1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə7/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75
Inklyuziv majmua

Integratsiyalashgan ta’lim bu, diqqat markazida bolaning aynan maktabga kelib-ketish muammosi turgan, maxsus ehtiyojli bolaning maktabga qatnash jarayonidir. Integratsiyalashgan ta’limda bolaga muammo sifatida qaraladi. Bu ta’lim ta’limining quyidagi shakllari mavjud:
Jismoniy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli nogiron na nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yonma-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo’lim yoki sinf tashkil qilish mumkin.

  • Funktsional integratsiya. Bu shakl nogiron va nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi funktsional muammolarni kamaytirishga qaratilgan.

  • Ijtimoiy integratsiya. Integratsiyaning bu shakli ijti­moiy muammolarni kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo’lmagan bolalar o’rtasidagi o’zaro aloqani qo’llab - quvvatlaydi.

  • Jamiyatga integratsiya qilish.

  • Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari

Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal qilinishi talab etiladi:

  • ta’lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning ta’lim olishlari uchun zaruriy psixologo - pedagogiq korrektsion sharoitlarni yaratish, ularning mmkoniyatiga yo’naltirilgan umumta’lim dasturlari va korrektsion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;

  • o’quvchilarning ta’limdagi tenglik huquqini kafolatlash;

-jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va
Sog’lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta

  • moslashtirish;

-imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni oilalardan ajralmagan holda yashash huquqini ruyobga chiqarish;

  • jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona va mehr-muxabbatli munosabatni shakllantirish.

Bola - bu qanday imkoniyatga ega bo’lishidan qat’iy nazar har doim kattalar yordamiga muhtoj farzanddir. Uni alohidalash yoki alohida nom bilan «anomal bolalar», «ko’r bolalar», «kar bolalar», «aqli zaif bolalar», «tayanch-harakat a’zolari falajlangan bolalar» va d. k. tushunchalar bilan ajratib ko’rsatish insonparvarlik nuqtai nazariga to’g’ri kelmaydi. Ushbu tushunchalar imkoniyati cheklangan bolalarning huquqlarini kamsitish bilan bir qatorda ota-onalarga ham salbiy ta’sir etadi. Imkoniyati cheklangan bolalar normal rivojlanishdagi bolalar kabi topshiriq va vazifalarni tezlik bilan mukammal amalga oshira olmasalarda, ammo imkoniyat darajasida bajara oladilar. SHuning uchun ham taxqirlashlarga yo’l qo’ymasliq bolaning huquqlarini himoya qilish, ularga ijobiy munosabatda bo’lish tarbiyalashning muhim usulidir.
Yuqoridagi vazifalarni to’laqonli amalga oshirishda eng birinchi galda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:




Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə