29
1-savol bayoni:
Odam yoki har bir tirik organizm o’zining o’sishi,
rivojlanishi va yashashi uchun doimiy ravishda ovqat hazm
qilish orqanlari orqali
ovqat istemol qilib turadi. Odamning hazm qilishi kanali 8-10 m. uzunlikda bo`lib,
devori uch qavatdan: ichki shilliq, o`rta-muskul, tashqi-seroz qavatlaridan tuzilgan.
Ovqat hazm kanalida mexanik maydalaniladi
va kimyoviy parchalanib qon
hamda linfa tomirlariga so’riladi. Ovqatning og’iz bo’shlig’ida tishlar yordamida,
meda va ichaklarning mayatniksimon hamda peristaltik
harakati natijasida
maydalanishi mexanik yoki fizik o’zgarish deb ataladi. Ovqat tarkibidagi oqsil, yog`’,
uglevodlarni fermentlar ta’sirida parchalanishi kimyoviy o’zgarish deb ataladi. Bu
fermentlar
til osti, jag’ osti, quloq oldi, meda va ichaklarning
shilliq qavati ostida
joylashgan bezlardan hamda meda osti bezidan ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: