28
ko`targanda, tor poyafzal kiyganda oyoq
panjasi gumbazi yassilanadi, natijada
yassioyoqlik kelib chiqadi. Yassioyoqlik natijasida oyog``ining
tovon- panja va
boldir muskullarida og`riq bo`ladi. Yassioyoqlik tug`ma va hayotda orttirilgan
bo`ladi. Yassioyoqlikning tug`ilgandan keyin yuzaga kelishi
sabablari quyidagilardan
iborat: bolani juda yoshligidan (8-10 oyligidan) boshlab yurg`izish, uzoq vaqt tik
turg`izish, yosh bolaga poshnasi
yumshoq poyabzal kiygizish, o`quvchilarning kun
bo`yi poshnasiz sport poyabzalida yurishi, poshnasi baland,
uchi tor poyabzallarni
kiyish, og`ir yuk kutarish. Ana shularni hisobga olib, yassioyoqlikni
oldini olishga
e'tibor berish kerak.
Nazorat topshiriqlari:
1. Tayanch — harakat sistemasi qanday organlardan iborat?
2. Tayanch — harakat sistemasi qanday vazifalarni bajaradi?
3. Tayanch — harakat sistemasi qanday yosh xususiyatlarga ega?
4. Muskullarning vazifasi va uning yosh xususiyatlari
nimalardan iborat?
5. Umurtqa pogonasining kamchiliklaridan qaysilarini bilasiz?
6. Sinf jixozlariga qanday gigiyenik talablar qo`yiladi?
Dostları ilə paylaş: