Gemorragik sindrom. Massiv qon yo‘qotish, gomologik qon, dvs sindromi klinikasi, diagnostikasi. Tez tibbiy yordam ko‘rsatish usullari. Uash taktikasi. Isitma sindromi. Sepsis. Klinikasi, diagnostikasi



Yüklə 128,9 Kb.
səhifə5/13
tarix29.11.2023
ölçüsü128,9 Kb.
#141683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
№ 2

IV bosqichda

Davo muolajalari gipoksiyaga, atsidoz, gipertermiyaga qarshi, antibakterial terapiya, patogenetik, asoslangan infuzion terapiyaga qaratilgan bo‘ladi.

GIPERTERMIK SINDROM

Gipertermik sindrom patologik holat bo`lib termoregulyatsiya buzilishi natijasida tana haroratining kutilmagan holatda 40°C dan ko‘tarilishi bilan xarakterlanadi.

Etiologiyasi

Ko‘p holatda bolalarda uchraydi. Katta yoshdagi odamlarda asosan bosh miyada bo‘ladiga.n patologik o'zgarishlar (travma, shishlar, qon quyilishlar) va narkoz asorati sifatida yuzaga keladi.

Bolalarda: a) ko‘pincha infeksion kasaiiik asosida rivojlanadi (gripp, pnevmoniya, sepsis va boshqalar),

b) infeksion-allergik, toksiko-allergik jarayonlar,

v) gipervitaminoz, organizmning suvsizlanish.], shuningdek tug‘mq vaqtidagi travmalar, respirator disterss sindrom natijasida yuzaga keladi.

Patogenezi

Gipertermik sindromning asosiy sababi termoregulyatsiya. markazining izdan chiqishi (asosan gipotalamus) natijasida yuzaga keladi. Issiqlik hosil bo‘lishining gormono-metabolik buzilishlari va issiqlik chiqarilishining buziiishi asosiy o‘rin tutadi. Buning natijasida termoregulyatsiya izdan chiqadi va organizm ekzogen (toksinlar) yoki endogen (katexolaminlar, prostoglandinlar va pirogen moddalar) ta’sirida issiqlik hosil bolishining tez oshishini kompensatsiya qila olmaydi. Issiqlik chiqarilishi esa periferik qon tomirlar spazmi natijasida pasayadi.

Klinikasi

Gipertermik sindrom katta yoshdagilarda asosiy kasallikning o‘tkir va surunkali bosqichlariga mos ravishda yuzaga keladi. Gipertermiya bilan birga gipertermik krizlar ham yuzaga kelishi mumkin. Klinikada quyidagi o‘zgarishlar kuzatiladi: teri termoassimetriyasi, nafasning tez buziiishi, gipoksiya, varaja, suvsizlanish, teri rangining oqarishi yoki marmar tusiga kirishi (qon tomir spazmi natijasida) bilan xarakterlanadi. Gipertermik sindrom narkoz vaqtida ham kuzatiladi, unda yuqoridagi belgilardan tashqari mushaklarda rigidlik taxikardiya, AB ko‘tarilishi bilan xarakaterlanadi va bu xavfli gipertermiya hisoblanadi.


Yüklə 128,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə