Geliş Tarihi / Receive


‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix19.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#152424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)

 
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛ 
‚International journal of Humanities and Art ‛ 
[trk dergisi/2021] 
e-ISSN:2757-6388 
Cilt/Volume:2 
Sayı/Issue
:1 
28 
Kirish 
Yer yuzida dastlabki ota-onaning birinchi farzandi dunyoga kelishi bilan 
bolalar adabiyoti ham maydonga kelishi inkor qilib bo‘lmas haqiqatdir. 
Chunki bolalar adabiyotining asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni 
tarbiyalash manfaatlariga qaratilgandir. Binobarin, bolalar adabiyoti 
namunasi yosh avlodni ilm-ma'rifat nuridan bahramand bo‘lishga 
chorlaydimi, kasb-hunar o‘rganishga chaqiradimi, eng yaxshi insoniy 
fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladimi, bulardan qat'i nazar, uning 
bosh 
vazifasi 
farzandlarimizni 
ma'naviy-axloqiy 
kamolot 
ruhida 
tarbiyalashdir. Demak uning asosiy o‘ziga xosliklaridan biri uning nafaqat 
adabiy-estetik, balki ma'rifiy ahamiyat kasb etishi bilan ham belgilanadi.
Badiiy adabiyot realistik adabiyot deb nomlanadimi, romantik adabiyot deb 
ataladimi, syurrealistik debmi, bundan qat'i nazar, dastavval, kitobxon 
qalbiga ezgulik urug‘ini sepishi, uni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida 
tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Badiiy adabiyotning bosh vazifasi 
bundan ming yillar oldin ham shundan iborat edi, bugun ham, bundan 
ming yil keyin ham shundan iborat bo‘lib qolaveradi.
‚O‘zbek bolalar adabiyoti istiqlol davrida nimalarga erishdi?‛ degan 
savolga javob izlar ekanmiz, avvalo, o‘tgan davr mobaynida bolalar 
adabiyotimiz o‘z tabiiy o‘zanlariga qayta boshlaganini qoniqish bilan e'tirof 
etish joiz. Birgina misol: bugungi maktablarimizning yangi dasturlariga 
‚Odobnoma‛ fani kiritildi, yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarimizdan 
Kaykovusning ‚Qobusnoma‛, Shayx Sa'diyning ‚Guliston‛ va ‚Bo‘ston‛, 
Navoiyning ‚Hayrat ul-abror‛, Xojaning ‚Miftoh ul-adl‛ va ‚Gulzor‛, 
Avloniyning ‚Turkiy Guliston yoxud Axloq‛ asarlaridan olingan parchalar 
mustahkam o‘rin egalladi. Binobarin, bolalar adabiyotimiz o‘zining bevosita 
ma'rifiy vazifasini bajarishga kirishdi.
Bundan tashqari, yangi darslik va o‘quv qo‘llanmalarini tuzishda bugungi 
bolalar adabiyotimizning yetakchi namoyandalari asarlariga alohida e'tibor 
berildi, inchunin, farzandlarimiz insoniylik saboqlarini o‘z milliy 
zaminimizda yaratilgan milliy adabiyotimiz namunalari orqali egallay 
boshladilar, xalqimizning ko‘p ming yillik ma'naviy, adabiy, diniy 
qadriyatlarini qayta idrok eta boshladilar. Bularning barchasi yosh 
avlodning ma'naviy komil insonlar sifatida shakllanishi, o‘z kindik qoni 
to‘kilgan tuprog‘i – Ona Vatani, o‘z xalqi, o‘z millatining sodiq farzandi 
bo‘lib yetishuvlarida ulkan ma'rifiy ahamiyat kasb etishi shubhasizdir. 
Chunki o‘zini hurmat qila oladigan, o‘z tarixi, o‘z madaniyati, o‘z 
adabiyotini e'tirof etadigan kishigina tom ma'nodagi vatanparvar bo‘la 
oladi. Ikkinchidan esa, o‘z qadriga yetgan odam o‘zgalarni ham qadrlay 
oladi, o‘z hurmatini bilgan odam o‘zgalarning ham hurmatini joyiga qo‘ya 
oladi. 



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə