|
Academic research in educational sciencesACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES128-132ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-103-108
Academic Research, Uzbekistan 130 www.ares.uz
O‘quvchi eksperimenti o‘quvchilarning mustaqil holda kimyoviy tajribalarni
bajarishi bo‘lib, maktab kimyo dasturida darslik va o‘quv qo‘llanmalarda
keltirilgan bo‘ladi. Kimyoviy eksperiment nafaqat o‘quvchilarda uni o‘tkazishga
oid ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi, balki o‘quvchilar tomonidan egallangan
bilimlarning haqqoniyligini asoslab beradi. Bilimlarning egallanishi o‘quv
materialini chuqur, to‘laqonli o‘zlashtirishga olib keladi. U kimyo yo‘nalishi
asosidagi kasblardan birini tanlashda, fanning turmush bilan bog‘liqligini
anglagan holda o‘ziga xos turtki bo‘lib hisoblanadi.
TAHLIL VA NATIJALAR
Har bir darsda va ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchi
o‘quvchini zamonaviy fan-texnika yangiliklari bilan tanishtirib, imkon qadar ularga
ana shu yangiliklar bilan bog‘liq tajribalarni ko‘rsatib borishi zarur. Yangi axborot
texnologiyalaridan an‘anaviy darslarda, jumladan, kimyo fanidan amaliy
mashg‘ulotlarda, laboratoriya ishlarini, namoyish tajribalarini samarali qo‘llash
mumkin. O‘quv jarayonida eng yangi axborot texnologiyalari vositalaridan
foydalanish samaradorligi ko‘p jihatdan axborot mazmuni bilan bog‘liq uslubiy
vazifalarni muvaffaqiyatli hal etishga bog‘liq.
Har doim ham o‘qituvchi o‘zi xohlagan tajribani bajara olmasligi mumkin,
chunki kabinetning moddiy bazasi har doim ham zamonaviy kimyo kabinetining
talablariga javob bermaydi. Shuning uchun bu yerda kompyuter vositalaridan
foydalanish ushbu muammoni samarali hal qilishga yordam bera oladi.
O‘quvchilarning dasturiy ta‘minot bilan ishlash afzalligi shundaki, bunday faoliyat
tadqiqot va ijodiy faoliyatni rag‘batlantirish uchun xizmat qiladi.
AKT kimyo darslarida va darsdan tashqari ishlarda faol o‘quv jarayonini
qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatilishi mumkin. Shuning uchun, kimyo ta‘limida
virtual tajribalarning quyidagi afzalliklari mavjud, masalan:
- Maktab kimyo laboratoriyasida mavjud bo‘lmagan eksperimentlarni
o‘tkazish;
-masofaviy seminarlar va laboratoriya ishlari, shu jumladan cheklangan
imkoniyatlarga ega bolalar va hududiy masofaviy maktab o‘quvchilari bilan o‘zaro
aloqalar;
-ish tezligi, reagentlarni tejash;
-maktab o‘quvchilarining bilim olishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish.
- har bir darsdan oldin barcha o‘rnatishni qayta to‘plashning hojati yo‘q,
asboblarni tekshirish uchun vaqt sarflash, ularni joyiga qo‘yish;
|
|
|