|
Анатом- мешbel qismida umurtqa pog'onasi bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida birportal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasibel qismida umurtqa pog'onasi bir oz oldinga, ko'krak va dumg'aza qismida bir
oz orqaga egilgan bo'ladi. Shuning uchun oldinga egilishi, orqaga egilish deb
ataladi. Bu tabiiy egilishlar bir yoshgacha bo'lgan bolalarda bo'lmaydi. Bolaning
tik turish, yurish, boshni tik tutish natijasida asta-sekin bu egilishlar hosil
bo'ladi. Ularning normal holda bo'lishi yoki normal ortiqcha egilish qad
qomatning shakillanishiga ta'sir etadi. Bundan tashqari qad-qomatning
shakillanishida ko'krak qafasi, qo'l va oyoq suyaklari hamda tana
muskullarining normal rivojlanishi ham muhim ahamiyatga ega.
Qad-qomati to'g'ri odam tik turganida boshini,bo'ynini tanasiga
nisbatan to'g'ri va tik tutadi, ikkala yelkasi va ikkala kuragi bir tekislikda
bo'ladi. Oyoqlari tik va to'g'ri holatda bo'lib, ularni juftlashtirganda tovonlar,
oshiqlar, tizzalar bir-biriga tegib turadi, qorin bir oz ichga tortilgan, ko'krak
qafasi bir oz oldinga chiqqan bo'ladi.
Qad-qomatning noto'g'ri shakillanishi bir necha xil bo'ladi: egilgan, kifotik,
lordotik, va skoliotik.
Egilgan qad-qomatli odamlar tik turganda, boshi bir oz oldinga
engashgan, yelkalari oldinga osilgan, ko'krak qafasi botiqroq, qorin oldinga
chiqqan bo'ladi. Bunday holat skelet muskullari, ayniqsa, gavdaning orqa
qismidagi muskullar yaxshi rivojlanmaganligi va kuchsiz bo'lishi tufayli yuzaga
keladi.
Kifotik qad-qomatli odamlarda kuraklar qanotga o'xshab ko'tarilib
turadi. Orqaning yelka qismi do'mbayib, bukir holat yuzaga keladi.
Lordotik qad-qomatli odamlarda gavdasining orqa qismi tekis yoki bir
oz botiqroq bo'ladi. Ko'krak qafasi yassi, qorin oldinga chiqqan bo'ladi. Bunday
holat umurtqa pog'onasining bel qismi normadan ko'proq oldinga bukilishi,
Dostları ilə paylaş: |
|
|