Avtomobil transporti muxandisligi


-rasm. Ishqalanish va moylash turlari: a) suyuq, b) chegaraviy, d) quruq, e) aralash 3.3 Yeyilish va uning tasnifi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/111
tarix29.11.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#139032
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111
ИНваДА Маъруза матни 2020 21 16.01.21 Имзо

3.1-rasm.
Ishqalanish va moylash turlari: a) suyuq,
b) chegaraviy, d) quruq, e) aralash
3.3 Yeyilish va uning tasnifi
Yeyilish
deb, o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detal sirtqi qatlamlarining
ishqalanish kuchlari va ular bilan birga sodir bo‘ladigan murakkab fizik-kimyoviy
jarayonlar ta’siridagi yemirilishiga aytiladi.
Yeyilganlik
– o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan detallarning yeyilish natijasi bo‘lib,
u o‘lchamlar, shakllar, hajm va og‘irliklar o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Yeyilganlik
oqibatida o‘zaro bog‘lanishda ishlaydigan sirtlar yemiriladi, kinematik aloqalar
buziladi va natijada uzel yoki mexanizm ishdan chiqadi.
Yeyilish turlarining tasnifi.
Yeyilish o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi
(3.2-rasm).
Mexanik yeyilish:
– abraziv yeyilish
– ishqalanayotgan sirtlar orasida joylashgan qattiq abraziv
zarrachalarning (chang, qum) kesuvchanlik ta’siri natijasi (kolodka va baraban,
shkvoren birikmasi, ressoraning barmoq – vtulkasi oralaridagi yeyilishlar). Ayrim
hollarda abraziv zarrachalar tarkibiga ishqalanayotgan detallarning yeyilish
mahsulotlari ham kirishi mumkin.
– shakl o‘zgarishi natijasidagi yeyilish
– detallarga juda katta yuklamalar ta’sir
etganda ro‘y berib, uning natijasida sirt qatlamlarining siljishi kuzatiladi va
detallarning o‘lchamlari o‘zgaradi;
– mo‘rt buzilish yeyilishi
– ishqalanayotgan detallardan birining sirtqi qatlami
ishqalanish va parchinlanish natijasida mo‘rtlashib buziladi va o‘z ostidagi bo‘sh
qatlamlarni ochib qo‘yadi;
– charchash natijasidagi yeyilish 
ishqalanayotgan detalga uning chidamlilik
chegarasidan yuqoriroq davriy yuklamalar ta’siri oqibatida yuzaga keladi (masalan,
podshipniklarning chopish yo‘laklari).

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə