1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə105/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

5. Tashkilotchilik qobiliyatlari — birinchidan, o’quvchilar jamoasini uyushtirish, jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishga ruhlantirish qobiliyatlari, ikkinchidan, o’z shaxsiy ishini to’g’ri uyushtirish qobiliyatlaridir.
O’z ishini tashkil etish deganda ishni to’g’ri rejalashtira olish va uni o’zi kontrol qila bilish nazarda tutiladi. Tajribali o’qituvchilarda vaqtni o’ziga xos his etish — ishni vaqtga qarab to’g’ri taqsimlay olish, belgilangan muddatda ulgurish xususiyatlari hosil bo’ladi.Dars davomida kutilmaganda ortiqcha vaqt sarflash hollari ko’pincha uchrab turadi, albatta. Ammo tajribali o’qituvchilar zarurat tug’ilgan hollarda darslarning rejalarini o’zgartira oladilar. Tajribali o’qituvchilar «vaqtni his etish» xususiyatini hosil qilish uchun dars planlari YOki konspektlarida vaqtni kontrol tarzda belgilashni: darsda 10, 20, 30 va hokazo minutlar o’tishi bilan nima qilish kerakligini belgilab qo’yishni, foydalanilishi mumkin bo’lgan qo’shimcha material tayYOrlashni agar kutilmaganda vaqt sarflash kerak bo’lib qolsa, bu darsdan olib tashlash YOki navbatdagi darsga o’tkazish mumkin bo’lgan materialni belgilab qo’yishni tavsiya qiladilar.
6. Avtoritar qobiliyatlar — o’quvchilarga bevosita emotsional irodali ta`sir ko’rsatish va shu asosda obro’ qozona olish qobiliyati (garchi obro’ faqat shu asosdagina emas, balki masalan, o’qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va hokazolar asosida qozonilsa ham). Avtoritor qobiliyatlar o’qituvchi shaxsiy sifatlarini butun bir kompleksiga, chunonchi uning irodaviy sifatlariga (dalilligi, chidamliligi, qat`iyligi, talabchanligi va hokazolariga), shuningdek o’quvchilarga ta`lim hamda tarbiya berish mas`uliyatini his etishga, o’zining hak ekanligiga ishonishiga, bu ishonchni o’quvchilarga ham etkaza olishiga bog’liq bo’ladi.
O’quvchilar (ayniqsa o’g’il bolalar, o’spirinlar — buni alohida ta`kidlab o’tamiz) qo’pollik bilan majbur qilmasdan, qo’rqmasdan, shuningdek keraksiz rasmiyatchiliksiz talab qila oladigan, o’z maqsadiga erisha oladigan o’qituvchilarni juda hurmat qiladilar. («Uning zo’rlamasdan va baqirmasdan talab qila olishdek ajoyib xislati bor». «Biz uni qattiq qo’l va talabchan bo’lganligi uchun juda yaxshi ko’ramiz, u hamisha osoyishtalik va muloyimlik bilan talab qiladi, biroq u shunday ta`sir etadiki, unga quloq solmay ilojing YO’q». «Fizika o’qituvchimiz hamisha xotirjam o’zini tutgan odam va shu xislati bilan butun sinfga qattiq ta`sir ko’rsatadi». «Ximiya o’qituvchisining obro’yini saqlamay ko’rchi. Har qanday sharoitda ham u o’z obro’sining saqlanishiga erishadi». «N. S. bizga juda ustalik bilan ta`sir ko’rsatadi. U ha deb talab qilavermaydi, agar talab qilib qoladigan bo’lsa, undan qutila olmaysan». «Biz P. I. ning ketganidan juda xursand bo’ldik. U bizni baqirib-chaqirib, buyruq berishlar bilan qo’lga olmoqchi edi, ammo unga majburan chidaYOtganligimizni bilmasdi».)
SHu bilan birga o’quvchilar o’qituvchining bo’shanganligini, nihoyatda laqmaligini, printsipsizligi va irodasizligini bir ovozdan qoralaydilar. («O’zi yaxshi odamu, lekin juda yumshoqda, uni aldash hech gap emas». «Uning qanaqa odam ekanligini tushunib bo’lmaydi: bir qarasang qattiq qo’l, bir qarasang hech narsa talab qilmaydi». «Juda bo’shang: uni ko’rganingda uyqing keladi».)

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə