1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə2/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Inklyuziv majmua

Inklyuziv ta’lim bu - davlat siyosati bo’lib, nogron va sog’lom bolalar o’rtasidagi to’siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muxtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir.
Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muxtoj bolalarni normal rivojlanishdagi bolalar bilan teng xuquqlilik asosida ta’lim tarbiya olishlarini taminlaydi. SHuning uchun ham ahamiyatlidir.
Oliy ta’lim tizimiga kiritilgan «Inklyuziv ta’lim tizimida rivojlanishda kamchiligi bo’lgan bolalarga ta’lim berish xususiyatlari» kursi inklyuziv ta’lim tiziminig moxiyati, mazmuni, maqsadi va jabxalarini ochib beradi va bu haqidagi nazariy ma’lumotlar bilan talabalarni qurollantiradi.
«Inklyuziv ta’lim tizimida rivojlanishda kamchiligi bo’lgan bolalarga ta’lim berish xususiyatlari» kursining predmeti inklyuziv ta’lim tizimi va uning mazmunidan iborat.
Bu kurs o’zinig mazkur predmetiga asoslangan holda maqsad qo’yadi. Mavjud maqsadlari shundan iboratki,bu kurs inklyuziv ta’limnig mazmun moxiyatini ochib berish bilan bir qatorda kerakli tavsiyalar ham ishlab chiqadi. Tavsiyalarda barcha bolalarning ta’lim olish muhitini o’rganib maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limiy ehtiyojlariga umumiy baho beriladi. Asosiy ma’no shundaki, sog’ligining yomonlashuvi yoki rivojlanishining orqada qolishi sababli alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalarni ham mumiy ta’lim jarayoniga kushish mumkin. Inklyuziv ta’lim ta’lim berishning diqqat markazida bola turadi (o’quv rejasi emas) deb bu jarayonga yondashadi. Ushbu yondashuvlar bolalar xar xil sharoitda o’qiydi, rivojlanadi, ma’lumotni xar xil tezlikda qabul qiladi degan e’tirofga asoslanadi. Ular xar bir bolaning shu qatorda maxsus ehtiyojli bolalarning ham ehtiyojlarini qondiradigan ta’lim muxitini yaratib berishga qaratilgan.
Mazkur tavsiyalarning maqsadi - maktablarni maxsus ehtiyojli bolalarnig ehtiyojlariga javob beradigan qilib moslashtiradigan jarayonni qo’llab–quvvatlash. «Moslashtirish» deganda nafaqat maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga bemalol borib kelishi, balki shu qatnashdan qdligidir. Maktab muxiti moslashuvchan bo’lib, bola ta’limdagi tartibga moslashishi kerak deb taxmin qilinmasdan, alohida xar bir bolaning ehtiyojlarini qondirishi kerak.
«Inklyuziv ta’lim” kursi o’z maqsadidan kelib chiqqan holda bir qator quyidagi vazifalarni hal etadi:
- talabalarga inklyuziv va integratsiyalashgan ta’lim tizimi haqida ma’lumot berish;
-inklyuziv ta’limning huquqiy asoslarini ochib berish;
-inklyuziv ta’limni joriy etish oldida turgan muammolarni o’rganish va bu muammolarni xal etish yullarini izlab topish;
-inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashnig asoslarini o’rganish;



Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə