15- mavzu. Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi sifatida. Reja


Muloqotning shakllari va bosqichlari



Yüklə 32,51 Kb.
səhifə3/10
tarix28.06.2022
ölçüsü32,51 Kb.
#90176
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15 (1)

Muloqotning shakllari va bosqichlari
Muloqot jarayoni o‘ziga xos ravishda murakkab bo‘lib, bunda uch xil bosqich mavjud.
Dastlabki bosqichodamning o‘z-o‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani “Ijtimoiy psixologiya" darsligida: «Agar odam ozgina bo‘lsa ham o‘zini anglasa, demak, u o‘z-o‘ziga ko‘rsatmalar bera oladi»— deb to‘g‘ri yozgan edi. Odamning o‘z-o‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining harakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o‘z-o‘zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demak u boshqalar bilan suhbatlashishda, til topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak boshqalar bilan muloqot— muloqotning ikkinchi bosqichidir.
A. N. Leontev o‘zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar" kitobida muloqotning uchinchi shakli—avlodlar o‘rtasidagi muloqotning ahamiyati to‘g‘risida shunday deb yozadi: «Agar barcha katta avlod o‘lib ketganida, insoniyat turi yo‘q bo‘lib ketmasdi, lekin jamiyatning taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yo‘qolib ham ketishi mumkin edi». Haqiqatan ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning o‘z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg‘or vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim, tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar.
Muloqotning hayotimizdagi shakl va ko‘rinishlariga kelsak uning har bir shaxsning hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, o‘sha vaziyatlardan kelib chiqadigan ko‘rinishlari va turlari haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy tusda bo‘ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning o‘z qo‘l ostida ishlayotgan xodimlar bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti va hokazo, norasmiy muloqot — bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o‘sha suhbatdoshlarnnng fikr-o‘ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. Masalan, do‘stlar suhbatdoshi, poezdda uzoq safarga chiqqan yo‘lovchilar suhbati, tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari. Odamlarning asl tabiatlariga mos bo‘lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko‘ngilligi, suhbatlashish yo‘llarini bilish, til topishish qobiliyati, o‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bo‘lolmaydi, ayniqsa, pedagogik ishga hamma ham qo‘l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.

Yüklə 32,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə