4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI


Qazish qiyinligi bo‘yicha gruntlarni tasniflash



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə5/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

Qazish qiyinligi bo‘yicha gruntlarni tasniflash. Tasniflash YaMvaN 2-1-1 “Yer ishlari”da keltirilgan.U turli gruntlarni xususiyatini, gruntlarni ishlash uchun qo‘llaniladigan yer qaziydigan va qazib tashiydigan mashinalarni konstruktiv o‘ziga xosligini hisobga olgan. Bir cho‘michli ekskavatorlar uchun gruntlar 6 guruhga, ko‘p cho‘michli ekskavatorlar va skreperlar uchun 2- guruhga, buldozerlar hamda greyderlar uchun -3 guruhga ajratiladi.
Gruntni qo‘lda qazish uchun 7 guruhga, aynan: qum, loyli qum, qumli loy, loy sog‘ tuproqlar uchun 1...4 – guruhlar; yirik bo‘lakli gruntlar – 5;toshqoyali gruntlar – 6va 7 guruhga bo‘linadi.
1...4 guruhdagi gruntlar qo‘lda va mexanizmlarda oson ishlanadi, keyingi guruh gruntlari oldindan yumshatilishni talab qiladi, jumladan portlatish usuli bilan.
Qiyaliklar tikligi. Texnika xavfsizligi sharti bo‘yicha kotlovan va transheyalarning tik devorlarini mahkamlamay qazish faqat gruntni tabiiy xoldagi namligi va quyidagi chuqurlik ko‘rsatgichlardan yuqori bo‘lmaganda ruxsat etiladi: tukiladigan, qumli, va shag‘alli gruntlarda – 1m; loyli qumlarda – 1,25m; qumli loylarda va loylarda – 1,5 m; juda zich qoyamas gruntlarda – 2.0m.
Juda zich qoyamas gruntlarda, chuqurligi 3m gacha bo‘lgan transheyalarni mahkamlamasdan qazishga ruxsat etiladi, shu shart bilankim, grunt mexanizmlar yordamida qaziladi va bu transheyaga ishchilar tushmaydi.
Kotlovan va transheyalarning chuqurligi ko‘rsatilgan qiymatdan katta bo‘lganda, devorlar mahkamlanib yoki qiyalik (nishab) bilan qaziladi.
Gruntlarning tabiiy namlikdagi ruxsat etilgan qiyalik tikligi ishlarni bajarishdagi xavfsizlik sharoitiga, qazilayotgan qazilma chuqurligi va ko‘tarma balandligiga bog‘liq holda 3.2 –jadval bo‘yicha qabul qilinadi.
3.2-jadval
Ruxsat etilgan qiyalik tikligi.

Gruntlar

Qiyaliklar tikligi qazilma chuqurligida, m

1,5 gacha

1,5dan 3 m gacha

3 dan 5 m gacha

To‘kma, tabiiy namlikdagi

1:0,25

1:1

1:1,25

Qumli va shag‘alli namli

1:0, 5

1:1

1:1

Loyli qum

1:0,25

1:0,67

1:0,85

Qumli loy

1:0

1:0,5

1:0,75

Loy

1:0

1:0,25

1:0,5

Sog‘tuproq (lyoss)

1:0

1:0,5

1:0,5




Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə