Axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash


Grafik fayllarni ko’rish dasturlari



Yüklə 291,58 Kb.
səhifə4/4
tarix22.12.2022
ölçüsü291,58 Kb.
#97727
1   2   3   4
5 ma\'ruza Axborot tizimlarida ma’lumotlarni tasvirlash

Grafik fayllarni ko’rish dasturlari
Grafik muharrirlar
Windows tarkibidagi oddiy Paint vositasidan tortib, uch o’lchovli grafik muharrirlargacha bo’lgan dasturiy vositalarning katta oilasini tashkil qiladi. Grafik ma’lumotlarni tashkil qilish hamda ular bilan ishlash uslublariga ko’ra rastrli va vektorli muharrirlarga bo’linadi.
Rastrli grafik muharrirlar
tasvirlarni rangi hamda yorqinligi turlicha bo’lgan nuqtalar yordamida hosil qiladi. Bunday vositalarga Paint, Painter, Adobe Photoshop, PaintShop Pro, Gimp, Photo Editor, Photo Corrector, Retouch kabi dasturlarni kiritish mumkin.
Vektorli grafik muharrirlar
tasvirlarni turli egri va to’g’ri chiziqlar, kesmalar, geometrik shakllar, standart funksiyalar yordamida chiziluvchi grafiklar yordamida hosil qiladi. Corel Draw, Adobe Illustrator, Freehand va Inkscape kabi dasturiy vositalar har qanday murakkablikdagi grafik ma’lumotlarni yaratishi mumkin.

Ekspert tizimlar


Bilim – bu insonning nazariy va amaliy faoliyati natijasi bo’lib, yuqori darajada tarkiblangan va malakani jamlashni ifodalovchi axborotdir.
Ekspert tizimi - ekspert-inson tomonidan bajarilishi mumkin bo’lgan vazifani bajaradigan kompyuter tizimi. Masalan, bemorlarni tashxislaydigan, moliyaviy bashoratlaydigan, tovarni etkazishning eng yaxshi yo’llarini belgilaydigan ekspert tizimlar mavjud. Ayrim ekspert tizimlar ekspert – insonni almashtirish uchun yaratilgan bo’lsa, boshqalari unga faqat ko’mak berish uchun yaratilgan. Ekspert tizimlar bilimlarga asoslangan va inson tajribasi asosida yaratilgan bilimlar bazasidan xulosalardan foydalanib, maxsus yoki amaliy sohalarda masalar yechishni ta’minlaydi. Ayrim ekspert tizimlar o’zining bilimlar bazasini takomillashtirishi va xulosa chiqarish uchun, bundan avvalgi muammolar bilan bog’liq tajribalarga asoslangan holda yangi qoidalarni rivojlantirishi mumkin. Ekspert tizimlar bundan ham umumiyroq kompyuter tizimlari, sun’iy tafakkur deb ataluvchi, toifasining qismidir.
Multimedia texnologiyasi
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida matn, tasvir, grafika, animasiya, jadval, audio, video effektlarini o’zida mujassamlashtirgan ma’lumotlarni foydalanuvchilarga yetkazib berish texnologiyasidir.
Yüklə 291,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə