G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Vegetativ nerv sistem asi



Yüklə 9,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/201
tarix04.06.2022
ölçüsü9,92 Mb.
#88843
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201
3.Adabiyot Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Vegetativ nerv sistem asi
Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar, qon tomirlari, yurak muskuli, 
terining silliq m uskullari va bezlarni nerv bilan t a ’m inlaydi. Bu nerv 
sistemasi sim patik va parasim patik qismlarga b o iin ad i.
Simpatik va parasim patik nerv sistemasi organlar funksiyalariga qaram a 
qarshi ta ’sir etadi. Masalan, simpatik nerv sistemasi ta ’sirlanganda yurakning 
qisqarishlari soni va kuchi ortadi, qon tom irlari torayadi, m e’da ichak 
y o iin in g h a ra k a t fu nk siy alari susayadi, k o 'z q o rac h ig 'i kengayadi, 
m oddalar almashinuvi tezlashadi. Parasimpatik nerv sistemasi ta ’sirlanganda 
esa yurakning faoliyati susayadi, b a ’zi qon tomirlari kengayadi, m e’da ichak 
yoiining harakat funksiyalari ortadi, ko'z qorachig'i torayadi.
Vegetativ nerv sistemasining ishini bosh m iyaning turli sohalari va 
bosh m iya k a tta yarim sharlari p o 's tlo g 'i boshqaradi. Vegetativ nerv 
sistemasi ham o'z navbatida bosh miya faoliyatiga t a ’sir ko'rsatadi. Yangi
62
www.ziyouz.com kutubxonasi


tug'ilgan bolada yurak daqiqasiga 120-140 marta qisqaradi, yosh ortgan 
sari yurak qisqarishlari soni siyraklashadi.
V egetativ nerv sistem asi ishining riv o jla n ish i h a ra k a tla rn in g
rivojlanishiga bog'liq, chunki skelet muskullarining qisqarishi reflektor 
ravishda yurak faoliyatiga, ovqat hazm qilinishiga, nafas olishga, siydik 
ajralishiga, qon bosimi ortishiga sabab bo'ladi va hokazo. Ekstremal 
(favqulodda) sharoitda vegetativ nerv sitemasi tashqi ta ’sirlarga javob 
berib, ayniqsa, turli emotsional reaksiyalarda qon aylanishi, nafas olish, 
hazm qilish, ayirish, ichki sekretsiya organlarining funksional holatini 
o'zgartirish xususiyatiga ega. Bunda yurak ritmi, nafas olish tezlashadi, 
ter ajralishi, almashinuv jarayonlari va shu kabilar kuchayadi.
Vegetativ nerv sistemasining organizm ichki m uhiti turg'unligini 
saqlashdagi roli ayniqsa muhim. Masalan, havoning isishi, ter ajralishning 
kuchayishi, periferik qon tom irlar sistemasining kengayishi isssiqlik 
ajralishi bilan kechadi. Bularning hammasi tana haroratini bir xil darajada 
tutib turishga imkon beradi va organizning isib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Simpatik nerv sitemasi m arkazlari orqa miyaning k o 'k rak va bel 
bo'limlarida, parasimpatilc nerv sitemasining markazlari esa o 'rta miyada, 
bosh miyaning uzunchoq miya bo'limlarida va orqa miyaning dumg'aza 
bo'limida joylashgan.
V egetativ nerv sistem asini gipotalam us, q o 'n g 'ir tan a va miya 
o'zagining to'rsimon tuzilmasida joylashgan markazlar idora qilib turadi. 
Gipotalam us katta yarim sharlar po'stlog'iga tobe bo'lgan vegetativ 
markaz hisoblanadi.
Limb 
sistemasi. Limb sistemasi tuzilmasiga katta yarim sharlarning 
madial vuzasida joylashagn gipokamp, bel pushtasi, gipotalamusning 
mamillyar tanasi, to'sig'i, bodomsimon yadrolar kiradi va hokazo.
Turli his-hayajon (qo'rqish, hursandlik, ochlik, to'qlik, g'azab va 
boshqalar) faqat limb sistemasiga emas, balki bosh miyaning katta yarim 
sharlari p o 's tlo g 'i tuzilm alariga ham bog'liq. Limb sistem asining 
funksiyalari juda m urakkab va turli tum an bo'lib, odamning, tashqi 
m u h itn in g doim o o 'z g a rib tu ra d ig a n s h a ro itig a m o slash u v in i 
ta ’minlashda, hulq-atvor, his-hayajon xotiraning shakllanishida muhim 
rol o'ynaydi, ovqat veyish, suyuqlik ichish, avlodni davom ettirish, o'z- 
o'zini himoya qilish singari hayotiy muhim ehtiyojlarni qondirishga xos 
mayl-istaklar shakllanadi. Bola o'sib rivojlangani sari uning his-hayajoni, 
hulq atvori tobora ko'proq ongga bo'ysunadi. Limb sistemasi o'qitish
63
www.ziyouz.com kutubxonasi


jarayonida bevosita ishtirok etadi, chunki u idrok qilishni, diqqat va 
xotirani ta ’minlaydi. Bu dastavval gippokamp va bodomchasimon tanaga 
taalluqli, ular axborotning vaqtincha ombori hisoblanadi.
Limb sistemasi odam hulq-atvor xususiyatlarini va uning reaktivligini, 
y a ’ni b iro r xildagi ja v o b reak siy alarin i belgilaydi. Bu sistem ada 
o'zgarishlar sodir bo'lganda, odamning hatti-harakati poyma-poy bo'lib 
qoladi, ovqatga nisbatan munosabati ham o'zgarib qoladi.
Limb sistemasi faoliyatini bosh miya po'stlog'i, asosan peshona bo'limi 
idora qilib turadi. Ayni vaqtda po'stloq osti tuzilmalari katta yarim sharlar 
po'stlog'i tonusini oshiradi, his-hayajonga zamin yaratadi, idrok qilish, 
tafakkur rag'batlanadi, ishchanlik ortadi.

Yüklə 9,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə