1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja


His-tuyg‘ularning nerv-fiziologik asoslari



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə49/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

His-tuyg‘ularning nerv-fiziologik asoslari

Eng oddiy emotsiyalar asosida murakkab shartsiz reflekslar, miya po‘stlog‘i ostida ro‘y beradigan jarayonlar yotadi. Le­kin miya po‘stlog‘i ostining faoliyati, miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining ishi bilan nazorat qilib turiladi. U I.P. Pavlovning so‘zlari bilan aytganda, «...badanda ro‘y beradigan ham- ma hodisalarni o‘z ixtiyorida ushlab turadi». Bunda II signal- lar sistemasi katta o‘rin egallaydi. Aynan so‘z, fikr, noma’qul hislarni vujudga keltiruvchi biror hodis aga ongli munosabatda bo‘lish, kishiga ularni yechgish uchun, umuman his-tuyg‘ularni boshqarish uchun kuch bag‘ishlaydi.

Katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi shartli reflekslarning muvaqqat aloqalari sistemasi murakkab his-tuyg‘ularning fiziologik asosidir.

His-tuyg‘ularning paydo bo‘lishi uchun dinamik stereotiplar katta ahamiyatga ega. «Menimcha, odatdagi yashash sharoiti o‘zgarganga, odat bo‘lib qolgan mashg‘ulotlar to‘xtab qolganda, yaqin kishilardan judo bo‘lganda ko‘pincha kechiriladigan og‘ir his-tuyg‘ular, aynan eski dinamik stereotipning o‘zgarishida, buzilishida va yangi stereotipni vujudga keltirishning qiyinligida ma’lum darajada o‘zining fiziologik asosiga ega bo‘ladi». I.P. Pav­lov: «To‘qnashuvlar, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining «turtkilari» yoqimsiz kechinmalarning sababchisi bo‘ladi. Agar men biror narsa bilan band bo‘lib turganimda, meni muayyan qo‘zg‘atuvchi jarayon yo‘lga solib turadi. Agar mana shu vaqtda menga «falon narsani qil!» desalar men o‘zimni noqulay seza- man. Bu meni band qilib turgan kuchli qo‘zg‘atuvchi jarayon- ni to‘xtatishim, so‘ngra boshqasiga o‘tishim kerak, degan gapdir. Injiq bolalar deb ataluvchi bolalar bu jihatdan klassik misol bo‘la oladi. Siz ularga biron narsa qilishni buyurasiz, ya’ni boladan bir qo‘zg‘atuvchi jarayonni to‘xtatib, boshqasini boshlashni talab qilasiz. Ahvol shu darajaga borib yetadiki bola o‘zini polga otib, oyoqlari bilan uni tepa boshlaydi va h.k.».

Katta yarimsharlar po‘stlog‘i tomonidan nazorat qili­nadigan qo‘zg‘alishlar po‘stloq ostining, xususan ko‘rish bo‘rtmasi deb ataluvchi joyidan boshlanadi. Agar miya po‘stlog‘i tomonidan qilinadigan ana shu nazorat va tormoz­lanish zaiflashib qolsa, (kasallanish yoki boshqa sabablarga ko‘ra) kishi har qanday sabablarga ko‘ra affekt ho- latiga keladi va o‘zini to‘xtatib qololmaydi. Sinpatik nerv sistemasi (ichki sekretsiya ishlarini boshqaradi) ham emot­siyalar uchun muhim ahamiyatga ega.

His-tuyg‘ular ko‘pincha kishining xulq-atvoriga alohida bir hissiy ohang bag‘ishlaydi, ma’lum darajada davom etadigan, ancha mustahkam kechinmalarni vujudga keltiradi. Ba’zan his-tuyg‘ular birdaniga paydo bo‘lib, shiddatli va nisbatan tez o‘tadi. Ana shu uzoq davom etadigan yoki qizqa muddatli kechinmalar hissiy ho­latlar deb ataladi. Ular jumlasiga hissiy ton, (stenik va astenik ho­latlar), kayfiyatlar, affektlar, ehtiroslar, stressli holatlar kiradi.

Hissiy ton (yunon. tonus — zo‘riqish, urg‘u berish) psixik jarayonning o‘ziga xos sifat jihati tarzida vujudga keladi. Hissiyot bu o‘rinda bilishga intilayotgan, o‘zgartirayotgan, egallayotgan shaxsda ma’lum munosabatni namoyon qiluvchi narsalar, ho- disa va harakatlarning alohida xossasi, xislati hamda xususiya- ti ma’nosida gavdalanadi. Masalan, yoqimli muloqotdosh, kul- gili hangoma, badbo‘y hid, behayo kino va h.k..

Emotsiyalar hissiy kechinmalarning o‘ziga xos shakllaridan biridir. Emotsiya u yoki bu hissiyotning insonda bevosita kechishi jarayonidan iborat. Masalan, shaxs tomonidan musiqani sevish emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tahsin aytish, undan huzurlanish kabilar salbiy va ijobiy emotsiyalar deyiladi. Qo‘rqish, dahshat hissiy kechinma sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib turlicha shaklda namoyon bo‘lishi mum­kin; odam dahshatdan qochadi, qo‘rquvdan serrayib qoladi, o‘zini idora qilolmay har tomonga uradi, hatto o‘zini xavf-xatarga tashlashi ham mumkin. Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan farq qilishiga qaramay, bunday hissiy holatlar stenik (yunon. sthenos — kuch xususiyati) deyila­di. Bunday emotsiyalar dadil harakatlarga, ijobiy izlanishlarga kuch bag‘ishlaydi. Xursandchilikdan parvoz qilish, kimlargadir yordamga shoshilish, faollik uning asosiy sifati bo‘lib qoladi.

Ba’zi hollarda esa emotsiyalar o‘zining sustligi, zaifligi bi­lan ajralib turadi, bu astenik (yunon. acteniya — kuchsizlik, zaiflik) holat deb ataladi. Bunday holat kishini bo‘shashtiradi, xayolparast qilib qo‘yadi, shaxsda paydo bo‘lgan rahmdil- lik befoyda kechinmaga, uyalish vijdon azobiga, andisha esa

qo‘rqoqlikka aylanib qolish xavfi tug‘iladi. Kayfiyatlar deb nis­batan zaif, lekin ancha davom etadigan, kishining psixik jara-yonlarida va uning butun xulq-atvorida aks etadigan umumiy hissiy holatlariga aytiladi. Kayfiyati yomon odam o‘zini g‘amgin his qiladi yoki har qanday asossiz sabablar bilan jahli chiqadi. Ba’zan esa hech bir sababsiz quvnoq ko‘rinadi, boshqacha kayfiyat paytida e’tibor bermagan narsalardan quvonadi, hamma narsa unga chiroyli bo‘lib ko‘rinadi. Bir qarashda bunday holatlarning sababini aniqlash mumkin emasdek tuyiladi. Kishining psixikasidagi hamma narsaning sababi bor. Bunday kayfiyatga ko‘ngilsiz voqea uchrashuv yoki organizmning fiziologik holati sabab bo‘lishi mumkin. Yaxshi o‘qish va sevimli mashg‘ulot sog‘lom hordiq chiqarish bilan almashtirib turilsa, odatda kishi- da tetik va quvnoq kayfiyat hosil qiladi.

Kayfiyat shod-xurram yoki qayg‘uli, tetiklik yoki lanjlik, ha- yajonlilik yoki ma’yuslik, jiddiylik yoki yengiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik va hokazo tarzda bo‘ladi. Jizzakilik va ma’yuslik biror xastalik boshlanganining ilk alomati bo‘lishi mumkin. Kayfiyatning turli xil buzilishlaridan bo‘lmish eyfori- ya va disforiya ham keng tarqalgandir. Eyforiya bu ko‘tarinki, quvonchli kayfiyat bo‘lib, patologik belgi hisoblanadi. Ularga atrofdagi barcha narsalar quvonchli, jozibali bo‘lib ko‘rinadi. Ular bunga hech qanday asos bo‘lmasada o‘zlarini dunyoda eng baxtiyor kishidek his qilishadi. Disforiya esa ortiqcha jizzakilik, o‘z-o‘zidan va atrofdagilardan xafa bo‘lish, kerak bo‘lmagan narsaga asabiylashaverish bilan ifodalanadi. Bunga badqovoq- lik, yoqtirmaslik va badjahllik ham qo‘shilishi mumkin.

Bolalar o‘zlarining kayfiyatlarini katta odamlarga nisbatan mutlaqo idora qila olmaydilar. Yig‘lab turgan bolaning kayfiyatini arzimagan narsa bilan o‘zgartirib yuborish hech gap emas. Buni hamma o‘z shaxsiy hayotidan biladi. Bolalarda kayfiyatning ana shunday nihoyatda beqaror bo‘lishiga sabab ularda hali tormoz- lanish jarayonining yaxshi rivojlanmaganligidir. Bog‘cha yoshidagi bolalarda, xususan kichik guruh bolalarida hali qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlik qiladi.

Ba’zan kishilarda psixik holatlarning shunday bir turi paydo bo‘ladiki u tez o‘tib ketadi, lekin kuchli va juda shiddatli namoyon bo‘ladi. Bular affektlar deb ataluvchi holatlardir. Affektlar (lot. af- fektus — ichki hayajonlanish) odatda birdan avj olish yoki portlash xarakteriga ega bo‘ladi, bu vaqtda ko‘pincha kishi o‘zining qamr- ab olgan tuyg‘usiga berilib, o‘zini boshqara olmay qoladi. Affektiv holatning paydo bo‘lishi miya po‘stlog‘ida kuchli qo‘zg‘alish man- baining vujudga kelishi bilan bog‘liqdir. Buning natijasida tor- mozlanish jarayonlari susayadi va katta yarimsharlar po‘stlog‘i, po‘stloq osti markazlaridan kelayotgan shiddatli impulslar oqimi-ni nazorat qilish, bostirish imkoniga ega bo‘lmay qoladi. Shunday qilib miya po‘stlog‘i bilan po‘stloq osti faoliyati o‘rtasidagi zarur muvozanat buziladi. Lekin har bir kishi bu ta’sirlanishga qarshi tura olishi mumkin. Affekt holatining boshlanish vaqtidayoq bar­ham berish, kuchli tuyg‘uga aylanishining oldini olishga yordam beradi. Affektlar tashqi alomatlari keskin ifodalangan zo‘r berib kechadigan hissiyotlardir. Masalan, chinqirib yig‘lagan, sochini yulgan, farzandidan mahrum bo‘lgan onaizorda qayg‘u affekti bor, deb fikr yuritamiz. Ba’zi bir hollarda affektlar shunchalik kuchli bo‘ladiki odam es-hushini yo‘qotadi, shunday vaziyatlarda odamlar nimalar qilganlarini bilmay ham qoladilar. Es-hush buzil ishlari rosmana ifodalangan affektlar patologik affektlar deb ataladi va ular asosan psixozlarda kuzatiladi. Affektning fiziologik va patologik turlari farqlanadi. Birinchisi sog‘lom odamlarda kuzatilsa, ikkinchisi ruhiy kasallikda uchraydi.

Asosiy hissiy holatlar quyidagilar (K. Izard klassifikatsiya- si bo‘yicha):


Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə