1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/51
tarix25.05.2022
ölçüsü0,83 Mb.
#87913
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51
11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil

 
BILET 
1.
 
Qo‘qon
 xonligining tashkil topishi. 
Norboʻtabiyning oʻgʻli Olimbek hukmronligi davrida Qoʻqonning siyosiy mavqei
yanada kuchaygan, harbiy islo-hot 
oʻtkazilgan,
Ohangaron vohasi, Toshkent, 
Chimkent va Sayram tobe etilgan, tashqi savdoga ham eʼtibor kuchaytirilgan. 1805
yil davlat rasman Qo'qo
n xonligi deb eʼlon qilinib, Olimbek "xon" unvonini olgan.
Olimxonning markazlashgan kuchli davlat tuzish borasida qilayotgan harakatlari 
ayrim mansabparast zodagonlar guruhida norozilik kayfiyatlarini vujudga keltiradi. 
Natijada ular Olimxonning safardali
gidan foydalanib 1810 yil Qoʻqonda "Olimxon
Toshkentda oʻldi", degan mish
-mish tarqatishadi va uning ukasi Umarbekka toj 
kiygizadilar. Olimxon bundan xabar topib, Qoʻqonga yoʻl oladi, biroq u Oltiqush
mavzeida 
otib oʻldirilgan.
Umarxon davrida xonlik hokimiyatini mustahkamlash va kengaytirish choralari 
koʻrilgan.
1815 yil Buxoro xonligiga qarashli Turkiston, 1817 yil esa 
Oʻr
atepa bosib 
olingan. Sirdaryo boʻyida bir qancha harbiy istehkomlar barpo etilgan; sugʻorish
inshootlarini kengaytirish, kanallar qazish, masjid va madrasalar qurishga eʼtibor
berilgan. Xususan, 
Qoʻqon,
Toshkent, Turkiston, Chimkent, Sayram, avliyoota 
(hozirgi Jambul)da masjid va madrasalar qurilgan. Mozorlar tartibga solingan. 
Umarxon hukmronligi davrida Qo'qon xonligida fan, adabiyot
sanʼat
nisbatan 
yuksalgan. Bunda uning sevimli xotini 

mashhur 
oʻzbek
shoirasi Nodirabegimning 
xizmati katta boʻlgan. Umarxonning oʻzi ham "Amiriy" taxallusi bilan oʻzbek va
tojik tillarida gʻazallar yozgan. Umarxon vafotidan soʻng uning 12 yoshli oʻgʻli
Muhammad Alixon taxtga oʻtirgan. Xon yosh boʻlganligi uchun davlatni dastlabki
davrda onasi Nodi-rabegim boshqargan. Nodirabegim madaniyat va 
sanʼatni
rivojlantirishga intilgan. 
1826 yil Sharqiy Turkistonda xitoylarga qarshi bosh 
koʻtargan
musulmon aholiga 
yordam berish uchun qoʻshin tor
-tib borilgan. Natijada Xitoy huku-mati Sharqiy 
Turkistonning 6 ta shahri (Oqsuv, Qashqar, Yorkend, 
Xoʻtan
va boshqalar) dan soliq 
olish huquqini Qo'qon xonligiga berishga majbur 
boʻlgan.
Muhammad Alixon xonlik hududini kengaytirishga intilib, Jan. Olay togʻ etagidagi
Qorategin, Dar-
voz, Shugʻnon, Roʻshon, Vohon bekliklarini boʻysundirgan. Bu
davrda xonlikda 
sugʻorish
ishlari ancha 
yoʻlga
qoʻyilgan.
Toshkent yaqinida 
Xonariq kanali qazilgan. Tashqi iqtisodiy-savdo aloqalari ham ancha yaxshilangan. 


Buxoro amiri Nasrullo (qarang Nasrullaxon) bilan yuz bergan urushda (1840 yil) 
Muhammad Alixon yengilib, Xoʻjandni amir Nasrulloga topshirishga va oʻzini
uning noibi deb tan olishga majbur 
boʻlgan.
Ammo Buxoro 

Qoʻqon
munosabatlari 
bundan keyin ham kes-kinlashgan. Natijada 1841 yil noyab. oyida Muhammad 
Alixon oʻz ukasi Sulton Mahmud foydasiga taxtdan voz kechgan. Bu voqeadan
xabar topgan amir Nasrullo Qoʻqonga bostirib kelib, uni talon
-toroj qiladi. U shu 
qirgʻin
-barot davomida Muhammad Alini, uning ukasi Sulton Mahmudxonni, onasi 
Nodirabegimni va boshqa yuqori man-sabdorlarni qatl ettiradi. Amir farmoni bilan 
Qo'qon xonligi Buxoro noibi tomo-nidan boshqarila boshlangan. Amir noibi Qo'qon 
xonligi aholisiga ogʻir soliqlar yuklaydi. Natijada 1842 yil yozida qoʻqonliklar
qoʻzgʻolon koʻtaradi, amir Nasrulloga
sodiq kishilarning koʻpchiligini oʻldiradilar
va Norboʻtabiyning ukasi Hojibekning oʻgli Sheralini xon qilib koʻtarishadi. Buni
eshitgan Buxoro amiri Qoʻqonga qoʻshin tortib oʻz hukmronligini qayta oʻrnatish
uchun uni qamal qiladi. Biroq qamalning qirqinchi kuni Xiva xoni Olloqulixonning 
Buxoro hududiga qilgan hujumi haqidagi xabarni eshitib, orqaga qaytishga maj-bur 
boʻlgan.
Natijada 
qoʻldan
ketgan 
koʻpgina
hududlar 
(Xoʻjand,
Toshkent) yana 
Qo'qon xonligi ixtiyorida qoladi. 
Sheralixonning (1842

45) taxtga 
oʻtirishida
koʻmakchi
va xayrixoh 
boʻlgan
qipchoqlardan Musulmonqul mingboshi qilib tayinlangan. Musulmonqul, asosan, 
harbiy ishlar bilan shugʻullangan va xon qoʻshinlarining tarkibini koʻproq qipchoq
yigitlari bilan 
toʻldirgan.
Musulmonqul 
oʻz
mavqeidan foydalanib, Sheralixonga 
oʻz
taʼsirini
oʻtkazishga
intilgan. Ammo xon bunga 
yoʻl
qoʻymaslikka
intiladi. 
Musulmonqul xondan norozi 
boʻlib,
boshqalarning 
qoʻli
bilan suiqasd uyushtirishga 
harakat qilgan. 1845 yil 
Oʻshda
xonning soliq siyosatiga qarshi 
qoʻzgʻo
-lon 
boshlanadi. Musulmonqul 
qoʻzgʻo
-lonni bostirishga ketganida, uning sheriklari 
Olimxonning 
oʻgʻli
murodbekni 
Qoʻqonga
taklif qilib taxtga 
oʻtqazganlar.
Sheralixon 
oʻldirilgan.
Taxtni saqlab qolish uchun Murodxon 
oʻzini
Buxoro 
amirining noibi deb tan olishga majbur 
boʻlgan.
Musulmon-qulni mingboshi 
lavozimida qolganligi haqida farmon chiqaradi va uning 
Qoʻqonga qaytishini talab
qiladi. Musulmonqul esa Oʻshdan Namanganga kelib qizini Sheralixonning oʻgʻli
Xudoyorga turmushga beradi va u bilan Qoʻqonga kelib, Murodxonni oʻldi
-rib, 
yoʻsh
Xudoyorni xon deb 
eʼlon
qiladi (qarang Xudoyorxon). Musulmonqul xonning 
yoshligidan foydalanib xonlikni deyarli mustaqil ravishda oʻzi boshqaradi, katta
lavozimlar qipchoqlarga ulashib beriladi. Natijada Musulmon-qulga qarshi xonlik 
hududida norozilik harakati kuchaydi va u mingboshilikdan 
boʻshatiladi.
Musulmonqul 
oʻz
mavqeini tiklamoqchi 
boʻlib,
ruslar bilan aloqa 
oʻrnatishga
intiladi va ruslarning vakili V.V.Velyaminov-Zernov bilan 1853 yil bahorida maxfiy 
uchrashadi. Musulmonqulning rus 
qoʻmondoni
vakili bilan uchrashgani va 
hokimiyatni oʻz qoʻliga olmoqchi boʻlganligidan xabar topgan oʻzbek va qirgʻiz
zodagonlari (Muhammad Niyoz Qushbegi, muhammad Rajab 
Qoʻrboshi,
Muhammad Yoqubbek qushbegi va boshqalar) qipchoqlardan qutulish 
yoʻlini
axtarib Xudoyorxonni 
oʻzlari
tarafga 
ogʻdirib,
1853 yil qipchoqlar 
qirgʻinini
boshlab 
yuborishgan. Musulmonqul asirga olinib, qatl qilingan. 
Biroq Qo'qon xonligida 
oʻzaro
taxt uchun kurashlar tinchimagan, yuqoridagi harbiy 
amaldorlar Xudoyorxonga qarshi fitna tayyorlaganlar, biroq u muvaffaqiyatsiz 


chiqqan (qarang Yoqubbek). Qisqa vaqt ichida xonlar bir necha marta almashgan 
(1852
–62 yillarda Sheralixonning oʻgʻli Mallaxon, 1862–
63 yilda Shohmu-rodxon, 
1863 yil may-iyunda yana xudoyorxon, 1863 yil iyul 

1865 yillarda Mallaxonning 
oʻgʻli
Sulton Sayidxon 
xon boʻlgan).

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə