|
Анатом- мешburchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegibportal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasiburchak hosil qilib bukilsin, oyoq kaftining hamma yuzasi polga baravar tegib
tursin, ko'krak bilan parta qirrasi orasidagi masofa 10 smga yaqin bo'lsin.
Suyanchiq oralig'i oshib ketsa, o'quvchi ishlayotganda kursi suyanchig'iga
tayana olmaydi va bukilib o'tiradi. Suyanchiq oralig'i kamayib ketsa, siqilib
qoladi. Partaning oldingi cheti o'tirg'ichdan 3-5sm o'tishi maqsadga muvofiqdir.
Partaning yozuv stoli 15-250 qiyaroq qilib tayyorlanadi.Bu ko'rinishni
yengillashtiradi, kitob bir oz qiyaroq qilib qo'yilganda pastki qator bilan yuqori
qatorda ko'z bilan kitob orasidagi masofa bir hil bo'ladi. Kitob garizontal
qo'yilsa, o'qilganda ko'z moslashishi bir necha marta o'zgaradi.
O'quvchilarni partaga o'tqazishda bo'yni parta raqamiga moslash
zarur. Bo'yi eng past bola 110sm, novchasi 129-180sm bo'ladi. Barcha
o'quvchilar 7 ta bo'y guruhiga bo'linadi. Parta raqamlari ham 6 dan 12 gacha
bo'ladi.
Shunday qilib, o'quvchi partada to'g'ri o'tirganda qorin va ko'krak
bo'shlig'idagi organlari qisilmaydi, u bemalol nafas oladi, suyak-muskul
apparatiga yuk kam tushadi, ko'ziga zo'r kelmaydi. Bolalarda sinf taxtasiga
qaraganda boshni faqat bir toionga engashtirish odati borligi tufayli har bir
o'quv choragida o'quvchilarni partalarning bir qatoridan ikkinchisiga
ko'chirish tavsiya qilinadi.
O'quvchilarning jismoniy mehnati tashkil etishga doir muayyan
gigiyena talablari mavjud. Bular texnik jihozlar, xonani shamollatish va
mikroiqlimga taaluqlidir. Dastgohlar va verstaklar o'quvchilarning bo'yiga mos
kelish, ish vaqtida nafas olish va qon aylanishini qiyinlashtirmaydigan to'g'ri
tana vaziyatini tanlay bilish kerak. Asboblar ham o'quvchilarning qo'liga va
kuchiga mos qilib tanlanishi lozim. Agar ular katta yoshdagi odamlar tutadigan
Dostları ilə paylaş: |
|
|