1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə100/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

6.Harakat motivlaridagi tafovutlar o’quvchining biror xatti-harakati munosabati bilan amalga oshirilishi lozim bo’lgan tarbiyaviy tadbirlardagi tafovutlarni ham belgilab beradi. O’quvchi o’z o’rtog’iga tarsaki tushirdi deylik. Bu xatti-harakatning motivini aniqlamasdan turib uni baholash mumkinmi? Bu xatti-harakat har qanday sharoitda ham qoralanishi lozim, albatta. Ammo bu xatti-harakatni, masalan, o’quvchi o’ziga berilgan tanbeh uchun sinf navbatchisini urgan urmaganligiga, o’ziga nisbatan qilingan haqoratni qabul qilgan qilmaganligiga YOki, nihoyat, o’ziga sinfdosh bo’lgan qizning sha`nini himoya qilgan qilmaganligiga qarab turlicha baholash mumkin.
7.Individual YOndoshishda xatti-harakatlarning affektiv formalari deb atalmish formalariga ega bo’lgan o’quvchilarga alohida e`tibor berish nazarda tutiladi. Xatti-harakatlarning bunday formalari har xil sabablar ta`sirida, ammo asosan — o’qishdagi muvaffaqiyatsizlik, o’qituvchi YOki jamoa bilan to’qnashish, YOxud o’quvchining da`volari darajasi va jamoada uning aslida tutgan o’rni o’rtasidagi o’ziga xos to’qnashuv ta`sirida yuzaga keladi (M. S. Neymark tadqiqotlari).
Bunga o’xshagan hollarda o’quvchilarda ko’pincha affektiv holatlar va og’ir kechinmalar yuzaga keladi. Hamda shu asosda xatti xarakatlarining salbiy formalari tarkib topa boshlaydi. O’quvchi arazchang,o’jar, qo’pol, serjahl bo’lib qoladi,o’qituvchilarning talablariga bo’ysunishdan bo’yin tovlaydi, o’zini jamoaga qarama-qarshi qilib qo’yadi. M. S. Neymarkning keltirgan ma`lumotlariga ko’ra, odatda har bir sinfda xatti-harakatlarning ko’proq YOki kamroq keskinlik bilan ifodalangan affektiv formalari tarkib topgan bir qancha bolalar mavjuddir.
8. Nerv sistemasining tiplari. Ma`lumki, shaxs xatti-harakatlari odatdagi formalarining xislatlarining tarkib topishi jaraYOni o’quvchi nerv sistemasining tipiga qarab bir qancha o’ziga xos jihatlar bilan farq qiladi. Tarbiyachi o’zining hayajonlangan, (o’zini ushlay olmaydigan, I. P. Pavlov iborasi bilan aytganda) nerv sistemasining tipi osoyishta YOki zaif bulgan o’quvchilar bilan ish olib boraYOtganligiga befarq qaray olmaydi. Garchi psixologiya sohasida hali nerv sistemasining tipologik xususiyatlarini va nerv sistemasining tiplarini (bu xususiyatlarni o’ziga xos tarzda birga qo’shgan holda) ta`riflashning oddiy hamda aniq metodikasi bo’lmasada, amaliy maqsadlar uchun o’quvchi nerv sistemasining xarakteristikasi juda umumiy belgilarda berilishi kifoya qiladi. SHartli ravishda olganda, har bir o’quvchi nerv sistemasining to’rtta tipidan biriga — kuchli muvozanatsiz epchil tipga (unga xolerik temperament to’g’ri keladi) kuchli muvozanatli epchil (sangvinik temperament), tipga kuchli muvozanatli sust tipga (flegmatik) va kuchsiz tipga (unga melanxolik temperament to’g’ri keladi) moyil bo’ladi deyish mumkin. O’quvchining bu to’rttala tipdan qaysi biriga mansubligini tarbiyaviy ta`sirlarning o’ziga xos xususiyatlari belgilab beradi.
IxtiYOrsiz, jizzaki, beqaror o’quvchi (nerv sistemasi tez ta`sirlanadigan tipning vakili) uchun vazmin, osoyishta, ammo qat`iy talabchanlik zarur. Nerv sistemasi kuchsiz tipining vakili — qo’rqoq, tortinchoq, o’ziga ishonmaydigan va ruhan osongina jarohatlanadigan o’quvchi qo’llab-quvvatlashni, dalda berib turishni talab etadi. Bunday o’quvchilarga nisbatan kuchli ta`sir ko’rsatish choralari, qattiq jazolar, qat`iy baholarni qo’llanish yaramaydi. Ular bilan muomala ohangi ham turlicha bo’lishi kerak. Tez ta`sirlanishga moyil bo’lgan YOki shoshmaydigan o’quvchilar bilan, odatda, qattiq ta`sirli va keskin gaplashmaslik lozim, bunday qilish tez ta`sirlanishga moyil o’quvchilarni haddan tashqari hayajonlantirib, jahlini chiqarib yuboradi. SHoshmaydigan o’quvchilarni esa, aksincha, mutlaqo shoshmaydigan qilib qo’yadi, hamda ruhini juda tushirib yuboradi. Bunday o’quvchilar bilan vazmin, do’stona ohangda gaplashish kerak.
Nihoyat, individual YOndoshish ishida I. P. Pavlovning katta miya yarim sharlari po’stlarining fazali holatlari to’g’risidagi ta`limoti muhim ahamiyatga egadir. Agar o’quvchi taassurotlar bilan nihoyatda hayajonlangan, miyasi juda charchagan bo’lsa, so’z bolaga odatdagidek ta`sir ko’rsatmaydigan, balki aksincha, o’qituvchi mo’ljallagan narsaga qarama-qarshi reaktsiya beradigan vaqtda (masalan, dag’dag’a YOki kuchli qattiq baqiriq nerv sistemasini yanada kuchliroq qo’zg’alishga olib borsa, ayni paytda bosiq, ohista so’z ijobiy natija beradi) paradoksal YOki o’ta paradoksal faza boshlanishi mumkin.
9.Rag’batlantirish. Individual YOndoshishda rag’batlantirishning o’quvchilarga turlicha ta`sir ko’rsatishini unutmaslik lozim. Bir o’quvchini maqtash kerak, chunki maqtov unda o’z kuchiga ishonchni mustahkamlaydi, boshqa o’quvchini o’z-o’ziga tasalli beradigan, o’ziga ishonadigan qilib qo’ymaslik unga nisbatan maqtash usulini qo’llanish yaramaydi. SHuningdek, o’quvchilarning kamchiliklarini ta`kidlab o’tish ham salbiy rol (o’ziga ishonmaydigan bolada) ham ijobiy rol (agar o’quvchi o’ziga haddan tashqari ishonsa va o’z-o’ziga tanqidiy munosabatda bo’lmasa) o’ynashi mumkin.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə