1-mavzu: Pedagogik faoliyatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni Reja


-Mavzu: Pedagogning jamiyatda tutgan o’rni va uning obro’si



Yüklə 302,99 Kb.
səhifə15/22
tarix22.03.2024
ölçüsü302,99 Kb.
#181636
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Pedagogika kasbiga kirish

15-Mavzu: Pedagogning jamiyatda tutgan o’rni va uning obro’si
Reja:

  1. Pedagog va jamiyat

  2. Pedagog vazifalari

  3. Pedagogning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni va obro’si

Jamiyat taraqqiyotining har bir bosqichida ustoz, muallim, o’qituvchi zimmasiga eng muhim vazifa - jamiyat kelajagi bo’lgan yoshlarni tarbiyalash, ilm berish vazifasi yuklatilgan. Hatto ibtidoiy jamoa tuzumidayoq yoshlarni tarbiyalash muassasalari tashkil etilib, ularda tajribali, hayotni ko’rgan oqsoqollar bolalarni tarbiyalaganlar. O’qituvchilik kasbining paydo bo’lishi tarbiyaning kelib chiqishi bilan bog’liqdir.


Ibtidoiy kishilarning mehnat faoliyati va bunda tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tarbiyaning vujudga kelishi uchun asosiy shart bo’ldi. Inson mehnat qurollari tayyorlay boshlagan davrdan boshlab kishilik jamiyati paydo bo’ldi. Eng oddiy mehnat qurollarini qo’llash va ularni ongli ravishda tayyorlashning toboro kengayib va murakkablashib borishi yosh avlodga mehnat bilimlarini, ko’nikma va tajribalarini berish zaruratini tug’dirdi.
Dastlab bu hol mehnat faoliyati jarayonida va butun ijtimoiy hayot quynida ro’y berar edi. Keyinchalik tarbiya inson faoliyati va ongining alohida sohasiga aylandi. O’qituvchi shunday yetakchilik xususiyatiga ega bo’lgan, ma’naviyati yuksak shaxs bo’lishi va shunday shaxsni tarbiyalashi lozim. Shaxsning ma’naviy olami yuqori bo’lsa, tabiiy ravishda bu uning amaliy faoliyatida ham o’z ifodasini topadi, uning g’oyalari jamiyatga singadi.
Shunday qilib, milliy dasturdan ko’zlangan maqsadlar juda ko’p. Avvalo, bu maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamalakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning o’zgarishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs- komil insonlar vujudga keladi.
Boshlang’ich ta’limga ikkinchi darajali ish deb qaramaslik, chunki bolaning dunyoqarashi, didi salohiyati shakllanadigan boshlang’ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo’yilishiga katta e’tibor berish.
Pedagoglik kasbining shakllanishi kishilik taraqqiyoti tarixi bilan uzviy bog’liq. Terib-termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o’zlari bilan ergashtirib yurib, ularga ov qilish, turli daraxt mevalarini terish, o’simliklarning ildizi kovlab olish, suv manbalarini izlab topish kabi harakatlarni amalga oshirishni o’rgatganlar. Bunday harakatlar qabila (urug’)ning tajribali kishilari yoki keksalar tomonidan amalga oshirilgan. Oddiy kundalik ehtiyojlarni qondirish yo’lida olib borilayotgan xatti-harakatlar asosida yoshlarga mavjud tajribalar asosida ma’lumotlarni berib, ularda amaliy ko’nikmalarni shakllantirganlar. Turli tovushlarni chiqarish yordamida atrofdagilarni yaqinlashayotgan xavfdan ogoh qilishni bolalar kattalarning namunalari asosida o’zlashtirganlar. Nutq va yozuv paydo bo’lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. Kishilik tarixida tub inqilobni sodir etgan nutq va yozuvning paydo bo’lishi, shuningdek, urug’ jamoasi tomonidan bajariladigan mehnat faoliyatining turli sohalarga ajralishi yoshlarga nisbatan munosabatning ilg’or (progressiv) xarakter kasb etishiga imkon berdi.



Yüklə 302,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə