Geliş Tarihi / Receive


‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/19
tarix19.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#152424
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)

 
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛ 
‚International journal of Humanities and Art ‛ 
[trk dergisi/2021] 
e-ISSN:2757-6388 
Cilt/Volume:2 
Sayı/Issue
:1 
32 
jafolarga bardosh berib, o‘zini qayta tiklay olgani xalqimizga qiyoslanishi 
shu boisdan ham o‘zini to‘la oqlaydi. 
Bolalar Sheriyatida Xalq Timsoli 
Va nihoyat, istiqlol davri bolalar adabiyoti she'riyatiga ilk bora haqiqiy 
o‘zbek qiyofasi kirib kela boshladiki, bu qadam yosh avlodni o‘zligini tanish 
yo‘lida tarbiyalashdagi sifat jihatdan o‘zgarish tarzida baholanishi joiz. 
Iste'dodli shoir Dilshod Rajabning ‚O‘zbek‛ she'ri ana shu Inson, xalq 
tasviriga urg‘u berilgan she'r sifatida e'tiborga sazovordir. She'rning 
dastlabki satrlaridanoq bag‘rikeng o‘zbek qiyofasiga chizgilar chizila 
boshlaydi: 
Sig‘masa ham o‘zi, do‘stga 
Joyi bor uning. 
Yo‘lovchiga ‚Bir piyola‛ ¬–
Choy‚i bor uning. 
Darhaqiqat, o‘zbek qiyofasini belgilovchi qirralar, avvalo, uning 
bag‘rikengligi bilan bog‘liqdir. Serfarzand, bolajon o‘zbek bola-baqralari 
bilan o‘zi uyiga zo‘rg‘a sig‘ib turgan bo‘lsa-da, mehmonni ‚atoyi xudo‛ deb 
biladi, uyining to‘rini mehmonga bo‘shatib beradi, qozoniga har kuni bir 
parcha go‘sht solishga qiynalsa-da, mehmonning oyog‘i ostiga qo‘y so‘yadi. 
Hatto ko‘chadan o‘tib ketayotgan yo‘lovchiga ham, albatta, bir piyola choy 
taklif qilish o‘zbek xarakterini belgilovchi qirralardandir. 
Egatlardan topgan qaddi – 
Yoyi bor uning, 
Har yil yozda imorati, 
Loyi bor uning. 
O‘zbek 
qiyofasini 
belgilovchi 
yana 
bir 
xarakterli 
qirra 
uning 
mehnatsevarligidir. O‘zbek erta bahordan kech kuzgacha tinim bilmay 
dalada mehnat qiladi, bola-chaqasini peshana teri bilan topgan halol 
daromadi hisobidan boqadi. Binobarin, o‘zbek uchun ‚halol mehnat‛ 
tushunchasi qanchalik xarakterli bo‘lsa, ‚halol daromad‚ tushunchasi ham u 
bilan bab-baravardir. Shu sababli ham o‘zbekning qaddi og‘ir mehnatdan 
egik bo‘lsa-da, qalbi pok, ko‘ngli ochiq.
Mehnatsevar o‘zbek dalada mehnat qilibgina qolmaydi. U o‘zining huzur-
halovatini emas, bola-chaqasining kelajagini o‘ylaydi. O‘g‘ilni sunnat qilish, 
uylantirish, qiz chiqarish – xalq oldiga dasturxon yozib, oq fotihasini, 
duosini olish o‘zbek uchun eng katta boylik. Shu boisdan ham u har yil 



Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə