1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va asosiy vazifalari


-modda. Ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari



Yüklə 208,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/32
tarix17.12.2023
ölçüsü208,36 Kb.
#150019
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
O‘RQ 457 сон 08 01 2018  Ma’muriy tartib taomillar to‘g‘risida

5-modda. Ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari
Ma’muriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
qonuniylik;
mutanosiblik;
ishonchlilik;
tinglanish imkoniyatining mavjudligi;
ma’muriy tartib-taomillarning ochiqligi, shaffofligi va tushunarliligi;
manfaatdor shaxslar huquqlarining ustunligi;
byurokratik rasmiyatchilikka yo‘l qo‘yilmasligi;
mazmunan qamrab olish;
ma’muriy ish yuritishning “bir darcha” orqali amalga oshirilishi;
teng huquqlilik;
ishonchning himoya qilinishi;
ma’muriy ixtiyoriylikning (diskretsion vakolatning) qonuniyligi;
tekshirish.
6-modda. Qonuniylik prinsipi
Oldingi
 tahrirga qarang.


Ma’muriy tartib-taomillar O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasiga
, ushbu Qonun va
boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
(6-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
7-modda. Mutanosiblik prinsipi
Ma’muriy ish yuritish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan ta’sir
choralari ma’muriy organ tomonidan ko‘zlangan qonuniy maqsadga erishish uchun mos va
yetarli bo‘lishi hamda manfaatdor shaxslarga imkon qadar qiyinchilik tug‘dirmasligi kerak.
8-modda. Ishonchlilik prinsipi
Ma’muriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan haqiqiy
holatlar to‘g‘risidagi hujjatlar va ma’lumotlar aksi isbotlanmaguniga qadar ishonchli hisoblanadi.
Manfaatdor shaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning haqiqiyligiga
shubha paydo bo‘lgan taqdirda, ma’muriy organ ularning ishonchliligini mustaqil ravishda va o‘z
hisobidan tekshirish uchun choralar ko‘radi.
Ma’muriy ish yuritish davomida manfaatdor shaxslardan ular taqdim etgan hujjatlarning
yoki ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlovchi qo‘shimcha materiallar talab qilish, agar
qonunda bunday talab belgilanmagan bo‘lsa, taqiqlanadi.

Yüklə 208,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə