7-mavzu. Pragmatik va semiotik jarayon Rеja



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə17/20
tarix30.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#165406
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
hamma mavzular

Diskurs deyksisi. Ushbu turdagi deyksisni alohida hodisa sifatida ajratib olib o‘rganish lozimligini targ‘ib etganlardan biri R.Lakoffdir. Olima zamon-makon deyksisi bilan bir qatorda, emotsional va diskurs deyksislarini ham ajratib o‘rganishni taklif qilgan. Diskurs yoki matn deyksisi matnning ma'lum qismiga ishora qiluvchi iboralarning qo‘llanishida namoyon bo‘ladi. Masalan, «har holda», «aksincha» kabi iboralar matnning oldingi yoki keyingi qismlariga ishora vositasidir. Bunday iboralarning deyktiklar qatoriga kiritilishining sababi ular ishtirokida tuzilgan nutqiy strukturalarning referentini matndan izlash imkoni mavjudligidadir (Lyons 1975). Ular «navbatdagi bobda», «oxirgi abzatsda», «kelgusi yakshanba» kabi iboralardek matnda deyktik ma'noni oladilar. Shuningdek, ko‘rsatish olmoshlari «bu», «o‘sha», «(u)» ham matnning oldingi va keyingi qismlariga ishora qiladilar: Bu hikoyani eshitmaganingiz ma'qul; Bu men eshitgan hikoyalar ichida eng ma'quli edi.
Diskurs deyksisining anaforaga juda ham yaqin hodisa ekanligi sezilib turibdi. Anaforaning asosiy belgisi koreferentlik ekanligi haqida yuqorida kelishib olgan edik. Anaforaning birgina gap tarkibida, bir necha gaplar munosabatida, matnda yuzaga kelishi qayd etilgan. Deyksis va anaforaning moslashuvi, o‘zaro munosabatda bo‘lishi ham e'tirof etilgan. Deyktik iboralar referent haqida ma'lumot bersa, anaforik olmoshlar ushbu voqyelik (ob'ektni) qayta takrorlaydilar. Ammo bu ikki hodisa o‘rtasidagi farqni ham topmoq lozim: olmosh yoki boshqa ibora matnning ma'lum qismiga ishora qilganida diskurs deyksisi mavjud, biroq olmosh va matndagi boshqa bir lisoniy belgi bir xil referent bilan bog‘liq bo‘lganida, anafora hodisasi namoyon bo‘ladi.
Anafora va diskurs deyksisini farqlash muammosi pronominalizatsiya, ya'ni otlashish hodisasi talqini bilan ham bog‘liq. Bu borada, dastlab, «yalqovlik olmoshi» (pronoun of laziness) deb nom olgan holatni eslamoq kerak (Lyons 1977: 673):
The man who gave his paycheck to his wife was wiser than the man who gave it to his mistress.
«O‘z bank to‘lovi (cheki) kitobchasini xotiniga bergan odam uni xonimiga (sevgilisiga) bergan kishiga nisbatan aqllidir».
Ushbu gap tarkibidagi it olmoshi paycheek «bank to‘lovi cheki» bo‘lagiga hamreferent bo‘lmasdan, balki to‘liq bir the paycheek of the man whose mistress got it «o‘sha odamning sevigilisiga bergan bank to‘lovi cheki» mazmunidagi ot frazasining o‘rnini oladi deb hisoblanadi.
Xuddi shuningdek, olmoshlarning nutqiy faollashuvida shunday holatlar uchraydiki, bunday faollashuvni anafora hodisasi doirasiga kiritish mushkuldir:
-I`ve never seen him. «Men uni hyech qachon uchratmaganman».
-That`s a lie «Bu yolg‘on!».
Ushbu dialogda that «bu» olmoshi anaforik bog‘lovchi vazifasini o‘tamaydi, uning referenti birinchi luqma-gapning propozitsiyasidir. Olmoshlarning «muallaq» holatda qo‘llanishiga e'tibor qaratgan J.Layonz bunday qo‘llanishda impure textual deixis «noto‘g‘ri matn deyksisi» yuzaga keladi deb hisoblaydi (Lyons 1977: 670). Ammo that «o‘sha» olmoshining matnda anafora yoki unga yaqin vazifada qo‘llanishi umumiy holat ekanligini ham unutmaslik kerak. Olmoshning bunday vazifasi faollashuvida referent o‘zgarmaydi (Cherchia, Mc Connell –Ginet 1990): Every girl brought her favorite piece of clothing to school and wore that to the party rather than her «Har bir qiz maktabga o‘zi yoqtirgan birorta kiyimini olib kelar edi va uni forma sifatida emas, balki tantana (kecha)dagidek kiyar edi».
Nutq tizimida bunday holatlarning yuzaga kelishi anafora har qanday ko‘rinishda ham deyksis bilan «to‘qnashishi», bu ikki hodisaning uzluksiz o‘zaro munosabatda bo‘lishidan guvohlik beradi.
Barcha tillarda nutqiy harakatni muloqot matnning oldingi qismi bilan bog‘lovchi iboralar, birliklar to‘plami mavjudki, ularning bajaradigan vazifasini diskurs deyksisi sifatida ta'riflasak, xato qilmasak kerak. Bunday iboralar qatoriga ingliz tilidagi but, therefore, anyway, well, besides, all in all, so, after hamda o‘zbek tilidagi ammo, lekin, biroq, aksincha, shunday qilib, shu bois, har holda, aniqrog‘i, bundan tashqari kabi birliklar kiradi. Ularning asosiy vazifasi matnning oldingi qismiga ishora yoki o‘sha qismdagi mulohaza-savolga javobni tayyorlashdir.
Ma'lumki, matnning tarkib topishi, uning mundarijaviy shakllanishi uzatilayotgan axborotning mazmuniga bog‘liqdir. Axborot mazmunini muhim qismlari yoki «asosiy mavzu» nutqiy bayonda alohida ajratilib, bo‘rttirilib ko‘rsatilishi talab qilinadi. Mazmunning asosiy, muhim qismlarining bo‘rttirib ko‘rsatilishi masalasi tilshunoslar e'tiborini ilgaridan jalb qilib kelmoqda. Praga lingvistik to‘garagi vakillari qo‘llagan gap tarkibini tema va rema qismlariga ajratib o‘rganish an'anasi barcha tillar tizimi tahliliga tadbiq etildi. Ammo ushbu tahlil metodi ko‘proq gap sintaksisi doirasida qo‘llanilmoqda. Bu hatto «tema» tushunchasining qomusiy ta'rifida ham o‘z aksini topgan: «tema – ma'lum gapda ta'kidlanayotgan narsadir» (ma'lumotdir? –Sh.S.) (Ling. Ens. Sl. 1990: 507; Hojiev 2002). Amalda, axborot mazmunining eng asosiy qismi nutqiy faoliyatda, matn doirasida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun «topik – izoh» (topic - comment) tushuncha – atamalariga murojaat qilganimiz ma'qulroq.
Har bir muloqot matni o‘z asosiy mavzusiga, topikiga ega va bu asosiy mavzu negizida muloqot birligining makropropozitsiyasi yoki makrostrukturasi yotadi (Brown, Yule 1983: 71; Deyk van, Kinch 1988: 173.). Makropropozitsiyaning lisoniy voqyelanishi topik (asosiy mazmun) ning shakllanishi va uning matndagi ifodasiga sabab bo‘ladi.
Kognitiloglarning kuzatishicha, makropropozitsiyaning hosil bo‘lishi mikropropozitsiyalar to‘planishi va tartiblashuvi jarayonini aks ettiradi. Ma'lum bir qatordan o‘rin olayotgan mikropropozitsiyalardan birortasining faollashuvi, asosiy o‘ringa chiqishi natijasida axborotning fokusi (foci) va topik yuzaga keladi (Huck, Na 1990).
Topikning matnda ifodalanishi turli holatlarda turlicha kechadi. Ayrim tillarda topikni formal-grammatik ifodalash vositalari mavjud. Masalan, yapon tilidagi Ano-hon-wa Koguch-ga kat-ta «Koguchi sotib olgan o‘sha kitobni» gapida ano-hon-wa «o‘sha kitob» bo‘lagi topikdir va ushbu topikni ifodalovchi vosita – wa morfemasidir. Gapning egasini ea – ga morfemasi belgilaydi. Ingliz va o‘zbek tillarida esa axborotning diqqatni jalb qiluvchi qismi ko‘pincha intonatsiya va so‘z tartibini o‘zgartirish yo‘llari bilan ifodalanadi va ushbu qism nutqiy tuzilmalarning old qismlaridan o‘rin oladi.
Topikni belgilovchi va nutqiy ifodalovchi vositalar muloqot matnining oldingi qismida qayd etilgan yoki keyin beriladigan ma'lumotni ko‘rsatish, ushbu ma'lumotning muhimligiga ishora bo‘lganligi uchun ham odatda deyktik vositalar qatoriga kiritiladilar. Diskurs (matn) deyksisi bevosita topik-izoh hodisasi va bu hodisani shakllantiruvchi strukturalar bilan bog‘liq ekanligi hyech qanday gumon tug‘dirmasa ham, ammo ushbu bog‘liqlikning nazariy tahlili va ilmiy asosi hozircha o‘z navbatini kutmoqda.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə