Alisher navoiy nomidagi


Undov taqlid, modalni o‘qitishning ilmiy-metodik adabiyotlarda



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/32
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#146260
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi (1)

1.2. Undov taqlid, modalni o‘qitishning ilmiy-metodik adabiyotlarda 
yoritilishi 
Har qanday ilmiy tadqiqot muayyan mеtodologiya va mеtodlarga tayanadi. 
Har bir fan tajriba va izlanishlar asosida rivojlanib borgani kabi ona tili o‘qitish 
metodikasi ham ilg‘or tajribalar, turli fikr-mulohazalar asosida taraqqiy etib boradi. 
Maktabda ona tili o‘qitish usullariga doir barcha masalalarni birgina ishda qamrab 
olish qiyin bo‘lgani uchun o‘qituvchilar maktabda ona tilini o‘qitishga ijodiy 
yondashib, sinfdagi mavjud sharoit va holatni hisobga olgan holda, bayon etilgan 
fikrlarni to‘ldirib boradi.
12
Ona tili fanini o‘qitishda o‘quvchilarga ma’lum bir mavzu haqida nazariy 
jihatdan bilim berilgandan so‘ng, albatta, olingan bilimni mustahkamlash uchun 
metodlardan foydalanish zarur. Undov, taqlid, modal so‘zlarini o‘qitishda, 
tеkshirish mеtodidan foydalanish o‘quvchilar bilimini yanada oshiradi. 
Tadqiqotchining o‘rganayotgan ob'еkt mohiyatini haqqoniy yoritishida, qanday 
mеtodologiya va mеtoddan foydalanishi juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun 
ham ilmiy tadqiqot jarayoniga qadam bosayotgan yosh izlanuvchi umumiy fan 
mеtodologiyasi va xususiy ilmiy mеtodlar haqida еtarli ma'lumotlarga ega 
bo‘lishlari zarur.
13
Mustaqillik sharotida kеng rivojlanish imkoniyatiga ega bo‘lgan o‘zbеk tili 
fani ham mеtodologik, ham xususiy ilmiy tadqiqot mеtodlari nuqtai nazardan 
boyidi. 
«Ona tili o‘qitish metodikasi»ning fan sifatida shakllanishi, rivojlanishi va 
hozirgi ahvoli, uzoq tarixga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi ijtimoiy-siyosiy va g‘oyaviy 
to‘siqlarga qaramay, O‘rta Osiyodagi boshqa xalqlar kabi ilg‘or fikr egalarini
dunyoga mashhur buyuk olim, shoir va san’at ahllarini yetkazdi, insoniyatga ilm-
fan, madaniyat va adabiyot sohasida o‘lmas yodgorliklar taqdim etdi. Abu Nasr
12
Husanboyeva Q. Adabiy ta’limda mustaqil fikrlashga o’rgatish asoslari. –Toshkent: O’zimkomtsеntr, 2003.
– B. 40.
13
Abduvalidov E. Yangi pedagogik texnologiya nima? - T, TDPU, 2001. – B. 139. 


23 
Forobiy, Mahmud Koshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Zamaxshariy, Alisher 
Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Munis, Xorazmiy kabi olim va shoirlar o‘z 
asarlarida o‘sha davr maktablaridagi ta’lim - tarbiya,ilmiy va badiiy asarlarni 
o‘qish va o‘rganish haqida fikrlar bildirib, metodik fikrning rivojiga ta’sir 
ko‘rsatdilar.
Bundan yigirma yillar oldin mashhur tilshunos Yu.Stеpanov ham “Hozirgi 
tilshunoslikning g‘oyalari va mеtodlari” asarida yosh tadqiqotchilar asarlarida 
mеtodologiya va muayyan xususiy ilmiy mеtodga tayanish masalasida 
kamchiliklar borligini aytib o‘tadi.
14
Ona tili ta’limining samarali usullarini izlab topish tarixi garchand uzoq 
davrlarga borib taqalsa-da, ammo «Ona tili o‘qitish metodikasi» fan sifatida XX 
asrning 30-yillaridan boshlab pedagogika bilim yurtlari, oliy o‘quv yurtlarining 
filologiya fakultetlarida o‘qitila boshlangandan keyin shakllandi. «Ona tili o‘qitish 
metodikasi» fan sifatida shakllangach, dastur, darslik va shu yo‘nalishda o‘quv - 
metodik qo‘llanmalar yaratishga ehtiyoj ortdi.
Dastlab S.A. Fessaloniskiyning «Ona tili metodikasi» (1940-yil) talabalar 
uchun o‘quv qo‘llanmasi sifatida nashr etilgan. Mazkur qo‘llanmada o‘quvchilar 
nutqini o‘stirish masalalariga katta e’tibor berilgan.
15
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fanining ilmiy tadqiqot metodlari. «Ona tili 
o‘qitish metodikasi» mustaqil fan sifatida o‘zining ilmiy tadqiqot metodlariga ega. 
Ilmiy tadqiqot metodlarini ishga solishdan ko‘zlanadigan asosiy maqsad DTS 
talablariga javob beradigan ta’lim mazmunini belgilash, o‘qitishning eng samarali 
metod, vosita va usullarini aniqlash, ona tili darslarini tashkil etishning qulay 
shakllarini belgilash, o‘quvchilardagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat 
qilish singari muhim muammolarning ilmiy yechimini topishdan iborat.
«Ona tili o‘qitish metodikasi» fani pedagogik eksperiment, diagnostik tahlil, 
suhbat, kuzatish,o‘quvchilarning og‘zaki javoblari va yozma ishlarini tahlil qilish, 
14
Stеpanov Yu. Hozirgi tilshunoslikning g’oyalari va mеtodlari asarida. –Toshkent, 2002. – B. 14.
15
Fessaloniski A. Ona tili metodikasi (1940-yil). – B. 97. 


24 
ilmiy pedagogik adabiyotlar tahlili, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, maktab 
hujjatlarini ko‘zdan kechirish singari ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanadi. 
Morfologiya- so‘z tarkibi, so‘zning asosi, qo‘shimcha, so‘z yasovchi 
qo‘shimcha, shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha, lug‘aviy shakl hosil qiluvchi 
qo‘shimcha, sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha, old qo‘shimcha, so‘z 
turkumlari, mustaqil so‘z turkumlari, to‘plam, tasnif, fe’l,o‘timli va o‘timsiz fe’llar, 
harakat nomi, sifatdosh, ravishdosh, ot so‘z turkumi, atoqli va turdosh otlar, shaxs 
otlari, narsa otlari, o‘rin-joy nomlari, sifat, asliy va nisbiy sifatlar, sifatlarning 
otlashuvi, son, sonning ma’no turlari, ravish so‘zlar, ravishlarning ma’no turlari, 
olmosh, yordamchi so‘z turkumlari, bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklama, alohida so‘z 
turkumlari, undov so‘zlar, modal so‘zlar, taqlid so‘zlar.
16
Taqlidiy so‘zlar va undovlarni o‘rganish. Tilimizda mustaqil so‘z 
turkumlariga ham, yordamchi so‘z turkumlariga ham kirmaydigan talaygina 
taqlidiy so‘zlar va undovlar bo‘lib, o‘quvchilarni bu so‘zlar olamiga olib kirish 
ularning nutqiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. 
17
Ma’lumki, taqlidiy so‘zlar ma’nosiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi: a) tovushga 
taqlid bildiruvchi so‘zlar; b) holatga taqlid bildiruvchi so‘zlar.
O‘quvchilar lug‘atini tovushga taqlidni bildiradigan so‘zlar bilan boyitish 
maqsadida berilgan so‘zlarni (masalan, inga-inga, gumbur-gumbur, pix-pix, viz-
viz, vish-vish,vaq-vaq, miyov-miyov, bildir-bildir, hov-hovva h.k.), inson 
tovushiga taqlid so‘zlar, hayvon, qush, hasharotlar chiqaradigan tovushga taqlid 
so‘zlar, tabiat hodisalari chiqargan tovushlarga taqlid so‘zlarga ajratish va bu 
so‘zlar guruhini mustaqil davom ettirish, tovushga taqlid so‘zlarni to‘liq 
takrorlangan (masalan, gumbur-gumbur, guldur-guldur) va tovushlar takrori 
(masalan, taq-tuq, shaq-shuq) kabi guruhlarga ajratish, ular yordamida gaplar 
qurish, matn yaratish, taqlid so‘zlarda ma’noning torayishi (masalan, shaqshaqa, 
16
Ona tili fanidan umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv dasturi: Uzviylashtitilgan Davlat ta’lim standartlari va 
o‘quv dasturlari. – Toshkent, 2010. – B. 63. 
17
Oxunjonova O. Davlat tili darslarida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Til va adabiyot 
ta’limi, 2002. – B. 162.


25 
tartarak, sharshara), ularning qo‘llanilishi va imlosi ustida ishlashga oid amaliy 
ishlar bajariladi.
Holatga taqlid so‘zlar ustida ishlashda ham xuddi shunga o‘xshash ish 
usullaridan (masalan, holatga taqlid so‘zlar ro‘yxatini tuzish, berilgan so‘zlarning 
uyadoshlarini topish, bu so‘zlar yordamida gaplar tuzish, matn yaratish va h.k.) 
foydalansa bo‘ladi.
Juft va takrorlanib qo‘llangan taqlid so‘zlar orasida chiziqcha qo‘yib yozish 
malakasi yuqorida tilga olingan har bir amaliy ish orqali o‘quvchilarga singdirib 
boriladi.
Mazkur mavzuni o‘rganish taqlidiy so‘zlardan foydalanib, tasviriy insho 
yozish bilan yakunlansa, hosil qilingan bilim, malaka va ko‘nikmalarning amaliy 
qimmati yanada ortadi.
Undovlarni o‘rganishda ham, ularning ma’no guruhlari ustida ishlashda ham 
o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish muhim talab 
sanaladi. Berilgan undovlarni ma’no jihatdan his-hayajon undovlari (masalan, oh, 
eh, uh, o,e, voy, ura, ofarin, rahmat, hormang, balli, hay-hay, bay-bay, xo‘sh) va 
haydash-chaqirish undovlari (masalan, kisht, chuh, beh-beh, po‘sht-po‘sht) ga 
ajratish, bu har ikkala ro‘yxatni mustaqil davom ettirish, ularning yakka holda yoki 
takrorlab qo‘llanilganligini aniqlash va imlosini sharhlash, har bir undov so‘zning 
ma’no nozikligi ustida ishlash, ular yordamida gaplar tuzish yoki matn yaratish, 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə