A. I. Avazbayev Nizomiy nomidagi tdpu "Texnologiya ta’limi metodikasi" kafedrasi, dotsenti.,p f. n


Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar



Yüklə 0,95 Mb.
səhifə76/88
tarix27.12.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#163114
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88
ТТМ МАЖМУА 2022

Kurs ishida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar
1.Kafedraning asosiy vazifalari
Kafedra tomonidan kurs ishini yozishda quyidagi ishlar amalga oshirilishi kyerak.
• kurs ishi mavzularini tasdiqlash va qayta ko‘rib chiqish;
• mavzuni tanlashida talabalarga kyerakli ko‘rsatmalar va amaliy yordam byerish;
• talabaga ilmiy rahbarlarni tayinlash va biriktirish;
• talabaning kurs ishi rejasini tasdiklab byerish va uning vazifasini bajarishini nazorat qilish;
• kurs ishini tayyorlashda talabaga uslubiy jihatdan yordam byerish;
• talaba tomonidan bajarilgan ishning sifatiga taqriz byerish hamda kurs ishi himoyasini tashkil qilishdan iborat bo‘ladi.
Ilmiy rahbarning vazifalari
Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbar kurs ishini tayyorlashda talabaga rahbarlik qilishda quyidagi vazifalarni bajarishi kyerak:
• kurs ishi mavzusini tanlashda talabaga yordam byerishi;
• ishning rejasini tuzishda talabaga ilmiy-uslubiy ko‘mak byerishi va mavzuga oid adabiyotlarni tavsiya etishi;
• reja bo‘yicha vazifalarning bajarilishini muntazam ravishda tekshirishi, ilmiy-uslubiy maslahatlar va ko‘rsatmalar byerishi;
• kurs ishiga taqriz byerishi.
Talabaning vazifalari
Talaba kurs ishni bajarish jarayonida quyidagilarni bajarishi lozim:
• ishning mavzusini kafedraning talablaridan kelib chiqqan holda tanlash;
• mavzuga oid o‘quv va ilmiy adabiyotlarni va statistik axborotlarni jamlashi;
• ilmiy rahbari bilan kelishilgan holda tuzilgan kurs ishi rejasi asosida byerilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishi;
• o‘rnatilgan tartib bo‘yicha kurs ishning hisobotini o‘z vaqtida kafedraga taqdim etish.
Ishga tayyorgarlik
Adabiyotlarni tanlash
Fanga ta’luqli bo‘lgan barcha turdagi adabiyotlarni va manbalarni ko‘rib chiqish lozim.
- maxsus:
- ilmiy;
- ilmiy-ommabop;
- ma’lumotnomalar, shu singari statistik;
- umumiy.
Adabiyotlarni o‘rganish va asosiy ma’lumotlarni yig‘ish
Adabiyotlarni o‘rganishdan oldin yana bir bor mavzuni to‘g‘ri tanlanganligiga ishonch hosil qilish lozim. Talaba adabiyotlarni kurs ishi mavzusi bo‘yicha, unga mos tarzda tanlashi kyerak. Ilmiy rahbarning vazifasi talaba tanlagan manbalarni qayta ko‘rib, asosiylarini qoldirishdir.
Manbalarni to‘plashda talaba uning chop etilgan yiliga ham alohida e’tibor byerishi lozim. Eski manbalardan olingan ma’lumotlar bugungi kundagi dolzarb hisoblangan muammolarni echishda unchalik ahamiyatli bo‘lmay qoladi.
Talaba bir nechta manbalarni qiyosiy tahlil qilgan holda o‘ziga eng ma’qul deb topgan ma’lumotlarni olgandagina kurs ishi tadqiqoti samarali bo‘ladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə