|
Анатом- мешOvqat hazm qilish organlarigaportal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasiOvqat hazm qilish organlariga:
og’iz bo’shlig’i va undagi organlar,
xalqum, qizil o’ngach, meda, iingichka va yo’g’on ichaklar hamda meda osti bezi,
jigar kabi organlardan tashkil topgan. Ularning ish faoliyati markazi uzunchoq
miyada bo’lib, markaziy nerv sistemasi tomonidan boshqariladi.
Og’iz bo’shlig’i ovqat hazm qilish organlarining boshlang’ich qismi bo’lib,
dahlizi va haqiqiy og’iz bo’shlig’idan tashkil topgan.
Lablar.
Uyqori pasrki lablar muskullardan iborat bo’lib, ular og’izning
kirish qismini hosil qiladi.
Og’iz bo’shlig’ida tishlar, til va so’lak bezlarining kanalchalari joylashgan.
Tishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi.
Tishlar ikki hil bo’ladi: sut
tishlari 20 ta doimiy tishlar 32 ta. Bola 6-8 oylik bo'lganda sut tishlar chiqa boshlaydi.
Dastlab kurak tishlar, so'ng qoziq, kichik oziq tishlar chiqadi. Sut tishlar 7 yoshdan
boshlab tushib, ularning o'rniga doimiy tishlar chiqa boshlaydi. 7 yoshda 1-katta oziq
tish, 8 yoshda 1-kurak tish, 9 yoshda 2-kurak tish, 10 yoshda 1-kichik oziq tish, 13-16
yoshda katta oziq tish, 11-15 yoshda 2-oziq tish, 18-30 yoshda 3-oziq tishlar chiqadi.
Doimiy tishlar soni 32 ta bo’lib, yuqori va pastki jag’da 16 tadan,
jag’larning o’ng va chap tomonida 8 tadan bo’ladi. Shulardan olingi ikkitasi kurak, 1
tasi qoziq, 2 tasi kichik oziq tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning
28 tasi 12-14 yoshgacha chiqadi 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki jag’lardagi oxirgi katta
oziq tishlar (aql tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi.
Tish uch qismdan iborat:
tish toji (koronka), boyni va ildizi. Tishning
ko’rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq emal moddasi bilan
qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik hususiyatini beradi. Tishning milk bilan
birikkan joyi uning bo’yin qismi deb ataladi. Tishning ildiz qismi jag’
Dostları ilə paylaş: |
|
|