5-mavzu: Shaxs hissiyoti, irodasi, bilish jarayonlari, motivasiyasi, o‘z-o‘zini anglashi diagnostikasi va psixokorreksiyasi. Reja


Shaxs aksetuasiyasi psixokorreksiyasi



Yüklə 101,45 Kb.
səhifə3/23
tarix05.02.2023
ölçüsü101,45 Kb.
#100203
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
5-мавзу

Shaxs aksetuasiyasi psixokorreksiyasi.
Xarakter aksentuasiyasi – K.Leongard tomonidan kiritilgan tushuncha bo‘lib, xarakter ba’zi sifatlarning yorqin ifodalanganligining namunasidir. Xarakter aksentuasiyasini bilish o‘smirlarga individual yondashish, kasbga yo‘naltirish kabilarda zarurdir. O‘z-o‘zini baholash – shaxsning o‘zini boshqalar bilan taqqoslash va refleksiya natijasida o‘z-o‘zini baholash murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lib, shaxs strukturasida katta o‘rin tutadi.
Karl Leongard «Shaxsiy aksentuasiyalar nazariyasi»ni ilgari surgan. U shaxs psixologiyasida manfaatlar yo‘nalganligi doirasini (egoizm, altruizm manmanlik) va hissiy-irodaviy doirani emosiyalarning kechish jarayoni, ularning paydo bo‘lish tezligi, chuqurligi, irodaning kuchli yoki kuchsizligi, qo‘zg‘aluvchanligi) ajratgan.
Shaxs aksentuasiyasi- bu Karl Leongard tomonidan belgilangan patologiya emas, bu "klinik belgilar chegarasida bo‘lgan xarakterning o‘ziga xos xususiyati, bunda uning individual xususiyatlari ko‘zga tashlanadi. Sizga qiyin odam, ozgina g‘alati yoki sizning fe’l-atvoringiz shunday ekanligi haqida biror marta aytgandirsiz? Sizga psixolog sifatida aytaman: bu sizni xafa qilish yoki xafa qilish uchun sabab emas. Ehtimol siz shunchaki ta’kidlangan odamsiz yoki aksentuatorsiz.
Xarakterning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga etib va normaning eng oxirgi chegarasiga borib qolganda xarakterning aktsentuasiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) deb ataladi. Xarakterga ortiqcha urg‘u berilishi ayrim xarakter xususiyatlarining kuchayishi natijasi sifatida normaning oxirgi variantlaridan biri sanaladi. Bunda individda boshqalariga nisbatan barqarorlik bo‘lgani holda bir xil stlaressogen (qattiq hayajonlanuvchi) omillarga zaiflik ortishi kuzatiladi. Xarakterning aktsentuasiyasi o‘ta noo‘ulay vaziyatlarda patologik buzilishlarga va shaxs hulo‘-atvorining o‘zgarishlariga, psixopatiyaga olib borishi (xarakter shaxsning adekvat ijtimoiy adaptasiyaga to‘sqinlik qiluvchi va amalda taklarorlanmaydigan patologiyasi, garchi to‘g‘ri davolash sharoitlarida ba’zi tuzatishlarga berilsa ham) mumkin, lekin uni patologiyaga oid deb hisoblash noo‘rindir.
Xarakterning aktsentuasiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) turlarini tasniflash ancha murakkablik tug‘diradi va har xil nomenklaturasi bo‘yicha bir – biriga mos kelmaydi. (K.Leongard, A.Lichko). Lekin aktsentuasiyalashgan xususiyatlarning tavsifi ma’lum darajada bir xil bo‘lib qoladi. Bu har ikkala tasnif sxemalaridan muvaffaqiyatli terminlarni olib va bunda psixiatlarik terminologiya («shizofreniya xususiyatlari», «epilepsiya» xususiyatlari va hokazo) bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri o‘xshashlik bo‘lishidan o‘ochgan holda ortiqcha urg‘u beriladigan xususiyatlar ro‘yxatini keltirish imkoniyatini beradi. Xarakterni ortiqcha urg‘u berilgan holda baholash psixiatlarning emas, balki pedagogning diqqatini jalb qilishini taqozo etadi, garchi aktsentuasiya muammosining o‘rtacha qo‘yilishi tarixi psixiatlariya va psixonevlarologiyaga borib tao‘alganda ham shunday hisoblanadi.
Nemis psixiatlari K.Leongard fiklaricha, 20-50% kishilarda ba’zi xarakter xususiyatlari shu darajada kuchliki, ba’zan bir xil tipdagi ziddiyat va hissiy portlashlarga olib kelishi mumkin.
Xarakter aktsentuasiyasi – biror xususiyatning boshqalari zarariga kuchli rivojlanishi va atlarofdagilar bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelishidir. Xarakter aktsentuasiyasi turli darajada engil va hatto psixopatiya darajasigacha bo‘lishi mumkin. O‘smirlar orasida xarakter aktsentuasiyasi ko‘p (50-80%) uchraydi.
K.Leongard tomonidan xarakter aktsentuasiyasi muammosi o‘rganilib uni shaxsda namoyon bo‘lishiga qarab quyidagilar tasniflanadi:
 Gipertim tip - haddan tashkari aloqaga kirishuvchan, ko‘p gapiradi, imo ishora, mimikaga boy, suhbat mavzusini burib yuborishga moyil, ko‘pincha xizmatga doir va ommaviy majburiyatlarni unutib qo‘yganligi sababli ziddiyatlar kelib chiqadi.
 Distim tip - kamgap, muloqotga kirishishga o‘iynaladi, pessimist, ziddiyatlardan o‘zini olib o‘ochadi, uyda yolg‘iz qolishni yoqtiradi.
 Sikloid tip - kayfiyati tez o‘zgarishga moyil, kayfiyati yaxshi paytda – gipertim, yomon paytda distim tipga o‘xshab qoladi.
 Qo‘zg‘aluvchan tip - muloqotda passiv, verbal va noverbal reaksiyalari sust, qaysar, ba’zan urusho‘oo‘, ko‘pincha turli mojalarolarning tashabbuskori.
 Kuchaytiruvchi tip - kamgap, aql o‘rgatishni yoqtiradi, yuqori natijalarga erishishni hohlaydi, tez xafa bo‘ladi, shubhalanuvchan, kasoskor. Kichik-kichik muammolarni kattalashtirishga, bo‘rtirishga moyil.
 Pedant tip - ziddiyatlarga kam qo‘shiladi, ko‘pincha passiv holatda bo‘ladi, atlarofdagilarga ko‘plab rasmiy talablar qo‘yadi, tartibli, jiddiy ishonchli xodim.
 Xavotirli tip - kamgap, odamovi, o‘ziga ishonmaydi, ziddiyatlardan o‘zini olib o‘ochadi, tinchliksevar, o‘z-o‘zini tano‘id qiladi. Topshiriqlarni vaqtida bajalaradi.
 Emotiv tip - tor doiradagi kishilar bilan muloqotga kirishishni yoqtiradilar, xafa bo‘lsa tashqaridan sezdirmaslikka harakat qiladi, mehribon, g‘amxo‘r, ma’suliyatni his qiladi. Boshqalarning yutuo‘laridan o‘uvonadi.
 Namoyishkorona (demonstlarativ) tip - muloqotga tez kirishadi, etakchilikka intiladi, hokimiyat va mao‘tovni yoqtiradi, boshqalarni o‘ziga jalb qila oladi, noyob tafakkurga, xulq- atvorga ega.
 Ekzaltirlashgan tip. O‘ta mulokotga kirishuvchan, ko‘p gapiradi, qiziquvchan, do‘stlari va yaqinlarga e’tiborli, boshqalarga yordam beradi, did-farosatli, samimiy.
 Ekstrovertlashgan tip - muloqotga kirishuvchan, do‘stlari ko‘p, ziddiyatlardan o‘zini olib o‘ochadi, boshqalarni diqqat bilan eshitish mumkin. Topshiriqlarni vaqtida bajalaradi.
 Introvertlashgan tip - muloqotga kirishishga o‘iynaladi, «ichimdagini top», falsafiy fiklar yuritishni yoqtiradi, qat’iyatli, e’tiqodi mustahkam, qaysar, tafakkuri qotib qolgan.
To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya jarayonida xarakter aktsentuasiyasini tarbiyalash va tuzatish mumkin.

Yüklə 101,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə