G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Cimex lectularius)
muhim 
o'rin tutadi (110-rasm). To‘shak qandalasi kosmopolit tur hisoblanib
yer yuzida keng tarqalgan. Uning kattaiigi 4,5-8,4 mm keladi.
Tanasi mayda tukchalar bilan qoplangan. Parazitlik hayotiga 
moslashishi tufayli ulaming qanotlari qisqarib, tanasi yassilashgan. 
Oyoqlari yuruvchi tipda boMib, tez harakatlanadi. 1 daqiqada 1 metr 
masofani bosib o‘tadi To‘shak qandalasining tanasi 3 qismdan, yani 
bosh, ko‘krak va qorin bo‘limlaridan tashkil topgan. Bosh qismida 1 juft 
mo‘ylov, 1 juft ko‘z va sanchib-so'mvchi og‘iz apparati joylashgan. 
Ko'krak qismi 3 ta bo‘g‘imdan iborat. Har bir bo‘g‘imdan 1 juftdan 
oyoq chiqqan. 10 ta segmentdan iborat qorin qismi shaklan bargga 
o‘xshaydi. Ularda hid bilish organi yaxshi rivojlangan. Qandalalar uzoq 
masofada turib o‘z xo‘jayinining hidini sezadi.
343


110-rasm . T o‘s h a k q an d alasi 
(Cimex lectularius
):
A-jinsiy voyaga etgan qandala; B-to‘shak qandalasining ogMz apparati;
V-tuxumi: 1-tuxum qopqogM; 2-elim sekreti; 3-yuqori labi;
4-mandibulalari; 5-maksillalari; 6-pastki labi.
To‘shak qandalasi, asosan, tunda faol hayot kechiradi, kunduzi 
devor, pollaming yoriqlarida, uy burchaklarida, mebel, uy-ro‘zg‘or 
buyumlarining ostida yashirinib yotadi. Uzoq vaqt och qolgan 
qandalalargina kunduzi yoki sun’iy yorugMik paytida odamga hujum 
qilishi mumkin. Qon so‘rish paytida terini teshishi va suyuqlik yu- 
borishi tufayli qattiq og‘riq paydo boMadi. Ular ommaviy holda 
urchishidan odamlar qattiq bezovtalanishi va yaxshi uxlay olmasligi 
mumkin.
To‘shak qandalasi, odatda, kunduzi yashirinadigan joylariga tuxum 
qo‘yadi. Bitta urg‘ochisi bir kecha-kunduzda 12 tagacha, hayoti 
davomida esa bir necha yuzlab tuxum qo‘yadi. Tuxumdagi embrionning 
rivojlanish muddati tashqi muhit haroratiga bogMiq. 35—37° С da 4 -6
kundan keyin tuxumdan lichinkalar chiqadi. Agar tashqi m uhit harorati 
10° С gacha boMsa, tuxumlar rivojlanmaydi, 6°C dan past bo6 Isa, ular 
1,5 oygina tirik saqlanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar 5 
marta po‘st tashlab, imagoga aylanadi. Har bir tullaganda lichinkalar 1 
marta qon so‘radi. Lichinkalar 1,5 yilgacha och yashay oladi. Jinsiy 
voyaga yetgan qandala 14 oygacha yashashi mumkin.
To‘shak qandalasi hayotining barcha bosqichlarida faqat issiqqonli 
hayvonlar va odam qoni bilan oziqlanadi. Ayrim odamlar to ‘shak 
qandalasining chaqishiga juda sezgir boMadi, bunday odamlarning 
terisida har xil toshm a paydo boMib, unga mikroblar tushishi natijasida
344


t h mi'll ytilllg'lanish yuzaga keladi. To‘shak qandalasi har xil yuqumli 
MKMlllk mlkroblarini mexanik ravishda tashib yuradi. Uyda, jamoat 
■GnilMlnricla, transport vositalarida to eshak qandalasining tarqalishi 
I p t Hrlyn-yigivena qoidalarining buzilishi oqibatidir. Ularga qarshi 
MWMtinlk va kimyoviy vositalar orqali kurash olib boriladi.
Ilu rg a la r (A p h an ip tera) tu rk u m ig a
2000 taga yaqin tur kiradi. 
Ml >11 tin 400 dan ortiq turi uchraydi. Burgalar to 6liq metamorfoz bilan 
HVQillinadigan qanotsiz hasharotlar boMib, ular asosan obligat 
nm ntofaglar, issiqqonli hayvonlarda (qushlar va sutemizuvchilarda, shu 
lUmladan, odamda) qon so‘rib parazitlik qiladi. Markaziy Osiyoda 
pfgalarnin g 310 ta turi aniqlangan.
IJurgalar mayda ektoparazit bo‘lib, tanasining uzunligi 1-6 mm. 
ttn a s i ikki yonidan siqilgan bo‘lib, to‘q sariqdan to jigarranggacha 
boMishi mumkin. Ustidan qattiq yaltiroq xitinli kutikula bilan qoplangan. 
Kulikulasida uchi orqaga qayrilgan xitinlashgan tukchalar bo‘ladi. Mana 
shunday tukchalar boshining oldingi va pastki qismlarini qoplagan 
ho‘ladi. Tukchalar burgaga xo‘jayinning jun va patlari orasida erkin 
harakat qilishi uchun imkoniyat yaratadi.
Burgalar issiq qonli hayvonlarning va odamlarning ektoparazitlari 
boMib, ulaming qoni bilan oziqlanadi. Burgalaming ko‘zlari va sanchib- 
so‘ruvchi og‘iz apparati boshida joylashadi. Og‘iz apparati quyidagicha 
tuzilgan: 1 juft pastki jagMar uzun ingichka plastinkalar shaklida 
tuzilgan boMib, terini teshish uchun xizmat qiladi. Ular asosida soclak 
bezlari nayi va 1 juft kalta pastki ja g ‘ paypaslagichlari joylashgan. 
Yuqori labi o ‘zgarib, toq sanchuvchi ignani hosil qiladi. Pastki lab 
reduksiyalangan, shunday bo‘lsada, pastki lab paypaslagichlari yaxshi 
taraqqiy etgan. Ular tamovsimon bo‘lib, bir-biriga zich taqalib turadi
natijada, sanchuvchi apparat qanotlari gcilofini hosil qiladi. Ko‘krak 
qismida 3 juft oyoqlari bo‘lib, keyingi juft oyoqlari kuchli rivojlangan 
va sakrovchi tipda tuzilgan. Ular uzun va mushakli oyoqlari bilan sakrab 
harakatlanadi. Masalan, odam burgasi 9 sm balandlikka, 32 sm 
uzunlikka sakrashi mumkin. Qorin qismi 10 ta bocg‘imdan tashkil 
topgan bo‘lib, orqa qismida jinsiy apparati joylashgan. Qorin segment- 
larining ikki yonida stigmalar ko6rinadi.
Burgalar ayrim jinsli, ular jinsiy dimorfizmga ega: erkaklari bir oz 
kichikroq va qorin boclimining oxirgi qismi yuqoriga qayrilgan bo‘ladi, 
shu joyda murakkab kopulyativ apparati joylashgan. Urg‘ochilarining 
jinsiy apparati kolbasimon, xitinli rezervuar urug4 qabul qiluvchi 
pufakcha ko‘rinishida tuzilgan. Urg‘ochilari hayoti davomida 450 tadan
345


2500 tagacha tuxum qo‘yadi, bir qo‘yganda tuxumlar soni 6-10 tagacha 
boradi. Odatda, burgalar tuxumlarini organik chirindilarga boy boMgan 
joylarga, ya’ni pol tirqishlariga, tocshamalar ostiga, quruq axlatxo- 
nalarga, devor yoriqlariga va kemiruvchilar iniga qocyadi.
Tuxumdan chuvalchangsimon lichinkalar chiqadi. Embriogenez 
davri 3 kundan 15 kungacha davom yetadi, bu esa burgalaming turiga va 
tashqi muhit sharoitiga, ayniqsa, harorat va namlikka bogMiq. 
Lichinkalari rangsiz, pigmentlashmagan, tanasi tuk bilan qoplangan
oyoqsiz boMib, ikki qanotlilar lichinkasiga o‘xshash boMadi. Lichinkalar 
chiriyotgan organik moddalar bilan oziqlanadi. Ular pilla ichida 
g‘umbakka aylanadi. Tashqi muhit sharoitiga qarab, burgalaming 
rivojlanishi 20 kundan 1 yilgacha davom etadi. G ‘umbakdan chiqqan 
voyaga yetgan davri -imago faqat qon bilan oziqlanadi. Voyaga yetgan 
burgalar 2 -5 yil umr kocradi.
Burgalar bir kunda kamida 1 marta qon so‘radi. Ular asosan (95 %) 
sutemizuvchilarda va ayniqsa, kemiruvchilarda parazitlik qiladi. 
Burgalar muayyan turdagi xo‘jayin bilan juda mahkam bogManmay, bir 
turdagi hayvondan ikkinchi turdagi hayvonga va odamga o‘tishi 
mumkin. Sunday gematofag hayvonlarga polifaglar deyiladi. Tabiatda 
shunday burgalar borki, hatto vaqtincha boMsa ham ilonda, ba’zilari esa 
hasharotlaming lichinkalarida parazitlik qiladi. Mushuklarda mushuk 
burgasi 0

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə