Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi operatsion tizimlar



Yüklə 401,5 Kb.
səhifə4/7
tarix11.09.2023
ölçüsü401,5 Kb.
#121649
1   2   3   4   5   6   7
OPWERATSION TIZIM Mustaqil

Mustaqil ish turlari


Ta’lim jarayonini individuallashtirish uchun mustaqil ta’limni asosiy tayanch va qoʻshimcha qismlarga ajratish mumkin.
Tayanch mustaqil ta’lim talabaning oʻquv dasturiga kiritilgan barcha auditoriya darslari va nazorat-sinov mashg‘ulotlariga tayyorgarligini anglatadi. Uning natijasi talabaning joriy mashg‘ulotlarda nazorat topshiriqlari, test, doklad va boshqa shakldagi joriy nazorat ishlari bilan foal ishtirok etishi orqali namoyon boʻladi.
Tayanch mustaqil ta’lim shakllari quyidagilardan iborat:

  • ma’ruza materiallari, konspekt va oʻquv darsliklarini oʻrganish;

  • mavzuga doir adabiyot va elektron axborot manbalarini izlash, koʻzdan kechirish va oʻrganish;

  • amaliy mashg‘ulotlarda beriladigan uyga vazifalarni bajarish;

  • mustaqil ta’lim uchun ajratilgan materialni oʻrganish;

  • amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;

  • nazorat ishi yoki kollokviumga tayyorgarlik;

  • attestatsiya va imtihonlarga tayyorgarlik va boshqalar.

Qoʻshimcha mustaqil ta’lim talabaning mavzuga doir bilim va koʻnikmalarini mustahkamlashga, chuqurlashtirishga, olgan bilimlarini tahlil qilishga qaratiladi. Ular quyidagilardan iborat:

Oliy ta’lim muassasalarining oʻquv jarayonida mustaqil ta’limning ikki turi mavjud: auditoriya darslaridagi va auditoriya darslaridan tashqaridagi mustaqil ta’lim.
Auditoriya darslaridagi mustaqil ta’lim qoida boʻyicha dars mashg‘ulotlari vaqtida oʻqituvchining topshirig‘i va nazorati ostida, ammo uning bevosita koʻmagisiz amalga oshiriladi. Auditoriya darslarida oʻqituvchining nazorati ostida bajariladigan mustaqil ta’lim turlari asosan quyidagi shakllardan iborat:

  • Keys, kazuslarni yechish

  • topshiriqlarni bajarish;

  • mavzuga oid jamoaviy amaliy uyinlar va boshqalar.

Auditoriyadan tashqaridagi mustaqil ta’lim talaba tomonidan oʻqituvchining topshirig‘iga binoan uning bevosita koʻmagisiz auditoriya darslaridan xoli paytda amalga oshiriladigan ta’lim. U asosan quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:

  • Ma’ruza konspektlar mazmunini oʻzlashtirish va uni lektor tavsiya etgan oʻquv manbalar negizida shakllantirish (axborot ta’lim resurslari, elektron adabiyotlar).

  • Referat, esse yozish;

  • Video va audio tavsiflar tayyorlash

  • Amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik;

Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni chuqur tadqiq etish va boshqalar.

Yüklə 401,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə