G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 




BOB. 
QIYOSIY 
PEDAGOGIKAGA 
(PEDAGOGIK 
KOMPARATIVISTIKA
1
GA) KIRISH 
 
1 Qiyosiy pedagogika alohida fan sohasi sifatida
(Qiyosiy pedagogika 
tushunchasi, uning obyekti, predmeti, vazifasi va bajaradigan ishi; milliy ta‘lim 
tizimi tushunchasi). 
Qiyosiy pedagogika tushunchasi. 
Qiyosiy pedagogika
yoki 
komparativistika 
dastlab falsafa fanlari sohasida shakllangan bo`lib, turli masalalarni, jumladan
o`sib 
kelayotgan 
yosh 
avlod 
ta‘lim-tarbiyasi 
muammolarining 
jahon 
mamlakatlarda rivojlanish masalalarini ham o`rgangan. Qadim zamonlardayoq, 
falsafiy ta‘limotlar mazmunida turli xalqlar va mamlakatlarda bolalarga qanday 
ta‘lim-tarbiya berganliklari to`g‘risida anchagina ma‘lumotlar mavjud edi. Ularda 
ta‘lim-tarbiya metodlari va qadriyatlari umumlashtirilgan bo`lib, katta avloddan 
yosh avlodga hayotiy tajribani qanday etkazilayotganligining o`ziga xos jihatlari 
tahlil qilingan edi.
Zamonaviy tilda qiyosiy pedagogika 
komparativistika
deb ham ataladi.
Komparativizm 
(lot. 
comparativis
-qiyosiy) qiyoslash va taqqoslash ma‘nosini 
anglatib, tarixiy taraqqiyot tendensiyalarining o`xshash va farqli jihatlarini 
aniqlash, o`xshash hodisalarning o`zaro mos jihatlarini ajratishni o`zida 
mujassamlashtiradi. Ingliz tilida ―
to compare
‖ ham ―taqqoslash‖ degan ma‘noni 
anglatadi. Mustaqil falsafiy tushuncha sifatida komparativizm turli fan sohalarida, 
shuningdek, adabiyotshunoslikda turli xalqlar badiiy adabiyotida obraz va syujetlar 
rivojlanish jarayonini qiyosiy tarixiy tahlil etishda qo`llaniladi. Ta‘lim nazariyasida 
―komparativistika‖ tushunchasi ―qiyosiy pedagogika‖ tushunchasi bilan bir sinonik 
qatorda turadi. Shuning uchun pedagogikaning bu sohasini ―
pedagogik 
komparativistika”
deb atasa ham xato bo`lmaydi.
Tadqiqotchilarning ta‘kidlashicha, chet el manbalarida ko`proq ―qiyosiy 
pedagogika‖ emas, balki ―qiyosiy ta‘lim‖ atamasi ishlatiladi. Zero, ―ta‘lim‖ (ing. 

education
‖) so`zi pedagogika (―pedagogie‖) so`ziga nisbatan keng ma‘noda 
qo`llaniladi. Chet el pedagogik an‘anasiga ko`ra ―ta‘lim‖ so`zi rivojlanish, ta‘lim 
va tarbiya birligini anglatadi. Shu bilan bir qatorda pedagogika faqat bolalarning 
ta‘limi va tarbiyasiga taalluqli tushuncha sifatida qo`llaniladi. Shuning uchun ham 
chet el ta‘rifida ―qiyosiy ta‘lim‖ (―
education compare
‖) iborasini ―qiyosiy 
pedagogika‖ (―
pedagogie comparative
‖) ga nisbatan ko`proq ishlatilishini 
kuzatamiz. Biz ―qiyosiy pedagogika‖, ―pedagogik komparativistika‖, ―qiyosiy 
ta‘lim‖ va ―komparativistika‖ tushunchalarini bir ma‘nodosh so`zlar qatorida 
qo`llaymiz. Chunki bir qancha farqli jihatlariga qaramasdan, zamonaviy pedagogik 
nazariyasi va amaliyotida bu tushunchalar tez-tez aynan bir xil hodisa va 
jarayonlarni belgilashda ishlatiladi. Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, bugungi 
kunda ―qiyosiy pedagogika‖ tushunchasi O`zbekistonda kengroq tarqalgan. 
Umuman olganda, 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə