Alisher navoiy nomidagi



Yüklə 457,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/29
tarix27.12.2023
ölçüsü457,58 Kb.
#163362
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
z.murodova (1)

Yig‘ib manga beringiz abyotlaringiz, 
Kitob aylay solibon otlaringiz.
Unga javoban Tо‘ychi Hofiz: 
Qulog‘img‘a yaxshi kelur bu sо‘zing, 
Asig‘dir sо‘zing о‘ylakim yulduzing. 
“Sen ham jon (bosmaxonada bostirib chiqarish) xususida justijо‘lar 
kо‘rguzasen...va har naqadar oltin zarlarga sarf bо‘lg‘oy, mendin olg‘oysen va 
g‘azalning tо‘pasiga Savtu maqomning nomini yozib tartib rishtasiga 
tergaysen”
11
, – deydi. 
Bayoz bosilib chiqqach katta muvaffaqiyat qozonadi. Tо‘plam Xislat 
bayozlari ichida eng muhimi va ahamiyatlisi bо‘lib, buni shoirning о‘zi ham 
ta’kidlab shunday deydi: “Mening tо‘plamlarim ichida eng ajoyibi Tо‘ychi 
Hofizga bag‘ishlab tо‘plangan “Armug‘oni Xislat” bayozidir. Bu bayozda 63 
11
M. Toshqin “Toshkent shoirlari...” tazkirasi. Alisher Navoiy nomidagi Davlat Adabiyot muzeyi. Qо‘lyozma. 
Inv.№ 271 – B. 74 


21 
shoirning 118 she’ri bor bо‘lib, bularning hammasi Tо‘ychi Hofiz tomonidan 
ashula qilinadi. Bu she’rlarning hammasi ustiga chorgoh kuyidami, ushshoq 
kuyidami – qaysi kuyda ashula qilinishi ham yozib qо‘yilgan. Bu 118 ta 
ashuldan 48 tasi mening о‘z she’rimdir”.
Tarixda juda kо‘p bayozlar tuzilgan va chop ettirilgan. Ammo mumtoz 
shoirlarning she’rlariga hofizlar tomonidan aytiladigan ashulalarni hech kim 
tо‘plab, qaysi usulda aytilishini yozib chop ettirmagan edi. Bu xayrli ishni 
Xislat bajardi. Shoir bu kitobiga kirgan g‘azallarning yangi, original ekanligini 
alohida uqtirib о‘tadi: ...kamina bu javobi mushkini xitobdin xushnud bо‘lib bu 
bayozni tartib va tazyinig‘a kо‘shish qilib “Armug‘oni Xislat” oti birla atab va 
har g‘azalni savtu maqomu ohangining tо‘fasiga yozib, elning kо‘ziga muhallo 
qilib, jilvagar qildim. Yana ma’lum bо‘lg‘ayki, bayoz necha martaba choplar 
bо‘ldi, ammo ushbu “Armug‘oni Xislat”da ul chop bо‘lmish bayozlardagi 
kо‘hna va eski eshitilg‘on g‘azallardin yо‘qdur va muning hamma g‘azallari 
eshitilmag‘on va kо‘rmag‘on g‘azallardir. 
“Armug‘oni Xislat” bayozining Tо‘ychi hofizga bag‘ishlanganligining 
sabablari bor edi: birinchidan, u о‘z davrining mashhur xonanda 
san’atkorlaridan bо‘lsa, ikkinchidan, adabiyot-she’riyatni jon-dildan sevgan, 
hurmat qilgan, uchinchidan, mulla Tо‘ychi Toshmuhammedov “Armug‘oni 
Xislat” bayozining chop etilishi xarajatlarini zimmasiga olgan edi.
Tо‘ychi hofiz bilan shoir Xislat juda yaqin munosabatda bо‘lishgan. Shoir 
bayoz debochasida xalq bulbuli nomini olgan Hofizni ehtirom bilan tilga oladi. 
Uning shirinsuxanligi, xalq hurmatiga sazovor bо‘lganligi, fikrining teranligi
о‘ta kamtarinligi, ovozining yoqimliligi tо‘g‘risida hayajonlanib sо‘zlaydi: 
Bu kun sizlarga arbobi farosat, 
Qilay men Tо‘ychixondin hikoyat. 
Nihoyatda о‘zi dildoru dilkash, 
Muhayyo suhbatida necha mahvash... 
Bu yanglig‘ bо‘lsa, ham yо‘qtur binosi,
Anga birdek jahon shohu gadosi 


22 
 
Aning-chun shuhrati olamni tutgan, 
Demay olam falak toqidin о‘tgan.
Bayozning 239-sahifasidan Mulla Tо‘ychi Toshmuhammedovning surati 
berilgan va bu suratning yuqori qismida Shavkat Iskandariyning forscha fardi
quyiroqda esa uning tarjimasi berilgan: 
Bu surat Mulla Tо‘ychi suratidur, 
 
 
Tamom olamni tutgan shuhratidur. 
Bayozning chop etilishi munosabati bilan Mirmuhsin Shermuhammedov 
tomonidan yozilgan “Tavsifi Xislat eshon” she’ri shoir ijodining zamondoshlari 
tomonidan qadrlanganini kо‘rsatadi: 
Aylab tarahhum elg‘a qildi nishon Xislat, 
Shod ayladi borimiz ul “Armug‘oni Xislat”... 

Yüklə 457,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə