184
XULOSA
Mana, Siz bilan davlatimizning Asosiy qonuni – O‘zbekiston
Respub-
likasining Konstitutsiyasi sahifalari bo‘ylab sayohatni ham nihoyasiga yet-
kazdik.
Siz har bir inson hayotida yuzaga keladigan muammolarning ko‘p-
chiligini qonunchilik yordamida hal qilish mumkinligiga ishonch hosil
qildingiz. Ko‘pchiligini, harholda, hammasini emas. Shu bilan birga,
inson
xatti-harakatlarining axloqiy normalari, uning axloqiy-ma’naviy fazilatlari –
vijdon, or-nomus, o‘z qadr-qimmati, hissi va hokazo tushunchalar ham
mavjuddir. Bular huquqiy ma’rifat – huquqiy madaniyatning qo‘shimcha
unsurlaridir, ya’ni huquq insonga havola etadigan
barcha ijobiy va qimmatli
narsalarni o‘zlashtirishdir. Axloqiy fazilatlar va huquqiy bilimlar majmuyi
yuksak huquqiy madaniyat asosini ham tarkib toptiradi.
Ammo passiv qonunga itoatkorlik – jamiyatga zarur bo‘lgan narsa
degani emas, aslo. Ham o‘zining, ham o‘zgalarning qonuniy huquqlari-
ni himoya qilishni bilish, qonun buzilishi
bilan murosa qilmaslik kerak,
negaki buning oqibatida qonuniylikka va huquqiy davlat barpo etish
imkoniyatlariga ishonchsizlik tug‘iladi.
Konstitutsiyaviy huquq, anglaganingizdek, O‘zbekiston Respublika-
sining huquq tizimida yetakchi tarmoq sanaladi.
Uning yetakchilik roli huquqning barcha boshqa tarmoqlarida konsti-
tutsiyaviy g‘oyalarni rivoj toptirishdagina namoyon bo‘lib
qolmasdan,
balki huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy
asosi bo‘lib xizmat qilishida ham ko‘rinadi.
Shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekistonda davlat mustaqilligiga erishil-
gandan so‘nggina bu strategik muhim maqsad qo‘yildi.
O‘zbekistonning konstitutsiyaviy huquqida huquqiy davlatga xos bar-
cha prinsiplar mujassamlashgan.
185
Biroq konstitutsiyaviy prinsiplar o‘z-o‘zidan
huquqiy davlat yarat-
maydi. Huquqiy davlatni qonunlar emas, insonlarning o‘zi, jamiyat yara-
tadi. Qonunlarning ahamiyati shundaki, ular jamiyat qurilishining huquqiy
asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Umid
qilamizki, huquqshunoslik fanidan olgan bilimlaringiz kundalik
hayotingizda yuzaga keladigan muammolarni kelajakda emas, bugun ham
hal etishga yordam beradi.
Shunday bo‘lsa-da, erishilgan narsalar bilan kifoyalanib qolmaslik ke-
rak. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari davlatimiz
huquq tizimini tako-
millashtirish ustida ishlarni davom ettirmoqda. Tevarak-atrofi mizdagi hayot
yanada pokiza, charog‘on va adolatli bo‘lishi ham o‘zimizga bog‘liqdir.
Qo‘lni qo‘lga berib, yelkama-yelka tursak, ona-Vatanimizni huquqiy dav-
latga, baxtiyor va gullab-yashnagan mamlakatga aylantira olamiz.