1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»


-mavzu: Inklyuziv ta’lim asoslari



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə4/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Inklyuziv majmua

3-mavzu: Inklyuziv ta’lim asoslari.
Reja:

  1. Inklyuziv ta’lim asoslari

  2. Inklyuziv ta’lim madaniyati

  3. Integratsiyalashgan ta’lim

  4. Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari

  5. Inklyuziv ta’lim muammolari

Tayanch so’zlar: Inklyuziv ta’lim, diskriminatsiyani, VICH OITS, Segregatsiya, inklyuziv ta’lim.

Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo’lib, inclusive, inclusion— uyg’unlashmoq, uyg’unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog’lom bolalar O’rtasidagi to’siqlarni (diskriminatsiyani) bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko’ra nogiron bo’lgan) o’smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qat’iy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo’naltirilgan umumta’lim jarayoniga qo’shishini ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’limning siyosati turli xil ehtiyojli bolalarni ta’lim olishini qo’llaydi hamda yaxshi hayot ko’rishiga imkon yaratadi.


Inklyuziv ta’lim - davlat siyosati bo’lib, nogironligi yoki boshqa sabablar tufayli maxsus yordamga muhtoj, tarbiyasi og’ir, yetim bolalar, VICH OITS bilan kasallangan bolalar uchun moslashuvchan, individuallashgan yordam tizimi va barcha bolalarni teng ko’rishni ko’zda tutadigan ta’lim turidir. Millati, irqi, tanasining rangi, ijtimoiy kelib chiqishi, oilasining jamiyatda tutgan o’rni, moddiy va ma’naviy ahvoli, jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida kamchiligi bo’lishidan qat’iy nazar barcha bolalarni teng ko’rish, ulardagi har qanday imkoniyatni qadrlash, rivojlantirishni ko’zda tutadigan ta’lim, hisoblanadi.
Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi na barcha bolalarga mos bo’lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim olishiga oid qo’shimcha moslamalarni tashkil qilib, nogiron bolalarning ta’lim olishiga qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli bolalarning ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi. Inklyuziv ta’lim turli ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan ixcham turdagi dars berishga yondashadigan ta’lim turini amalga oshiradi. Agarda inklyuziv ta’limni tatbiq etishda dars berish, o’qitish bir muncha samarali va unumli bo’lsa, unda nafaqat imkoniyati cheklangan bolalar, balki barcha bolalar yutadi.
Inklyuziv ta’lim maktablarn bolalarning bilim olishi uchun shaxsiy huquqlarini ximoyalandi. Bunday yondashuv diskriminatsiyani bartaraf etadi, chunki bolalar bir-birlari bilan muloqot qilish, o’qish jarayonida o’zlarining turli ehtiyojlarga ega individum ekanliklarini anglaydilar.
SHarqning mashhur allomalari Abu Ali ibn Sino, Imom Al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniylarning tarbiyadan ko’zlangan maqsadlari har bir bola shaxsining rivojlanishida ta’limning o’rni to’g’risidagi qarashlari inklyuziv ta’limga ham taalluqli, deb o’ylaymiz.
Har qanday jamiyatda kelajak vorislari bo’lmish farzandlarni mas’ulayatni his etadigan, ularni davlat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga salmoqli ulush qo’shadigan munosib fuqarolar bo’lib etishishlariga katta umid bilan qaraladi. Dunyoga “O’zbek modeli” deb nom olgan rivojlanish yo’li bilan tobora ko’proq tanilayotgan O’zbekistonda ham bolalar huquqlarini himoya qilishga juda katta e’tibor berilmoqda. Mamlakatimizda maktab, litsey, gimnaziya, kollej kabi bilim dargohlari bilan birgalikda turli maxsus maktab internatlar, mehribonlik uylari faoliyat ko’rsatayotganligi ham fikrimizning isbotidir. Ko’plab davlatlarda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus tashkillangan maktablar bor. Ularning vazifasi bolalarni maxsus o’quv yurtlariga tayyorlashdir.
Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiya tizimiga o’zining asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos etib oladi. Bola huquqlari xalqaro Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g’oyasini ilgari surdi. Chunki har bir bolada – u sog’lommi yoki nogironmi – takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va bilimga ehtiyoj bor.
Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’lim tizimi inklyuziv ta’lim deyiladi.
Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan, ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir.
Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi. Bunday ta’lim tizimiga ba’zi bir o’zgartirishlar kiritishni taqazo etadi. Bunda har bir bolaning ehtiyojini hisobga olgan holda o’quv rejalari tayyorlanadi, uslubiyotning psixologik muammolari bilan bog’liq tomonlari to’g’ri yo’lga qo’yiladi. Inklyuziv ta’lim hamma bolalarni, shu jumladan, nogiron bolalarni ham o’zlari xohlagan maktabda o’qishi mumkin, deb xulosa chiqaradi. Bolaning nogiron bo’lib qolishiga jamiyat, undagi muhit, tushunmovchiliklar, yo’l qo’yilgan xatolar sababchi bo’lgan. Demak, uning o’qishi uchun ham shu jamiyatning o’zi jon kuydirishi shart.
Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə