1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə111/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

5. O’QITUVCHINING OBRO’YI.
Bolalar bilan yaxshi aloqa o’rnatishda o’qituvchiga imkoniyat beruvchi barcha ma`naviy xislatlarning yig’indisi, nihoyat, shunga olib keladiki, o’quvchilar oldida o’qituvchi obro’ qozonadi,bu esa ta`lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyatli bo’lishi uchun nihoyatda muhim hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilar ko’z oldida izzat-hurmatga sazovor bo’lgan o’qituvchi obro’li pedagog hisoblanadi. Pedagog o’z obro’yi tufayli bolalarga kuchli va tez ta`sir ko’rsatadi. O’qituvchi bolalar oldida o’zining mehnatsevarligi, bilimi, xulqi bilan obro’ qozonadi. Orden va medallarga ega bo’lgan o’qituvchilar o’quvchilar orasida hamisha chuqur hurmatga sazovordirlar. Masalan, Mehnat Qahramonlari O. SHarafiddinov, O. Sultonova, respublikada xizmat ko’rsatgan o’qituvchi unvonini olgan ordenli Habiba YUsupova, X. Norova, K. Rasulev, M. Ahmedova, T. SHermuhamedov va boshqa juda ko’p o’qituvchilar o’quvchilar orasida zo’r obro’ga egalar.
O’qituvchi obro’li bo’lish uchun o’quvchilarga har tomonlama namuna ko’rsatishi kerak. Uqituvchining bilimi va axloqida o’quvchilar biror kamchilikni, nuqsonni sezib qolsalar, ularda shu o’qituvchiga nisbatan hurmat YO’qoladi. Bunday o’qituvchi keyin o’zida obro’ qozonish uchun o’quvchini qo’rqitish, unga adolatsiz talablar qo’yish, uni kamsitish va boshqa sun`iy pedagogiga YOt usullarni qo’llay boshlaydi. K. D. Ushinskiy bunday qo’rqitish va asossiz buyruqlarga tayangan obro’yga qarshi edi. U «insonni tarbiyalashdagi eng asosiy YO’l — e`tiqoddir, e`tiqodga esa ishontirish YO’li bilangina ta`sir etish mumkin» deydi.
CHin obro’ tarbiyachining mahoratiga va uning ijobiy ma`naviy sifatlariga asoslanadi.CHin obro’ga ega bo’lgan pedagogning kuchi avvalo uning bolalar jamoasini uyushtirishida va shu jamoa orqali bolalarga ta`sir etishida namoYOn bo’ladi. Obro’ qandaydir sun`iy usullar bilan emas, balki uning tarbiyachilikdagi butun haYOti, kundalik ibratli xulqi,axloqi, intizomliligi bilangina qo’lga kiritiladi.
A.S.Makarenko tarbiyachilarning ba`zan erishadigan soxta obro’larini qattiq tanqid qilib, ularning bir necha turini ko’rsatadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə