1-Mavzu: yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə98/122
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#162167
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122
1-Mavzu yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot sohasi va-fayllar.org

1.O’jarlik. Maktab Yoshida eng ko’p tarqalgan xatti-harakat kamchiliklaridan biri barcha oqilona dalillar va fikrlarga qarshilik ko’rsatishda, boshqa kishilarning iltimoslari, maslahatlari, talablari, ko’rsatmalariga asossiz tarzda qarshilik ko’rsatishda namoYOn bo’ladigan o’jarlikdir. Ko’pincha bunga o’quvchi nerv sistemasining kuchli taassurotlar, toliqish, og’ir kechinmalar bilan qayta qo’zg’alishi sabab bo’ladi. O’jarlikka moyillik ba`zan mustaqillik va tashabbuskorlikka intilish, o’z xohishini so’zsiz bajarishga harakat qilish bilan izohlanadi. O’jarlik, maqtash, kattalar tomonidan hech narsaning talab qilinmasligi, o’zining barcha istaklari va xohishlarining so’zsiz bajarilishiga odatlanib qolgan, erkatoy qilib yuborilgan bola xulq-atvorining odatdagi formasi bo’lishi mumkin. Nihoyat, o’jarlik ba`zan bolaning norozilik bildirish, o’zidagi rivojlanaYOtgan mustaqillik hamda tashabbuskorlikning kattalar tomonidan hukmronlik bilan, qo’pollik bilan va asossiz ravishda bo’g’ilishidan norozi bo’lish ifodasining o’ziga xos formasi tariqasida yuzaga keladi.
2.Qo’pollik, qo’rslik, surbetlik, kattalarni hurmat qilmaslikdir. O’quvchilarning (ayniqsa o’smirlarning) xatti-harakatlarida tarqalgan boshqa kamchilik qo’pollik, qo’rslik, surbetlik, kattalarni hurmat qilmaslik kattalarning o’smirni mensimasligi, uning mustaqillikka bo’lgan tabiiy intilishini bosib turishi, bu Yoshda tarkib topgan o’z qadrini bilish fazilatini kamsitishi sabab bo’ladi. Bu mensimaslikning bevosita formasi — kattalarning hukmronlik qilishi, bavosita formasi — tinchlik bermaydigan kontrol va arzimagan vasiylik, yashirin formasi esa o’rinsiz hamda haddan tashqari mehribonlik, o’smirning o’z tengdoshlari ko’z o’ngida obro’sini to’kadigan mehribonlik ko’rsatishdir. O’quvchilarda qo’pollik va surbetlik ko’pincha o’zlariga nisbatan kattalarning adolatsiz munosabatiga — YOlg’onchilik, nojo’ya xatti-harakat, yalqovlik, qo’pollik bilan asossiz ayblashga javoban yuzaga keladi. O’quvchilarning qo’polligiga ko’pincha yana shu narsa ham sabab bo’ladi, ko’pgina o’quvchilar qo’pollikni kattalikning, jasurlikning belgisi deb biladilar, yumshoqlik, mehribonlik, samimiylik qilishdan uyaladilar, chunki bunday qilishga shalvirash, landavurlik deb qaraydilar. O’quvchilardagi qo’pollik, jizzakilik, serjahllik ularda irodaning hali etarli darajada taraqqiy etmaganligi, o’zini qo’lga ola olmasligi, o’zini tuta bilmasligi, keskinliligi oqibati bo’lishi mumkin. Nihoyat, qo’pollik va jizzakilik, jumladan uzoq vaqt ko’p kuch-g’ayrat sarflashni talab etadigan aqliy ish bilan shug’ullanish natijasida haddan tashqari toliqishdan kelib chiqishi mumkin.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə