1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə103/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

Pedagogik qobiliyatlar.

Pedagogik qobiliyatlar deb atalmish qobiliyatlar shaxsning aqliy tomonini ham, emotsional irodaviy tomonini ham xarakterlab beradi. Bu sifatlarning hammasi bir-biri bilan o’zaro bog’langan bo’lib, bir-biriga ta`sir etadi va bir butunlikni hosil qiladi.


F. N. Gonobolin, N. V. Kuzmina, N. D. Levitov, I. V. Straxovning, shuningdek boshqa psixologlarning tadqiqotlari bu murakkab va ko’p tomonli psixologik bilim tizimini tasavvur etish imkonini berdi. Ana shu tadqiqotlarning ma`lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlarni quyidagi tarkibiy qismlarga alohida ajratish mumkin.
1.Didaktik qobiliyatlar — o’qituvchining o’quv materialini o’quvchilarga tushunarli qilib baYOn etish, material YOki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o’quvchilarda mustaqil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uyg’otish qobiliyati. O’qituvchi zarurat tug’ilgan hollarda o’zining didaktik qobiliyatlari bilan tegishli tarzda o’quv materialini o’zgartira, soddalashtira oladi, qiyin narsani oson, murakkab narsani oddiy, tushunarsiz, noaniq narsani tushunarli qila biladi.
O’quvchilarning psixologiyasini hamisha hisobga olib borish bu qobiliyatlarga asos qilib olinadi. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning tayYOrgarlik darajasini, kamolot darajasini hisobga oladi, ularning nimani bilishlari va hali nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo’yganliklarini tasavvur etadi. Ko’pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa tajribasi kam o’qituvchilarga material oddiy, tushunarli va qandaydir alohida izohni talab etmaydigan materialga o’xshab tuyuladi. Bunday o’qituvchilar o’quvchilarni emas, balki o’zlarini nazarda tutadilar, materialga o’zlariga tadbiqan qaraydilar. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi o’zini o’quvchining o’rniga qo’ya oladi, u kattalargas aniq va tushunarli bo’lgan narsaning o’quvchilarga tushunarsiz va mavhum bir narsa bo’lishi mumkin ekanligiga asoslanib ish tutadi. SHuning uchun u baYOn etishning xarakter va formasini alohida o’ylab chiqadi hamda rejalashtiradi.
Qobiliyatli o’qituvchi materialni baYOn etish jaraYOnida turli o’quvchilarning tushuntirilaYOtgan materialni qanday o’zlashtiraYOtganlarini qator belgilar asosida to’g’ri aniqlab oladi va zarurat tug’ilgan hollarda baYOn qilish usulini o’zgartiradi.
SHuningdek, qobiliyatli o’qituvchi o’quvchilarning materialni o’zlashtirib olishlari uchun zamin tayYOrlab, ularning dam olishdan ishga o’tishlari, ish holatini bo’shashtirishlari, ularning e`tiborlarini ishga qaratish, ba`zilarda qo’zg’olishni «o’chirish», boshqalarni jonlashtirish, ularning bo’shashishlariga, lanjliklariga, loqaydliklariga barham berish uchun minimal darajada vaqt berish zarurligini hisobga oladi. U tegishli vaziyat yuzaga kelmaguniga qadar darsni boshlamaydi. Masalan, darsning haddan tashqari zo’riqish bilan va kuchli boshlanishi o’quvchilarda muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atalmish tormozlanishga sabab bo’ladi, miya faoliyati tormozlanadi va o’qituvchining so’zlari etarli darajada idrok qilinmaydi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə