1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə106/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

7. Kommunikativ qobiliyatlar — bolalarga aralashish qobiliyati, o’quvchilarga to’g’ri YOndoshish YO’lini topa olish, ular bilan pedagogik nuqtai nazardan juda samarali o’zaro munosabatlar o’rnata bilish, tarbiyaviy ta`sir usullarini topa olish, tarbiyaviy ta`sir usullarini qo’llanishda pedagogik nuqtai nazardan eng yaxshi choraga rioya qila bilish, konkret pedagogik vazifani, o’quvchi shaxsining xususiyat va imkoniyatlarini hamda muayyan pedagogik vaziyatni hisobga ola bilishdir.Xar bir o’quvchi shaxsining qadr-qimmatini hurmatlash, irodaviy vazminlik, muomaladagi soddalik, oddiylik, tabiiylik, samimiylik va xayrixohlik xislatlarini bila olishi.
Istalgan pedagogik ta`sirni qo’llashda (rag’batlantirish, jazolash, pandnasihat qilishda) me`YOrni sezish pedagoglik nazokati ko’rinishlaridan biridir. Nazokatli o’qituvchi bolalarga iltifotli va g’amxo’r bo’ladi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi.
Pedagoglik nazokatining YO’qligi ko’pincha og’ir oqibatlarga olib keladi.
8. Pedagogik xaYOl — o’z harakatlarining oqibatlarini oldindan ko’rishda, o’quvchining kelgusida qanday odam bo’lishi haqidagi tasavvur bilan bog’liq bo’lgan shaxsni tarbiyalab etishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlari taraqqiy etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat. Bu qobiliyat pedagogik optimizmga, tarbiyaning qudratiga, odamga ishonish bilan bog’liq bo’ladi.
9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati. O’qituvchi uchun diqqatni barcha xususiyatlari — hajmi,uning kuchi,ko’chuvchanligi, ham idora qilina olishi va ishga solinishining taraqqiy etgan bo’lishi muhimdir. Rus psixologi I. V. Straxov o’qituvchida aktiv, to’plangan barqaror diqqatni sinfda yuz beraYOtgan hamma narsaga tez va amaliy tarzda tushunishda ifodalanuvchi diqqatning taraqqiy etgan taqsimlanishi bilan uyg’un ravishda birga qo’shish zarurligini ta`kidlab o’tadi.
Diqqatni ayni bir vaqtda faoliyatning bir qancha turlari o’rtasida taqsimlash qobiliyati o’qituvchining ishi uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchi materialni baYOn qilish mazmunini va formasini, o’z fikrini (YOki o’quvchining fikrini) diqqat bilan kuzatadi, ayni vaqtda barcha o’quvchilarni o’z diqqat e`tiborida tutadi, toliqish, e`tiborsizlik, tushunmaslik alomatlarini hushYOrlik bilan kuzatib boradi, barcha intizom buzilish hollarini e`tibordan qochirmaydi, nihoyat o’z shaxsiy xatti-harakatlarini (turqi, mimikasi, pantomimikasi, yurishturishini) kuzatib boradi. Tajribasiz o’qituvchi ko’pincha materialni baYOn qilishga berilib ketib, shu vaqt ichida o’quvchilarni e`tibordan chetda qoldiradi, kontrol qilmay qo’yadi, bordiyu, o’quvchilarni diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, baYOn qilish kalavasini YO’qotib qo’yadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə