ushbu tamoyilning mazmuni ochib berilgan. Shartnomalar erkinligi tamoyilini quyidagi uchta holatni ajratib ko`rsatish orqali tushunish mumkin:
1) subyektning shartnoma bo`yicha o`z kontragenti, ya`ni shart-noma bo`yicha sherigini tanlash erkinligi;
2) shartnoma predmetini, ya`ni aynan qanday holat yuzasidan shartnoma tuzishni tanlash erkinligi;
3) shartnoma shartlarini tanlash erkinligi.
Ushbu uchala holatni amalga oshirishda subyektga hech qanday noqonuniy ta`sir o`tkazmaslik lozim bo`ladi. Ba`zi hollarda yuqoridagi holatlar subyektga qonuniy ta`sir o`tkazish orqali uning xohish-irodasini boshqa tomonga o`zgartirish orqali amalga oshiriladi. Shartnomalar erkinligi tamoyiliga nisbatan bunday cheklov faqatgina qonun hujjatlarida ko`zda tutilgan hollarda tatbiq etiladi (FK, 377-modda).
Ular shartnoma asosida o`z huquqlari va majburiyatlarini belgilashda hamda qonunga zid bo`lmagan har qanday shartnoma shartlarini belgilashda erkindirlar;
12) bozor munosabatlari sharoitidagi muhim ahamiyatga ega bo`lgan fuqarolik huquqi tamoyillaridan yana biri - O`zbekiston Respublikasining butun hududida tovarlar, xizmatlar va moliyaviy mablag`larning erkin harakatda bo`lishidir (FK, 1-modda). Bu tamoyil bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo`lgan moddiy ne`matlar-ning erkin harakatlanishi hisobiga tovar-pul munosabatlari tez-lashishini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ma`lumki, iqtisodiy rivojlanish va ma`muriy-hududiy tuzilmalarning geografik joy-lashishi muayyan turdagi tovarlar taqsimotining nomutanosibligi-ga sabab bo`ladi. Mazkur tamoyil ana shu nomutanosiblikni bartaraf etishda yetakchi o`rinni egallaydi.
Shuning uchun ham faqatgina xavfsizlikni ta`minlash, inson-larning hayoti va sog`lig`ini himoya qilish, tabiatni va madaniy boyliklarni muhofaza qilish uchun zarur bo`lganda, tovarlar va xizmatlar harakatda bo`lishini cheklash qonun hujjatlariga muvo-fiq joriy etilishi mumkin.
Fuqarolik huquqida xo`jalik hisobi tamoyili fuqarolik-huquqiy munosabatlarida, masalan, yetkazilgan mahsulotlar yoki bajarilgan ishlar uchun kelishilgan narxlar bo`yicha haq to`lashda, shartnomalarni bajarmaganlik yoki kechiktirib bajarganlik yoxud sifatsiz bajarganlik uchun sanksiyalar belgilashda ifodalanadi.
Bulardan tashqari, ayrim huquqiy institutlar, jumladan, majburiyat huquqi, mulk huquqi, mualliflik huquqi, vorislik huquqi instituti ham o`z tamoyillariga ega.

Yüklə 102 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə