7-mavzu. Pragmatik va semiotik jarayon Rеja



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə15/20
tarix30.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#165406
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
hamma mavzular

Makon deyksisi. Muloqot jarayonida uning ishtirokchilari egallagan o‘ringa ishora makon deyksisi mazmunini tashkil qiladi. Voqyelikning idrok qilinishi va bu idrokning lisoniy ifoda topishi ikki asosiy lisoniy – tafakkur harakatini talab qiladi: birinchidan, voqyelik parchasini tavsiflash lozim bo‘lsa, ikkinchidan, uni ma'lum makonda joylashtirish talab qilinadi. Ammo makonda joy olishning o‘zi ham ikki ko‘rinishda bo‘ladi. Ob'ektlar bir-biriga nisbatan joylashadilar:
a) Registon Samarqandning markazida joylashgan;
b) Rasadxona janubiy kenglikning 50 - gradusida joylashgan.
Bu misollarda makon deyktik mazmunga ega emasdek tuyuladi, chunki bunday makon tasavvuri va ifodasida muloqot ishtirokchilarining o‘rni yo‘q. Makon muloqot ishtirokchilarining muloqot kechayotgan paytdagi o‘rniga nisbatan belgilanishi deyktik xarakterga ega:
v) Afrosiyob bir chaqirim narida (uzoqda);
g) Rasadxona bu yerdan ikki chaqirim sharqda.
Makon deyksisini nodeyktik mazmundagi makon ifodasidan farqlash ayrim hollarda ancha qiyinchilik tug‘diradi. Har holda, barcha tillarda deyktik iboralar tizimi mavjud bo‘lib, ular ma'no va grammatik xususiyatlari jihatidan turli guruhlarga ajraladilar.
1) o‘rin ravishlari: here, there, over there –ingliz tilida; her, da, doh – nemis tilida; zdes, tut, tam – rus tilida; shu (bu ) yerda, u (o‘sha) yerda – o‘zbek tilida.
2) ko‘rsatish olmoshlari: this (these), that (those) –ingliz tilida; etot (eti), tot (te) – rus tilida; bu (bular, o‘sha (o‘shalar) – o‘zbek tilida.
Ushbu guruhlardagi birliklar shaxs va predmetlarni nutqiy muloqot hududidan «yaqin» yoki «uzoq» joylashishiga nisbatan tavsiflash maqsadida qo‘llanadi. Bunday tavsifda makonning uzoq yoki yaqinligi nafaqat so‘zlovchiga, balki tinglovchiga – adresatga nisbatan ham belgilanishi mumkin. Bundan tashqari, harakatning kim tomonga yo‘nalish olishi ham deyktik ibora qo‘llanishiga ta'sir ko‘rsatadi.
Harakat yo‘nalishining qaysi makonga yo‘l olishi fe'llar semantikasiga ham deyktik mazmunni bag‘ishlaydi. Binobarin, «Xonaga kir», «Uyga kel», «Uyga ket» kabi buyruq shakllarida deyktik ma'no borligi va ushbu ma'no so‘zlovchidan uzoqlashish yoki yaqinlashish harakati bilan bog‘liq ekanligi o‘z isbotini topgan (ayrim fe'llar deyktik mazmunga ega ekanligini ilk bor qayd etganlardan biri Ch.Fillmordir – Fillmore 1983). Deyktik makonning uzoq yoki yaqinligidagi bunday farqi nutq ontogenizida o‘z aksini topar ekan, so‘zlovchi tomon yo‘naltirilgan harakat makoni ko‘zga tez va aniq tashlanadi va shu sababli bo‘lsa kerakki, yosh go‘daklar «bu», «bu yerda» kabilar bilan ifodalanadigan deyktik ma'noni tezroq o‘zlashtiradilar. Boshqalari esa keyinroq o‘zlashtiriladi. Bu deyktik iboralar «u» va «u yerda» birliklaridir, chunki ular mazmunida yosh bolaning bevosita ko‘rish hududidan tashqaridagi ob'ektga ishora anglashiladi.
Eng qizig‘i, ayrim tillarda deyktik makonning uzoq va yaqinligi yoki voqyelik ob'ektining so‘zlovchi ko‘z o‘ngida yoki uning nazdidan tashqarida bo‘lishi o‘z leksik-grammatik ifodasini topadi. Masalan, nemis tilida uzoqroqda joylashgan predmet ko‘rinib yoki sezilib tursa, da «u yerda» ravishi qo‘llansa, bu predmet ko‘rinmay va sezilmay turganda, dort «u yerda» ravishi ma'qul ko‘riladi. Shuningdek, Amerika qit'asining shimoliy-g‘arbidagi hindular tili tlingitda ko‘rsatish olmoshlari «aynan shu (shu yerda)», «yaqindagi shu», «u tomondagi shu» mazmunlarini ifodalashlari bilan o‘zaro farqlanadilar (Levinson 1983:81). Bunday farqni biz o‘zbek va boshqa turkiy tillar ko‘rsatish olmoshlari tizimida ham sezamiz: «bu» («so‘zlovchiga yaqin»), «shu» («adresatga yaqin»), «u» («so‘zlovchi va adresatdan uzoqda»).
Charlz Fillmor Indiana universiteti lingvistik klubida 1971 yilda o‘qigan deyksis haqidagi ma'ruzasida deyktik iboralar nutqda qo‘llanishini uch turga bo‘lishni taklif qilgan:
1) «uzoqdagi» va «yaqindagi» ob'ektni bevosita ko‘rsatish vazifasini bajaruvchi lisoniy belgi –jestlar (gestural use);
2) ma'lum axborot, bilim tashuvchisi (bu bilim ushbu muloqot vaziyatidan yoki mustaqil ravishda egallangan bo‘lishi mumkin) bo‘lgan ramziy belgi (symbolic use);
3) anaforik bog‘lovchi sifatida (Fillmore 1975: 40-42).
Deyktik birlikning birinchi turdagi qo‘llanishini I want you to put it there «Uni o‘sha yerga qo‘yishingni istayman» misolida ko‘ramiz. Bu gap mazmunidan so‘zlovchi bevosita makonga ishora etayotganligi anglashiladi. Telefonda gapirayotgan kishining Is Johnny there? Jonni o‘sha yerdami? deb bergan savolida makonga ishora ramziydir (symbolic) va unda deyktik birlik there «sen (siz) turgan joyda(mi?)» mazmunini oladi. Xuddi shu birlikning anaforik o‘rindosh sifatida qo‘llanishini esa I drove the car to the parking lot and left it there- Mashinani to‘xtash joyiga haydab bordim va uni o‘sha yerda qoldirdim gapi misolida ko‘rish mumkin. Bu holatda makon mazmunini beruvchi ibora (there) matnda oldindan eslatilgan makon, ya'ni «to‘xtash joyi» iborasi bilan hamreferentdir.
Deyktik vositalarning jest-ishoraviy va ramziy (gestural and sumbolic) qo‘llanishidagi farqni ko‘rsatish olmoshlarining turli nutqiy tuzilmalar tarkibida faollashuvi misolida ham sezish mumkin (O‘sha asar, 42-b). Masalan, ma'ruza o‘qiyotgan professor «Bu barmoq – bosh barmoq» desa, talabalar daftardan boshlarini ko‘tarib, qaysi barmoq ekanligini ko‘rmoqchi bo‘lishadi. Lekin domla «bu bino» birikmasini qo‘llaganda, talabalar bosh ko‘tarib qarashlariga uncha ehtiyoj yo‘q, zero, ular domla «hozir men (biz) turgan bino» mazmunini ifodalashga urinayotganligini fahmlab turishibdi. Birinchi holatda deyksis jest xususiyatiga ega, keyingisida esa ramziy.
Deyksis hodisasiga oid masalalar muhokamasi bilan mashg‘ul olimlar makon va zamon deyksislaridan qaysi biri asosiy ekanligini aniqlashga intiladilar. Bunday muammo paydo bo‘lishining sababi bu ikki turdagi deyksisning matn tarkibida o‘zaro munosabatda bo‘lishi, biri ikkinchisini taqozo etishi, lozim bo‘lganda, o‘zaro o‘rin almashtirishi mumkinligidadir. Bundan tashqari, yagona bir ibora vositasida ikkala deyktik mazmunni ifodalash imkoniyatining mavjudligidadir. So‘zsiz, makon deyksisi zamon deyksisiga nisbatan mantiqan va nutqiy faoliyatdagi o‘rni jihatidan muhimroq. Boshqacha aytganda, makon deyksisi doimo yashirin(gan) zamon deyksisi bilan birikib ketadi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə