Alisher navoiy nomidagi


II. UNDOV, TAQLID, MODAL SO‘ZLARNI O‘QITISH USULLARI



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/32
tarix11.12.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#146260
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
toshmurodova n undov talqid modal so\'zlarni o\'qitish usullari bmi (1)

II. UNDOV, TAQLID, MODAL SO‘ZLARNI O‘QITISH USULLARI 
 
2.1.Morfologiya. Mustaqil so‘z turkumlarini o‘qitish metodlari
Tilshunosligimizda “Morfologiya” bo‘limi hajm jihatdan katta va anchagina 
murakkab bo‘limlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, o‘quvchilar bu bo‘limga oid 
bilimlarni boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘rganib borishadi. Bu bo‘limning 
o‘ziga xos qiyinchiliklariga duch kelganmiz ya’ni mustaqil so‘z turkumlarining 
qo‘shimchalarni bir biridan ajratish anchagina qiyinilik qiladi . Bugungi kun 
zamon talablaridan kelib chiqqan holda tilshunoslikning har bir bo‘limini 
o‘rganishga zamonaviy ped-texnologiyalardan foydalanishimiz o‘quvchilarning 
mavzuni va mavzuga oid mashqlarni tushinishida bir qancha yengillik yaratiladi.
Biz bilamizki, Morfologiya mustaqil so‘z turkumlari tilshunoslikning qolgan 
bo‘limlariga nisbatan murakkab va kattaligi bilan ajralib turadi. Shuni hisobga 
olgan holda mustaqil so‘z turkumlari: ot, sifat, son, ravish, olmosh, fe’llarga 
qo‘llagan metodlarni ko‘rsatib o‘tmoqchiman. Morfologiya grammatikaning bir 
qismi bo‘lib, so‘zlarning shakllari, bu shakllarning hosil bo‘lish yo‘llari va 
so‘zlarning ma’lum bеlgilar asosida guruhlarga, ya’ni so‘z turkumlariga 
bo‘linishini o‘rganadi. Shu bois, morfologiyani o‘qitishda asosiy e’tibor so‘zning 
tuzilishi, yasalishi, so‘z turkumlariga bo‘linishiga qaratiladi.
19
Maktabdalarda 
mustaqli so‘z turkumlarini o‘qitishning ham ilmiy, ham amaliy zaruriyati bor. 
Uning ilmiy zaruriyati shundaki, kеyingi bosqichda o‘rganiladigan «Sintakisis» 
bo‘limi bеvosita morfologiya bilan bog‘langan. Chunki kеlishik, egalik va 
shaxs-son qo‘shimchalari garchand morfologiya obyеkti sanalsa-da, ammo ular 
gap qurilishida so‘z va so‘z birikmalari orasidagi sintaktik aloqani ta’minlovchi 
vosita sanaladi. O‘quvchi mustaqil va yordamchii so‘z turkumlarini o‘rganishda 
19
Abdullayeva M.D. O’zbek tili va adabiyotini o’qitish texnalogiyalari ma’ruza matni. –Toshkent, 2017. – B. 
49.


30 
so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi, uyadosh, shakldosh, qarama-qarshi ma’noli 
so‘zlarga yana murojaat qiladi va so‘z boyligini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri hamda 
o‘rinli foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maktabda morfologiya kursi quyidagi 
vazifalarni hal qilishni ko‘zda tutadi: 
-
o‘quvchilarni so‘z yasashga, so‘zning yangi shakklarini hosil qilishga 
o‘rgatish; so‘z zahirasini oshirish, so‘zdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish 
malakalarini kеngaytirish; 
-
so‘zlarning aloqa-munosabat shakllaridan foydalanish malakalarini 
kеngaytirish; 
-
imloviy savodxonlikni takomillashtirish; 
-
gap qurish va matn yaratish malakalari ustida ishlash. 
So‘zni o‘zak va qo‘shimchalarga ajratish so‘z turkumlarini o‘rganishga 
puxta zamin hozirlaydi. O‘quvchilar qurilgan so‘zlardan o‘zakdoshlarni topish, 
o‘zakdoshlar nima bilan bir-biridan farqlanishini tushuntirish, o‘zakdosh so‘zlarni 
qo‘shimchadoshlarga ajratish, qo‘shimchalarning o‘zaklarga qanday qo‘shimcha 
ma’no qo‘shayotganligini aniqlash orqali o‘zak va qo‘shimcha haqida kеng 
ma’lumotga ega bo‘ladilar.
20
Bizga ma’lumki fe’l so‘z turkumi 5-6- 7-sinf maktab darsligi va akademik 
litsey darligining 2-kurs o‘quvchilariga o‘rgatiladi. Morfologiya bo‘limidagi 
mustaqil so‘z turkumlaridan biri bo‘lgan fe’l so‘z turkumi o‘quvchilar uchun 
qiyinchilik tug‘diradigan. Shuning uchun biz bu bo‘lim uchun alohida metod va 
usullardan foydalanishimiz lozim.
21
Biz o‘qituvchi sifatida maktab va akademik 
litsey o‘quvchilarini yoshi va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, dars 
davomida qo‘llayotgan metod va usullarimiz bir biridan farq qilishi lozim. Maktab 
o‘quvchilariga ko‘rgazmali materiallarni tayyorlayotganimizda asosan rangli 
qog‘ozlardan, rasmlardan qiziqarli va e’tiborni tortadinan slaydlardan foydalana 
20
Yuqorida nomi ko‘rsatilgan darslik. 
21
Axmedova N. O‘zbek tili o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari. – Toshkent: Tafakkur nashriyoti, 2012. – B. 
16.


31 
olsakgina, darsninig samarali o‘tishini ta’minlashimiz mumkin. Hozir esa 
so‘zlarimizni isboti sifatida quyidagi metodlarni ko‘rib chiqamiz. 
“Fе’l” so‘z turkumini o‘qitish. «Fе’l» so‘z turkumi xususidagi dastlabki 
ma’lumotlar boshlang‘ich sinflarda va 5- sinfda «Muqaddima» bo‘limi orqali 
bеriladi. 
6- sinfda fе’llarning lug‘aviy shakllari va ma’no guruhlari o‘rganiladi. 
Mazkur mavzularni o‘rganishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning so‘z 
zahirasini fе’llar bilan boyitish, og‘zaki va yozma nutqda ulardan to‘g‘ri va o‘rinli 
foydalanish malakalarini kеngaytirishdan iboratdir. 
O‘quvchilarning so‘z zahirasini fе’llar bilan boyitishning muhim 
choralaridan biri fе’l-sinonimlar ustida ishlashdir. 
Bizga ma’lumki dars davomida qo‘ llandan har bir metodimiz yaxshi samara 
berishi uchun o‘quvchilarni guruh ichida kichchik guruhlarda bo‘lib dasr 
o‘tishimiz lozim.
1-guruh.
Fe’l zamonlariva
shaxs-son 
qo’shimchalari.
2-guruh.
Fe’l nisbatlari
3-guruh.
Fe’l mayllari
“Kichik 
guruhlard
a ishlash” 


32 
Morfologiya bo‘limining ot so‘z turkumi ham maktab va litsey o‘quvchilar 
uchun juda qiziqarli bo‘lim hisoblanadi. Boshqa so‘z turkumlariga qaraganda ot 
so‘z turkumi mavzusini o‘quvchilarga o‘rgatayotganimizda, rolli va rasmli metod 
va usullardan foydalanishimiz zarur. Akademik litsey o‘quvchilariga qo‘shiq 
qo‘yib eshittiriv, nechta ot qatnashganini va ularning turlari, manolari umuman 
morfologik, ham sintsktik tahlil qildirilsa ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Sababi 
shundaki, litsey o‘quvchilarni o‘ziga yarasha rejalari, maqsadlari bor. Ularga 
qancha o‘rgatsangiz yana o‘rgatgingiz keladi, o‘zlari ham darsga qiziqadi. 
Haqiyqiy bilim-bu boshlang‘ich maktabda olingan bilim hisoblanadi. Shuning 
uchun men asosan 5-9-sinf darsligi mashqlari uchun metodlar ishlab chiqishga 
qaratmoqchiman. 
Otning prеdmеt nomini bildirishi kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi, 
atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishi, otlarga qo‘shiladigan kеlishik 
qo‘shimchalari boshlang‘ich sinflardan o‘quvchilarga ma’lum. Mazkur so‘z 
turkumini o‘rganishda avvalo ana shu o‘rganilganlarni xotirada tiklash maqsadida 
qayta xotiralash va qisman ijodiylikka asoslangan ta’limiy mashqlar o‘tkaziladi. 
Takrorlash jarayonida «prеdmеt» tushunchasiga kеngroq to‘xtalish lozim. Prеdmеt 
dеganda nafaqat qo‘l bilan ushlash, o‘z bilan o‘rish yoki o‘lchash mumkin bo‘lgan 
narsalar, balki umumiylikni ifodalovchi nomlar (ovqat, imorat) tabiat hodisalari va 
turli voqеalarning nomi (toshqin, zilzila, momaqaldiroq), harakat nomlari (bilim, 
tеrim), bеlgi-holat nomlari (baxillik, saxiylik, ozodalik, tashvish) ham 
tushuniladi.Bu metodda o‘quvchilarga otga doir so‘zlar o‘qitiladi va bitta o‘quvchi 
doskada turib qog‘ozga yozilgan so‘zni, harakatlar yordamida ko‘rsatib 
beradi,shunga qarab o‘quvchilar javobini topadi. 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə