A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni ommalashtirish (mahorat maktablari)



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə71/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

3. Ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish va ularni ommalashtirish (mahorat maktablari)
Pedagogik tajribalarni o‘rganishda nimalarga e’tibor berish lozim?
- O‘rganish uchun, o‘zida ta’limning zamonaviy muammolari yechimini aks ettiruvchi tajribani tanlash. Aniqlangan tajribani uzoq davrga mo‘ljallab, ishlab chiqilgan dastur asosida, o‘quv yurtining butun ko‘lamini qamrab olgan holda o‘rganish.
- Bu boradagi tadbirlarga o‘rganilayotgan tajriba darajasida faoliyat ko‘rsata oluvchi o‘qituvchilarni imkon darajasida ko‘proq jalb qilish.
- O‘rganilayotgan muammoning o‘zaro ta’sir qiluvchi va tuzatuvchi xarakterga ega ekanligini e’tiborga olish.
-Ilg‘or pedagogik tajribani uning rivojlanib borish jarayonini o‘rganish.
- Qo‘llanilayotgan metod va usullarning erishilgan natijalar bilan bevosita uzviy bog‘liqlik omillarini aniqlash.
O‘quv yili ish rejasi:

  • vazifalar:

1.O‘quv seminarlar ,treninglar,davra suhbatlari o‘tkazish orqali metodbirlashma a’zolarining malakasini oshirish.
2. Kompyuter texnologiyasidan foydalanish orqali pedagogik fanlarni o‘qitish sifatini oshirish.
3 O‘quvchilarning pedagogik fanlarga qiziqtirish orqali qobiliyatlarini rivojlantirish.
4 O‘qituvchilar o‘quvchilarga dars jarayonida individual yondashish, to‘garaklar, ilmiy-tadqiqot ishlari orqali belgilangan maqsadni amalga oshirib borishi.
5 O‘quvchilarning loyiha va tadqiqiot ishlari bilan barcha amaliy konferensiyalarda, tanlovlarda va festivallarda qatnashishini ta’minlash.
6. Iqtidorli o‘quvchilar bian ishlashni faollashtirish.

  • Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan yakka tartibda ishlash.

4. O‘qituvchining jamoaviy uslubiy ishlari.
Mavzu: Barkamol avlod tarbiyasi ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili sifatida.
Jamiyat manaviy yuksalish va yangilanish sari yuz tutmoqda. O‘zbekistonda manaviyat bo‘yicha muammolarga e’tibor kun sayin kuchayib bormoqda.
Barkamol inson-yangilanayotgan jamiyatimizni faqat istemolchisigina emas, balki yaratuvchisi va fidoyisi ham bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham mustaqil davlatimizda ta’lim-tarbiyani tubdan o‘zgartirishga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb qaralmoqda.
Har-bir inson bir olam bo‘lgani kabi uning axloq-odobi ham juda murakkab olm desak yanglishmaymiz. Chunki qalb olamini o‘rganish, bilish tahlil qilish g‘oyatda qiyin. Bu ruxiyat bilan bog‘liq holatdir. “oddiy inson ham komillik darajasiga yetishishi mumkun. Uning manbayi ilmdir”, deydi Imom G‘azzoliy.
Shunday ekan, jamiyatni isloh qilishni har bir shaxs o‘zidan boshlashi kerak. Inson o‘zgarsa, jamiyat o‘zgaradi. O‘z-o‘zinni tarbiyalash, inson shaxsi o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatdir. O‘z-o‘zini ongli boshqara olish qalb, vujudning sog‘lom bo‘lishiga yordam beradi.
Yuqoridagi fikrlar asosida har-bir o‘qituvchi shaxsni barkamollashtiruvchi trening mashg‘uloti o‘tkazsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə