1-mavzu: Psixologiya haqida tushuncha. Reja



Yüklə 450,02 Kb.
səhifə47/70
tarix31.12.2021
ölçüsü450,02 Kb.
#81795
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
Psixologiya fani MTT ma`ruza

31-mavzu: Xayol. Bolalar xayolining rivojlanishida ertak va tasviriy faoliyatning o’rni

Reja:

1.Xayol haqida umumiy tushuncha.

2. Xayolning inson hayoti va faoliyatida tutgan o`rni.

3.Xayolning fiziologik asoslari. Xayol xususiyatlarining maktabgacha yoshda ko’rinishi.



Tayanch tushunchalar:Xayol turlari: ixtiyoriy, ixtiyorsiz, tiklovchi, ijodiy. Xayol jarayonlari: agglyutinatsiya, giperbolizatsiya, tipizatsiya, sxematizatsiya. Xayol shakllari: fantaziya, orzu. “Mavjud bo’lmagan hayvon” metodikasi.

Bolalar xayolining rivojlanishida ertak va tasviriy faoliyatning o’rni

Maktabgacha yoshdagi bolada xayolning rivojlanishi. Xayolning bola tajribasiga bog’liqligi. Bolalarda xayol turlarining ko’rinishi. Bolaning xayolida ijod elementlari. Xayolning taraqqiyotida o’yin va tasviriy faoliyatning ahamiyati. Hikoya va ertaklarning xayol taraqqiyotiga ta’siri.



Xayol tavsifi, fiziologik asoslari

Bog‘cha yoshidagi bolalarda xayol bir xilda rivojlanmaydi. Agar kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida asosan tiklovchi xayol o‘sgan bo‘lsa, o‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida xayol­ning ijodiy turi ham o‘sa boshlagan bo‘ladi.

Bolaning bog‘cha yoshida harakat doirasining kengayishi, bilimlarining ortishi, turli xil yangi ehtiyoj va qiziqishlarning paydo bo‘lishi unda xayol jarayoni birmuncha tez sur’at bi­lan rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bog‘cha yoshi- dagi bolalarning xayol qilish qobiliyatlari bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalar xayolidan har tomonlama ustun turadi.

Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan ixtiyorsiz va tik- lovchi xayol bo‘lib, ularning turli-tuman faoliyatlarida o‘sib boradi.

Biroq shu narsa diqqatga sazovorki, agar bog‘cha yoshidagi bolalar- da xayol qilish qobiliyati bo‘lmaganda edi, ularning o‘yinlari ham xilma-xil bo‘lmas edi. Demak, bolalarning xayol qilish qobiliyatlari ularni turli xil o‘yinlar o‘ynashga undasa, o‘z navbatida o‘yin ularning xayolini o‘stiradi. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayoli mashg‘ulotlarda ham o‘sib boradi. Masalan, bolalar loy o‘ynashni, ya’ni loydan turli narsalar yasashni (shu jumladan, plastilindan ham), qumdan turli narsalar qurishni, rasm chizishni yaxshi ko‘radilar. Bu mashg‘ulotlar, ayniqsa, rasm chizish mashg‘uloti bolalar xayolini o‘stirishga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Kichik yosh­dagi bog‘cha bolalarida hali ijodiy xayolning yo‘qligi ularning rasm chizishlarida yaqqol ko‘rinadi. Masalan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarining chizgan rasmlari hamma vaqt ro‘zg‘or mavzularidan nariga o‘tmaydi. Chunki, bu yoshdagi bolalar har kuni ko‘rib turadigan narsalari haqidagina xayol qila oladilar.

O‘rta va, xususan, katta guruh bolalarining rasm chizishlarida ijodiy xayolning yuzaga kela boshlagani aniq ko‘rinadi. Ular rasm chizishda faqatgina uy-ro‘zg‘or mavzulari bilan cheklanib qolmay, uzoq o‘tmish va kelajakdagi narsalarga oid rasmlar ham chizadilar. Bu yoshdagi bolalar o‘z o‘yinlarida va chizgan chizmalarida katta odamlarning turli-tuman faoliyatlarini mustaqil tasvirlash- ga intiladilar. Bunday paytda ular faqat xayoliy tasavvur etish yoki taqlid qilish bilan cheklanib qolmay, balki o‘zlari ijodiy ravishda yangiliklar ham qo‘shib boradilar. Masalan, ular mazmunli o‘yin o‘ynaganlarida yangi-yangi rollarni o‘ylab chiqaradilar «poyezd» yoki «vokzal» o‘yinida poyezdda yoki vokzalda xizmat qiluvchi kishilardan tashqari yo‘lovchilarni vokzalga olib keluvchi trans­port, ya’ni taksi haydovchi rollarini qo‘shadilar.

Katta yoshdagi bog‘cha bolalari o‘zlarining rasmlarida xayo- liy obrazlarni (hatto orzularini) aks ettiradilar. Shuning uchun ular ko‘pincha erkin temada; o‘zlarini qiziqtirgan va ayni chog‘dagi ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lgan narsalar haqida rasm chizadilar. Ana shunday erkin temada rasm chizish jarayonida bolalarning ijodiy xayol qilish qobiliyatlari o‘sib boradi. Bog‘cha yoshidagi bolalar xayolining rivojlanishiga turli xil hikoya va ertaklar ham ta’sir ko‘rsatadi. Xalq turli qiziqarli, ibratli va ta’limiy ertaklar ijod etishda bog‘cha yoshidagi bolalarni ham unutmagan.

O‘zbek xalqining og‘zaki adabiyotida yosh bolalarga tushunarli, sodda til bilan yaratilgan ertaklar mavjud. Bulardan tashqari, rus va boshqa xalqlarning tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan ertaklar ham ko‘pdir. Bog‘cha yoshidagi bolalar uchun yaratilgan ertaklarning ko‘pi antropomorfizm xarakteriga egadir. Buning ma’nosi shuki, ertaklarning qahramonlari odamlarga o‘xshab «gapiradigan» hayvonlardan iboratdir. Bolalar bunday ertaklarni juda yoqtiradilar va har doim maroq bilan tinglaydilar.

Bog‘cha yoshidagi bolalar hayvonlar haqidagi turli ertaklarni eshitganlarida ularda shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma’lum munosabat yuzaga keladi. Masalan, doim yovuzlik qiladigan bo‘ri obrazini, haddan tashqari ayyor tulki obrazlarini bolalar sevmaydilar. Ularga qo‘rqoq quyon, xo‘roz, g‘oz, echki, beozor hayvonlarning obrazlari yoqadi. Turli ertaklar bolalarning xayollariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadi. Ular o‘z xayol kuchlarini ishga solib, eshitayotgan yoki eshitgan ertaklaridagi turli obrazlarning qiyofasiga kiradilar. Boshqacha qilib aytganda, eshitgan ertaklari ular o‘yinining mazmuniga ham ta’sir etadi.

Bolalar uchun chiqarilgan turli ertaklarning tarbiyaviy ahami- yatini nazarda tutib, pedagog-tarbiyachilar bolalarga ertak aytib berish va o‘qib berishga alohida e’tibor bilan qarashlari lozim.

Shunday qilib, xayol bog‘cha yoshdagi bolalarning taraqqiy etishlarida katta o‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham bog‘cha yoshi davrida bolaning xayoli yetarli o‘sgan bo‘lishi kerak. Chunki maktabdagi o‘qish jarayonining birinchi ku- nidan boshlab bolalarda xayol qilish qobiliyati, xususan tinglash qobiliyati yaxshi o‘sgan bo‘lishi talab qilinadi.

Nazorat savollari:



  1. Bolalar xayolining rivojlanishi xususiyatlari.

  2. Ilk yoshdagi bolalarda xayolning rivojlanish xususiyatlari nimada ifodalanadi?

  3. Aktiv xayolning bolalarda rivojlanishi xususiyatlari.

  4. Bog‘cha yoshidagi bolalarning xayol jarayoni kattalar- ga nisbatan yaxshi rivojlangan degan fikr mavjud. Bu fikr to‘g‘rimi, tahlil qilib bering.

  5. Xayolning rivojida turli tadbirlarning o‘rni nimada?



Yüklə 450,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə