1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari


O’qituvchi nutqining xususiyatlari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə108/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

O’qituvchi nutqining xususiyatlari. O’quvchilar bilimlarni eng birinchi navbatda o’qituvchining jonli nutqi orqali oladi. SHuning uchun o’quvchilarning fanlarni puxta o’zlashtirish darajasi o’qituvchi nutqining sifatiga ham bog’liqdir. O’qituvchining nutqi leksika, fonetika, talaffuz, gaplarni to’g’ri tuzish, so’zlarda urg’ularni o’z joyiga qo’yib gapirish va hokazolar jihatidan to’g’ri bo’lishi kerak. Nutqda fikrlar izchil, mantiqli, asosli va ishonchli bo’lishi lozim. O’qituvchi o’z nutqida shevachilik, arxaizmlarga YO’l qo’ymasligi kerak.Ta`lim-tarbiya ishida nutqning ta`sir kuchi nihoyatda kat-tadir. O’qituvchining nutqi o’quvchilarning o’zlarini tuta bi-lishlariga, xulq-atvori va fikr yuritishlariga ham ta`sir etuvchi kuchli vositadir. O’qituvchining nutqida uning hissi, intilishlari, iroda va e`tiqodi aks etadi. U nutq YOrdami bilan o’quvchilarda xursandlik, ruhlanish, muhabbat, sadoqat, g’azablanish, nafratlanish hislarini tug’diradi.
Nutqning ta`sir ko’rsatuvchi funktsiyasida intonatsiya katta rol o’ynaydi. Intonatsiyada nozik va murakkab hislar va xarakter xususiyatlari, norozilik, istak, talab hislari va shu kabilar namoYOn bo’ladi. SHuning uchun ham o’qituvchi o’quvchilarni dars materiallarini puxtaroq o’zlashtirib olishga da`vat etmoqchi, ma`lum bir harakatga YO’llamoqchi bo’lganda, o’z nutqida talaffuzga, intonatsiyaga alohida e`tibor beradi.
O’qituvchining o’z fikrini ma`lum sistemaga solib baYOn qilishi ham katta ahamiyatga egadir. Bunday nutqda navbatdagi fikr o’zidan oldingi fikrdan kelib chiqishi, ya`ni yangi fikr o’quvchilarga ma`lum bo’lgan fikrlarga asoslanib baYOn qilinishi, notanish so’zlar darhol tushuntirilib berilishi kerak. Mohir o’qituvchining nutqi o’zining engil uslubi, YOrqinligi, shiraliligi bilan farq qiladi. Bunday nutqda qiziqarli faktlar, yangiliklar, o’rnida keltirilgan misollar ko’p bo’ladi.
O’qituvchi o’zining talablarini, shuningdek, o’zining tanqidiy fikrlarini o’quvchilarning joniga tegadigan, qaysarligini qo’zg’atadigan uzun, zeriktirarli pand-nasihatga aylantirmay, qisqa ifodalab berishi kerak.
YAngi bilimlarni o’zlashtirishda o’qituvchi nutqining sur`ati ham ma`lum darajada ahamiyatlidir. Agar nutq sur`ati tez bo’lsa, o’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv materiallarini bir-biriga bog’lab, ongli ravishda idrok qilishga tushunib olishga ulgura olmaydi. Aksincha, nutq sur`ati juda sekinlashib, pauzalar cho’zilib ketsa, fikrlar o’rtada uzilib, bir-biriga bog’lanmay qoladi. Bunday nutq o’quvchilarni zeriktirib, diqqatlarini susaytiradi. O’qituvchi nutqining bir xil ovozda, monotonli bo’lishi o’quvchilarni tez zeriktirib qo’yadi. Haddan tashqari baland ovozda gapirish o’quvchilarni asabiylashtiradi, idrok sifatini pasaytiradi.
O’qituvchining o’z nutqida grammatika talab qilmagan so’zlarni ishlatishi (jumladan, «shunday qilib», «demak», «ya`ni», «masalan», «aytaylik», «xo’sh» kabi «parazit» deb ataluvchi so’zlar), hatto ularni har gapda takrorlayverishi o’quvchilarga ayniqsa YOmon ta`sir qiladi. SHuningdek, o’qituvchining nutqi juda ham uzun, juda ham qisqa bo’lmasligi lozim. Uzundan? uzun nutq o’kuvchilarni toliqtiradi, o’quvchi bunday nutqdan asosiy fikrlarni ajratib ololmaydi. Juda qisqa, zarur bo’lgan to’ldiruvchi, aniqlovchi so’z va gaplari bo’lmagan nutqda fikr etarli to’liq bo’lmaydi. Bunday qisqa nutqni o’quvchilar yaxshi tushuna olmaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə