G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/117
tarix17.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#110891
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117
@pp kitoblar qiyosiy ped

Oliy maktablar 
Oliy maktablar fransuz ta‘lim tizimining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. U 
davlat tizimidagi oliy universitet ta‘limiga zid hisoblanadi va xalqaro miqyosda 
qiyosiy tasnifga kirmaydi. Fransiyada oliy maktabda o‘qish universitetda o‘qishdan 
ortiq hisoblanadi. Universitetlarga imtihonsiz qabul qilinadi. Oliy maktabga esa 
katta konkurs asosida murakkab kirish imtihonlarini topshirish zarurdir.
Oliy maktablarga kirish qanchalik qiyin bo‘lsa, kasbiy istiqbollar shunchalik 
yaxshi bo‘ladi. Bitiruvchilarni to‘liq ish bilan ta‘minlash kafolatlanadi, eng zo‘r 
ishchi o‘rinlarga joylashadi. 
Sarbonna 

Sorbonna ─ Fransiyaning eng qadimgi va mashhur universiteti.


73 
Sorbonnaning tarixi 1215-yildan boshlanadi. Bu vaqtda Senaning chap tomonida 
joylashgan cherkov kollejlari Parij universiteti degan umumiy nom ostida 
birlashtirilgan edi. 40 yil o‘tgach qirol Sorbon tashabbusi ostida universitet qoshida 
kollej ochildi va u yerda kambag‘al aholi tahsil oldi. 1968 yil universitet bir necha 
avtonom institutlarga bo‘lib tashlandi: 
1.
Panteon Sorbonna ─ bu yerda 40 ming student ta‘lim oladi. Bu erda huquq, 
iqtisod, san‘at va arxeologiya tarixi, geografiya, tarix, falsafa, matematika
informatika, boshqaruv va menejment bo‘yicha diplom beriladi. 
2.
Yangi Sorbonna ─ Sorbonna ko‘chasida joylashgan bo‘lib, gumanitar 
yo‘nalishi va nisbatan kichkinaligi bilan ajralib turadi. Bu erda 20 mingga 
yaqin talaba fransuz va lotin tillari hamda adabiyoti, nemis tili
ispanshunoslik, sharqshunoslik, Arabshunoslik yo‘nalishlaridan tahsil 
oladilar. 
3. Rene Dekart nomli universitet /Strasburg Universiteti/ 
Strasburg Universiteti Fransiyaning tarixiy universitetlaridan biri. Unga 1621 yil 
asos solingan. Fransiya ─ Prussiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng universitet 
Kayzer Vilgelm nomiga o‘tgan. 1918 yil esa yana o‘z nomiga qaytgan. 1970 
yillarda Strasburg 3 qismga bo‘lingan: 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə