1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


O’qituvchi tafakkurining xususiyatlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə109/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

O’qituvchi tafakkurining xususiyatlari. O’qituvchining tafakkuri asosan o’quv materiallarini mustaqil planlashtirish va sistemali baYOn etishda namoYOn bo’ladi. O’quv materialini sistemali ravishda baYOn qilish uni aniqroq, onglirok idrok qilishni va yaxshiroq esda qoldirishni ta`minlaydi.
O’qituvchi o’quv materialini kitob tilida, darslikda bor bo’lganlargagina asoslanib baYOn etmay, har doim ijodiy ish ko’rishi lozim. Uning fikri qat`iy, izchil, aniq dalillarga asoslangan bo’lishi shart.
O’qituvchi o’quv materiallarini induktiv va deduktiv me-todlardan foydalanib tushuntirishi kerak. SHu bilan birga, o’qituvchi o’quvchilarni faktlardan mustaqil ravishda xulosalar chiqarishga va umumiy berilgan qonun-qoida va tushunchalarga asoslanib, ayrim fakt, xulosalarni tushuna olishga o’rgatishi zarur.
O’qituvchi keltirgan gapdagi fikrlarni isbotlay olishi, asoslanmagan fikrlarni rad etish YO’llarini egallashi lozim.
O’qituvchi abstrakt tushunchalarni konkret tushunchalar bilan bog’lay olishi kerak, ya`ni o’qituvchi bolalarga biror qoidani aytgach, unga darrov konkret misollar ham keltirishi lozim. Dars vaqtida o’quvchilar tomonidan kutilmagan savollar berilib qolgan holda, o’qituvchi ustalik bilan o’ylab javob berishi YOki bu savolga keyinroq ishonarli dalillar bilan javob berajagini aytishi va albatta bu va`dasining ustidan chiqishi zarur.O’qituvchi tafakkurining mazmunliligi, tezligi, kengligi kabi sifatlari bolalarga o’z bilimlarini aniq, mazmunli, tushunarli qilib so’zlab berishda ham namoYOn bo’ladi.


O’qituvchining irodaviy sifatlari. Pedagogik faoliyati ta`lim-tarbiya maqsadlariga muvofiq YO’naltirilgan hamda ko’pgina qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan bog’liq bo’lgan faoliyatdir. SHuning uchun xam bu faoliyat kishidan katta irodaviy kuch talab qiladi. Bu qiyinchiliklar darsga tayYOrlanish, ko’rgazma qurollari tayYOrlash, bolalarga bilim berish va ularni ishontirish, sinfda intizom uchun kurashish va hokazolardir. Bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun g’ayrat, chidam, sabr-toqat, umuman kuchli iroda kerakdir.
O’qituvchidagi e`tiqod, dunYOqarash, burch hissi pedagoglik ishidagi muvaffaqiyatlar garovidir. Agar o’qituvchida ehtiros va qiziqish zo’r bo’lsa, u o’zini kuchli his qiladi, qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etadi.
O’qituvchi faoliyatida eng muhim xususiyat maqsadga intilish YO’lida tinmay harakat qilishdir. Bizning ajoyib Yosh avlodlarimizni bunYOdga keltirgan ijtimoiy-tarbiyaviy ishimizning chinakam olamshumul muvaffaqiyatining siri ana shunda.
O’qituvchining asosiy maqsadi hamma o’quvchilarning muvaf-faqiyatli o’qishiga erishishdir. Mana shu asosiy vazifani bajarish YO’lida o’qituvchi qator qiyinliliklarni engadi. Bunday qiyinchiliklardan biri, masalan, darsda intizom masalasidir. Ba`zi sinflarda intizomning YOmonligi o’qituvchilarning bu masalaga zarur darajada e`tibor bermasligi, bu borada tegishli tadbirlarni ko’rmasligidir.Dars vaqtida yaxshi intizom bo’lishining asosiy shartlaridan biri o’qituvchining talabchanligidir. Sinfda intizomni saqlash vazifalarini bajarish maqsadida o’qituvchining o’quvchilarga ta`sir ko’rsatishi juda muhimdir.
O’qituvchi o’z oldiga qo’ygan maqsadiga qanchalik intilsa, bolalarga shunchalik ko’p ta`sir ko’rsatadi. Darsda intizom YOmonlashsa, uning sabablaridan biri o’qituvchining dangasaligi, sinfdagi tartibga beparvo qarashidir.
O’qituvchilarga ta`sir etishda ishontirish alohida o’rinni egallaydi.Rus pedagogi A. S. Makarenko o’z tarbiyachilariga zo’r ishonch hissi bilan qarar edi. «Sen xuddi menga o’xshagan halol kishisan» deb ishontirardi u o’z tarbiyalanuvchisini, unga bankaga topshirib kelish uchun katta miqdorda pul berib. Afsuski, ba`zi o’qituvchilar o’z o’quvchisiga ishonmaydi, unga sen «qobiliyatsizsan», «qaysarsan», «tuzalmaysan» deb tanbeh beraveradi.
O’qituvchining irodasi o’z psixik jaraYOnlarini sharoit talabi bilan ongli ravishda tormozlantirishida, ayniqsa keraksiz his-tuyg’ularni bosib turishda ko’rinadi. Ba`zan bolaning xulqi o’qituvchida qonuniy ravishda g’azab tug’diradi. Lekin bunday vaziyatda o’qituvchi o’zini tutishi, vazmin bo’lishi kerak.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə