Alisher navoiy nomli samarqand davlat unversiteti jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 440,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix18.05.2023
ölçüsü440,29 Kb.
#110963
1   2   3   4   5   6   7   8
yengil atletikachilarning asosiy sifatlarini rivojlantirish va tarbiyalash

 
 
 
 
1. YENGIL ATLETIKADA JISMONIY SIFATLARNI
RIVOJLANTIRISH AHAMIYATI.
har tomonlama jismoniy rivojlanish, sog’likni mustahkamlash va 
sportda muvoffaqiyat qozonmoq uchun, jismoniy va ma`naviy-irodaviy 
fazilatlarini asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash zarur. Ana shu jismoniy 
va ma`naviy-irodaviy fazilatlarning asosiylarini rivojlantirish va tarbiyalash 
yengil atletikachilar tayyorgarligining muhim qismidir.
Yengil atletikachilarning asosiy jismoniy sifatlarini rivojlantirish 
(jismoniy tayyorgarlik) eng avvalo sportchining har tomonlama va maxsus 
jismoniy rivojlanish protsessidir. SHunga binoan jismoniy tayyorgarlik 
umumiy jismoniy tayyorgarlikkka va maxsus jismoniy tayergarlikka 
bo’linadi.
Umumiy jismoniy tayyorgarliqda yengil atletikachining garmonik 
rivojlanishi, ya`ni xarakat muskulaturasini rivojlantirish, organizm 
organlari 
va 
sistemalarini 
mustahkamlar, 
ularning 
funktsional 
imkoniyatlarini ortirish, chidamlilikni, chaqqonlikni, egiluvchanlikni 
oshirish, qomat va tana tuzilishdagi kamchiliklarni tuzatish nazarda 
tutiladi. Bunga erishish uchun turli xil xarakat faoliyatiga 
qatnashuvchi organizm organlari va sistemalari bilan hamma tana 
qismlariga jismoniy mashqlar yordamida muntazzam ta`sir etib 
turish zarur. Buning uchun esa yuqorida zikr etilgan uch gruppadagi 


mashqlardan, 
ayniqsa, 
umumiy 
rivojlanshga 
mo’ljallangan 
mashqlardan har xillarini ishlatish kerak.
Maxsus jismoniy tayyorgarlik yengil atletikaning mazkur turini 
bajarish uchun nima talab etilishiga qarab, sportchi organizmining 
hamma funktsional imkoniyatlarini, hamma organlar va sistemalarni 
yuqori darajada rivojlantirishga karatilgan. Buning uchun tabiiyki, 
tanlab olingan yengil atletika turining mashqlari va maxsus 
mashqlardan foydalaniladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik uchun ko’pincha umumiy ta`sir 
ko’rsatadigan mashqlardan, maxsus tayyorgarlik uchun esa, aniq 
maqsadga yo’naltirilgan mashqlardan foydalanadi. Lekin umumiy 
jismoniy tayyorgarlikda ham jismoniy rivojlanish, tana tizimini, 
qomat rasolik va shunga o’xshashlardan ayrim kamchiliklarni 
yo’qotish uchun, aniq yo’naltirilgan mashqlar qo’llanadi.
Umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikda kuchni, tezkorlik
chidamlilikni, 
chaqqonlikni, 
egiluvchanlikni 
rivojlantiruvchi 
mashqlar asosiy rol’ o’ynaydi. Xuddi shu jismoniy fazilatlarda 
yengil atletikachining butun organizmidagi organlar va sistemalarni 
qobiliyatiga asoslanib, uning xarakat qilishi imkoniyati aks etadi.

Yüklə 440,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə