A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va kurs ishini texnik rasmiylashtirish



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə77/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

2.Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va kurs ishini texnik rasmiylashtirish.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishi mavzusi tanlanib, talabaga ilmiy rahbar tasdiqlangandan so‘ng, talaba ushbu mavzu bo‘yicha adabiyotlar, ilmiy maqolalar, adabiy manbalari, hujjatlarni o‘rganishga kirishadi.
To‘plagan matyeriallar asosida ishning to‘liq rejasi tuziladi.
Kurs ishi rejasi kirish, asosiy qism (3 tadan 5 tagacha savoldan iborat) xulosa (fikr-mulohaza va takliflardan iborat), foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalarni o‘z ichiga oladi.
Savollarning nomi mavzu nomini takrorlamasligi kyerak.
Kurs ishi titul varag‘i yagona nusxa bo‘yicha rasmiylashtiriladi (1-ilovaga qarang).
Ishning kirish qismida tadqiqotning maqsadi, vazifalari, mavzuning dolzarbligi, ilmiy, amaliy va uslubiy yondashuvi asosi, ishning mazmuni byeriladi.
Asosiy qismda har bir savolning to‘liq mazmunini, statistik ma’lumotlarning iqtisodiy tahlili, qonuniy asoslari, qo‘yilgan muammolar bo‘yicha iqtisodiy hisob-kitoblar, tashkilot va korxonalarning tajribalari, hozirgi vaqtdagi mavjud muammolar tahlili va ularni bartaraf etish yo‘llari yoritiladi.
Bularning barchasi qo‘yilgan talablarga javob byerishi, ish ilmiy, aniq, asoslangan xaraktyerga ega bo‘lishi kyerak. Har bir savollar qisqa xulosalar bilan tugallanishi kyerak.
Kurs ishining asosiy qismi, ish umumiy hajmining 60 % ni tashkil qilishi kyerak. Ishda izlanish ob’ektlarining tashkiliy va iqtisodiy tavsifi, boshqaruv sxemalari va ularning bog‘liqligi ko‘rsatiladi.
Statistik ko‘rsatkichlar, jadvallar, sxemalar, diagrammalr ko‘rinishida byeriladi va ular iqtisodiy tahlil etiladi, hamda izohlanadi.
Ishda iqtisodiy ko‘rsatkichlar bir necha yillar misolida tahlil etilishi, ular o‘zgarishidagi tendensiyalar, qonuniyatlar va sabab oqibat bog‘lanishlari ochib byerilishi kyerak.
Kurs ishining xulosa qismida ish yuzasidan barcha xulosalar umumlashtiriladi, o‘z fikr-mulohazalari bildiriladi, amaliy taklif va tavsiyalar byeriladi. Taklif va mulohazalar talabaning o‘ziniki bo‘lib, u ishda qayd etilgan takliflarni takrorlamasligi kyerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida talaba kurs ishida foydalangan adabiyot va hujjatlarnigina keltirishi lozim.
Adabiyotlar ro‘yxatini byerishda hujjatlarni joylashish ketma-ketligi va bibliografik yozuvlarning to‘g‘ri yozilishiga ahamiyat byerish kyerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzishda ularni bir necha guruhlarga bo‘lish tavsiya etiladi. Hujjatlarni va adabiyotlarni guruhlar bo‘yicha joylashtirish misoli 2-ilovada ko‘rsatilgan.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə