Geliş Tarihi / Receive


Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix19.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#152424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
yaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)

 
Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari
 
 
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛ 
‚International journal of Humanities and Art ‛ 
[trk dergisi/2021] 
e-ISSN:2757-6388 
Cilt/Volume:2 
Sayı/Issue
:1 
29 
Bolalar Sheriyatining İjtimoiylashuvi 
Bu o‘rinda shuni ham qayd etish kerakki, istiqlol davri yangi bolalar 
adabiyotining maydonga kelishiga 80-yillarning ikkinchi yarmi adabiyoti 
katta ta'sir ko‘rsatdi. Zero, ayni shu davrda bolalar adabiyotimiz tom 
ma'nodagi haqiqatga tik boqadigan adabiyotga aylandi, yosh avlodni 
erksevarlik tuyg‘ulari ruhida tarbiyalashda ilk qadamlarini qo‘ydi. Ana shu 
nuqtai nazardan Istiqlol davri bolalar adabiyotimiz o‘sishda, ulg‘ayishda, 
o‘zligini tanish yo‘lidagi izlanishda deyishga tamomila haqlimiz. Bugungi 
bolalar adabiyotimizning yetakchi namoyandalaridan bo‘lmish Anvar 
Obidjonning ‚Aka-uka‛ she'ri shu jihatdan e'tiborga sazovor. She'rda 
mustaqil Vatan kelajagi bo‘lmish yosh avlod ramziy yo‘sinda kechagi 
kunimizdagi qo‘li bog‘liq, ko‘zi bog‘liq, istibdoddan yurak oldirib qo‘ygan 
katta avlodga qiyoslanadi. Akaning pastga, jarlikka ‚taka-puka‛ termilishi 
bejiz emas, chunki jarlik aslida tubanlik ramzi, ikkinchidan esa akaning ko‘z 
oldida xalqimizning istiqlol yo‘lida qurbon bo‘lgan minglab farzandlari 
taqdiri turibdi: 
Jar bo‘yida turishar 
Aka-uka. 
Aka pastga termilar 
Taka-puka. 
Yuksakdagi lochinga 
Boqar uka, 
Go‘yo ko‘kda jim qanot – 
Qoqar uka (Obidjon, 2007: 72). 
Shoirning she'rdagi har bir so‘zga ma'naviy yuk yuklashi ana shu satrlarda 
namoyon 
bo‘lgan 
desak, 
adashmaymiz. 
Chunki, 
aka 
termiladi, 
‚termilish‛da mahzunlik, zoriqish ma'nosi yetakchi, uka boqadi, ‚boqish‛da 
esa dadillik, mardlik ma'nosi ustivor. Ukaning nigohi ko‘kda parvoz 
qilayotgan lochinga tikilishi ham tabiiy, chunki ko‘k ham, unda parvoz 
qilayotgan lochin ham aslida erk timsollari. Ukaning esa parvozi baland – 
nigohi Istiqlolning yorishib kelayotgan porloq nurlariga – ko‘kka tikilgan. 
Shu bois uka yosh kitobxon ko‘z o‘ngida Lochin yanglig‘ Erkin, erki uchun 
kurashga tayyor Inson timsoli sifatida namoyon bo‘ladi. 
‚Uchinchi polapon‛ she'rida shoir ‚Aka-uka‛dagi mavzuni davom ettiradi, 
yanada rivojlantiradi. She'rda erkin qush – Lochin farzandlarining yovuzlik 
timsoli bo‘lmish Oqilon bilan hayot-mamot jangi tasvirlanadi. Yovuz Oqilon 


Rahmatulla Barakayev

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə